So’nggi yangiliklar

09:17«Пахтакор» икки нафар футболчи билан шартнома тузганини эълон қилди  1 08:50Sofascore. Кечаги учрашув учун Ўзбекистон ОТЖ футболчилари қандай баҳоларга лойиқ кўрилди?  11 08:24Париж-2024. Япония муддатдан аввал плей-офф йўлланмасини қўлга киритди  12 08:00Ўртоқлик учрашуви. ОКМК «Машъал»ни кичик ҳисобда мағлуб этди  1 07:35Ўртоқлик учрашувлари. «Арсенал»дан камдек, Манчестер клубларида мағлубият ва бошқа натижалар  3 01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  10 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  1 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  14 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  2 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  16 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  122 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  10 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  5 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  850

Rafael Leau "Milan" qiroli, Vinisiusdan ajoyib ijro, VAR Premer ligani buzib qo'ydi: hafta revyusi Yangiliklar

Rafael Leau "Milan" qiroli, Vinisiusdan ajoyib ijro, VAR Premer ligani buzib qo'ydi: hafta revyusi

Evropaning eng yirik ligalarida yana bir hafta sarlavhalarni bezaydigan kutilmagan yakunlar va "golaso"larga boy bo'ldi.

Yakunlangan haftada "Milan" A Seriyadagi ilk derbini o'z foydasiga hal qildi, Premer-ligada murabbiy va muxlislar VARdan g'azablanmoqda. Qisqacha aytganda, keskinlikda kamchilik bo'lmadi.

"Milan" birinchi bo'lib "qon to'kdi"

Biz boshqa yirik derbilarni, katta turnirlarning muhim bahslarini va ishtahani ochadigan Evropaning gigantlari o'rtasidagi to'qnashuvlarni kutayotgan bir paytda shanba kuni "Milan" va "Inter" o'rtasida "della Madoninna derbisi" ushbu mavsumning ilk yirik blokbasteri bo'ldi. O'yin chindan ajoyib o'tdi. Unda hamma narsa bor edi: keskinlik, gollar, taranglik, beqiyos individual mahorat namoyishlari, xatolar va g'olib. Ikki peshqadamning biri bo'lgan "Milan" hozircha o'z hukmronligini o'rnatish uchun kurashda davom etmoqda, "Inter" turnir jadvalida azaliy raqibidan ikki ochko ortda qolmoqda. 

Rafael Leau – shaharning so'zsiz qiroli. O'tgan mavsumda A Seriyaning eng yaxshi o'yinchisi bo'lgan Leau ajoyib o'yin ko'rsatib, ikki gol va bir asistni hisobiga yozdirib qo'ydi. Uning ikkinchi goli buyuk Jorj Veaga hurmati bo'lib, uning golni urishida ham juda o'xshashliklar ko'p bo'ldi: kichik "huk" va gol. "Milan"ning hamshaharlari ustidan 3:2 hisobidagi g'alabasi, albatta, amaldagi chempionlar uchun chempionlik poygasida muhim ahamiyat kasb etmaydi, biroq ular kimki o'z tojiga egalik qilishni istasa, buning uchun qattiq kurashishi lozimligini ko'rsatishdi.


Dortmund hozircha mamnunlikdan xirillayapti

Dortmundning "Borussiya"si o'yinini tomosha qilish bazan xuddi ko'rqinchli filmni tomosha qilishga o'xshab ketadi, tinch lahzalar bir zumda dahshatli tushga aylanib ketadi. Kimdir ularning ikki tur oldin "Verder"ga mag'lub bo'lganini eslay oladimi? Uni hisobdan chiqarib tursak, ular mavsumni ajoyib tarzda boshlashdi, umuman olganda, bu ularning asliyatiga qaytish bo'ldi. Bundesligada qatorasiga ikki o'yinda 1:0 hisobida ustunlikni qayd etib, besh o'yinning to'rttasida g'alaba qozondilar. Ha aytgancha, bu joriy mavsumdagi uchunchi 1:0 hisobli natija edi.

Ular hozir "Bavariya"dan ham yuqorida, bu Edin Terzichni qo'llab-quvvatlashga munosibligini ko'rsatadi. Juma kuni "Hoffenxaym" ustidan qozonilgan g'alaba odatiy hol edi: Marko Roys (ushbu mavsumda 2 ta gol va 2 ta uzatma) Yulian Brandtning o'zi bilmagan holda uzatgandek tuyulgan oshirishidan keyin oldinga otilgan futbolchilar orasida birinchi bo'lib to'pga tegdi va raqib darvozaboni Oliver Baumanni butun uchrashuv davomida ilk va oxirgi marta ojiz qoldirdi. SHu tariqa, dortmundliklar qiyinchilik bilan 16 daqiqada hisobda oldinga chiqib oldilar. Bu erdagi hiyla Terzich qurayotgan istiqbolni qo'llab-quvvatlab jadallikni oshirishda davomiylikka xizmat qiladi. Ikki hafta ichida CHempionlar Ligasida "Manchester Siti"ga safar qilishiga qo'shimcha ravishda jamoa oktyabr oyida "Bavariya"ga qarshi maydonga tushish uchun iloji boricha jipslikni namoyish qilishi kerak bo'ladi. Yuqoridagi o'yinlar bilan bir qatorda "RB Leypsig", "Kyoln" va "SHalke 04" jamoalariga qarshi kechadigan bahslar "Borussiya"ning chempionlik uchun kurasha oladigan salohiyatga ega ekani yoki aksi ekanligiga oydinlik kiritib beradi. 


Hatto Mersisaydda ham sharaflar

Tush payti "Guddison Park"da ikki klub va to'plangan muxlislar o'tgan hafta Liverpulda to'qqiz yoshli qizning o'z o'yida otib tashlanganidan qayg'uga botgan holda turdilar. Bu safar "Mersisayd derbisi"da g'olib nomi aniqlanmagani o'sha vaziyat uchun ham o'rinli bo'ldi, desak xato bo'lmaydi. 

Ikki tomon posbonlari – Alisson va ayniqsa, Jordan Pikford uchrashuvda tenglikning saqlanib qolinishiga ajoyib seyvlari bilan asosiy sababchi bo'ldilar. Ikkinchi taym keskin tus oldi va o'yin so'ngida 0:0 hisobi qayd etildi. Biroq u hech bir jamoaga yarashmaydigan natija bo'ldi. "Liverpul" o'zini ikki ochko yo'qotgandek his qildi. "Everton" esa bazan g'alaba hidini sezib qoladi. Ushbu o'yin, shuningdek, Muhammad Salohda nimadir joyida emasligini eslatdi. Yomon o'ynamadi, shunga qaramay, u o'zining yaxshi tomonlarini ham ko'rsata olmadi. 


Gavi "Ramon Sanches Pisxuan"da porladi

SHanba oqshomida "Sevilya" ustidan g'alaba qozongan "Barselona" jamoasining yarim tarkibini maqtash mumkin. Robert Levandovski yana to'p kiritib, La Liganing 4 o'yinida 5 ta gol urdi. Jyul Kunde sobiq jamoasi darvozasiga kiritilgan ikki golga asistentlik qildi. Rafinya yana iliq taassurot qoldirdi: hisobni ochdi va "Barsa"ning qatorsiga uchinchi o'yindagi g'alabasiga hissa qo'shdi. Erik Garsiya esa professional faoliyatidagi ilk golini aynan mana shu o'yinda urdi.

O'yinning eng yaxshi futbolchisi esa yuqorida sanalganlardan mutlaqo boshqa biri bo'ldi. 18 yoshli Gavini "Sanches Pisxuan"ning barcha erida ko'rish mumkin edi. To'pga egalik qilmaganida tinim bilmay pressing uyushtirishga harakat qildi. To'pga ega bo'lganida esa ehtiyotkorlik bilan ish tutdi. To'pni uzatishdagi aniqligi – 90,9%(!)ni tashkil etdi. "Barsa"ning yozgi transfer oynasi atrofidagi shov-shuvlariga qaramay, biz bir narsani unutmaslishimiz lozimki, ikki nafar eng yaxshi yosh futbolchilar – Pedri va Gavi allaqachon "Kamp Nou"da. 

Bu yil Gavi uchun katta mavsum bo'ladi. U o'tgan mavsum boshida ishdan chiqqan "Barsa"ning yulduzidek ko'rinayotgandi. Endi Xavining murabbiyliga ostida o'zgartirilgan va Levandovski kabi jahon darajasidagi professional futbolchilar va etakchilar bilan birga o'ynashi tufayli uning porlash vaqti keldi. U hatto Ispaniya terma jamoasi tarkibida Jahon chempionatida asosiy rolni o'ynashi mumkin.


MYUning xaridlari natija bera boshladi

Markus Reshfordning vaziyatni yakunlab qo'yishi yaxshi edi. Biroq unga Brunu Fernandesh tomonidan uzatilgan to'p ajoyib edi. Bu hujum "Manchester Yunayted"ning "Arsenal"ga qarshi 3:1 hisobida g'alaba qozongan o'yinning eng yaxshi futbolchisi bo'lgan Kristian Eriksenning tezkor uzatmasi bilan boshlandi. SHunday bo'lsa-da, golning yuzaga kelishida Fernandeshning vaziyatni ko'ra olishi va sherigini ustalik bilan to'p bilan taminlagani asosiy sababchi bo'ldi. 

Reshfordning ijrosi haqida ham ikki og'iz gapirsak. U deyarli ikki yil davomida forma uchun kurashdi. Bu katta o'yindagi yuqori bosimli vaziyat edi va hujumchi sovuqqonlikni saqlab qola bildi. 


Vinisiusdan ajoyib ijro

Vinisius Juniorning sovuqqon, g'ayritabiiy gol urish mahoratiga ega ekani yangilik emas. Axir, u o'tgan mavsumda La Ligada 17 ta gol urgan futbolchi-ku. Uning imkoniyatni sifatli yakunlash mahorati hali ham hayratga soladi. U shanba kuni "Santyago Bernabeu" stadionida "Real Madrid" "Betis" ustidan 2:1 hisobida g'olib chiqqan o'yinda hisobni ochganida aynan shunday holat sodir bo'ldi.

Uning to'qqizinchi daqiqadagi aqlli harakati orqali "Betis"ning ofsayd tuzog'i chippakka chiqdi. Qanot himoyachisi Yussuf Sabali tomon qadam tashladi va ochiq poziciyani egallay oldi. Jamoadoshi David Alabaning ko'ra olish qobiliyati va texnikasi tufayli u hujumchini to'p bilan taminlash yo'lini topa oldi. Vinisiusning to'pga navbatdagi tegishi chinakamiga o'ziga xos bo'ldi. U raqib darvozaboni Rui Silva ustidan to'pni olib o'tib, hali to'p darvoza bilan yuzlashmasdan turib golni bayramona nishonlashga tushib ketdi. Bu orqali maydonga tushgan uch uchrashuvda uchta gol urgan holda jamoasining turnir jadvalida maksimum ochkoni to'plagancha peshqadam bo'lib borishida katta hissa ko'shdi.


"Forest"da Kuperga bosim

"Nottingem Forest"ni Premer-ligaga qaytganidan so'ng ambiciya ko'rsatmaganlikda ayblab bo'lmaydi, ammo bu yozda 150 million funt sterlingga yaqin mablag'ni sarf etgan jamoa transfer oynasining eng faollaridan biri bo'ldi va imkon boricha quyi ligaga tushib ketmaydigan tarkibni yig'ishga urindi. Biroq chempionatning 6 o'yinidan keyin “Forest” hamon o'zini CHempionshipga tushib ketadigan o'rinlardan olib chiqib keta olganicha yo'q. 

SHanba kuni o'z uyida "Bornmut"ga 2:3 hisobida mag'lub bo'ldi. O'yinning birinchi taymida 2:0 hisobida oldinda borayotgan jamoa ikkinchi bo'limda ustunlikni raqibga boy berdi. Bundan uch kun avval "Manchester Siti" tomonidan 6:0 hisobi bilan yanchib tashlangan jamoa uchun bu mag'lubiyat dahshatli zarba bo'ldi. Stiv Kuper CHempionshipga birdaniga qaytib tushishdan saqlanish uchun o'zining yangi ko'rinishdagi tarkibini tezda tuzatib olishi kerak. Keyingi uchta o'yin – "Lids", "Fulxem" va "Lester" jamoalariga qarshi bo'lib o'tadi. Ushbu uchrashuvlar jamoaning mavsumni yaxshi o'tkazib, tezda ko'tarilib olishida juda muhim.

Kuper uchun xavf shundaki, agar u vaziyatni o'zgartira olmasa, noyabr oyida Angliya Premer-ligasida Jahon chempionati munosabati bilan tanaffus elon qilingan paytda "Forest" uchun murabbiyni almashtirish oson bo'ladi. Agar Kuper bo'lmaganida edi, jamoani balki bu yil kuchlilar (APL nazarda tutilyapti) safida ko'rmasdik. Futbol shafqatsiz biznes, ayniqsa, pul ko'p bo'lgan joyda. Tarkibga juda ko'p o'yinchilar kelib qo'shildi, Kuper hali hamon eng yaxshi tarkibni shakllantirish bilan ovora. Ammo buni tezda amalga oshirish zarur.


Premer-ligada VAR xato qildi

Agar boshqa bir dam olish kuni bo'lganda edi, Eriksen "Manchester Yunayted"ning "Old Trafford"da "Arsenal"ga qarshi 3:1 hisobida taslim qilgan o'yinda ajoyib o'yini uchun o'yinning eng yaxshisi bo'la olardi. Bahs Erik ten Hag shogirdlari ustunligi ostida o'tgan bo'lishiga qaramay, sobiq "Tottenxem" yarim himoyachisi Eriksen o'yinga tasir qilish borasida VAR bilan raqobatlasha olmadi. 

VAR – video yordamchi hakam – rasmiylar tomonidan aniq va ravshan xatolarni tuzatishga yordam berish va shuningdek, qandaydir qoidabuzarlik sodir etilsa, buni bosh hakamga etkazish hamda gol noto'g'ri urilmasligi uchun maydonda hozir bo'lishi lozim bo'ladi. 

Ammo bu hafta oxirida VAR barcha noto'g'ri sabablarga ko'ra ustunlik qildi.


Mansurbek Nematov tarjimasi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика