Rafael Morilo: "Bir kun kelib, shohsupadan o'rin olamiz"
30 sen 2024 11:40
Yangiliklar
Rafael Morilo: "Bir kun kelib, shohsupadan o'rin olamiz"
Futzal bo'yicha jahon chempionati 1/4 final doirasidagi Ukrainaga qarshi o'yindan so'ng (4:9) Venesuela terma jamoasi hujumichisi Rafael Morilo saytimizga intervyu berdi.
"Bugun qiyin o'yin o'tkazdik. O'yin davomida ko'plab qo'pol xatolarga yo'l qo'ydik, yakunda buning badalini to'lashga majbur bo'ldik.
Jahon chempionatiga kuchli to'rtlikka kirish umidida tashrif buyurgandik, afsuski, bunday bo'lmadi. SHunga qaramay, avvalgi mundiallardagi natijamizni yaxshiladik.
O'z ustimizda ishlashda va orzu qilishda davom etamiz. O'ylaymanki, bir kun kelib, shohsupadan o'rin olamiz", dedi jamoasining oxirgi goli muallifi.

Eslatib o'tamiz, Venesuela terma jamoasi O'zbekistondagi jahon chempionatida o'z tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etdi.
Oqil Abdubarnoev suhbatlashdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar