Ramos Ispaniyaga qaytishni xohlaydi
16 mar 2022 22:15
Yangiliklar


Ramos Ispaniyaga qaytishni xohlaydi
Manbaning takidlashicha, himoyachi Serxio Ramos shu yozda PSJni tark etmoqchi.
U allaqachon Parij klubi rahbariyatiga o'z istagi haqida malum qilgan.
35 yoshli ispaniyalik futbolchi faoliyatini yakunlamoqchi emas va o'z vatanida davom ettirmoqchi. Unda ustuvor varianti bor — faoliyatini boshlagan "Sevilya"ga qaytish.
Himoyachi o'tgan yozda "Real"dan "Pari Sen-Jermen"ga erkin agent sifatida o'tgandi. O'shandan beri u sog'lig'i bilan bog'liq muammolar tufayli atigi 5 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urgan.
Avvalroq "Los-Anjeles Gelaksi" Ramos bilan aloqaga chiqqani haqida xabar berilgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar