So’nggi yangiliklar

03:39Зейтуллаев: "Медаллар учун имконият? "Насаф", "Нефтчи", "Пахтакор", "Сўғдиёна" ва "Динамо" билан қандай курашиш мумкин?"  0 02:58Бельгия Про лигаси. "Антверпен" ўз майдонида дуранг ўйнади, Ўринбоев захирадан майдонга тушди  0 02:51Юсуф Отубанжо нима сабабдан Арманистондаги сингари кўп гол ура олмаётганига изоҳ берди  1 02:13Имеда Ашортиа: "Футбол фақат гол уриш ва голли узатма беришдан иборат эмас"  0 02:08Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Вильярреал"ни таслим этди  7 02:04А Серия. "Интер" ва "Кромонезе" ўртасидаги ўйинда 5 та гол урилди  0 01:32Бундеслига. "Бавария" меҳмонда "Айнтрахт"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  0 00:32Рўзиқул Бердиев: "Рақибга ҳеч қандай босим ўтказмадик"  3 00:07АПЛ. "Челси" Эстеваонинг 90+5 дақиқада урган голи эвазига "Ливерпул"ни мағлуб этди  46 23:55"Тобол" ва Шахбоз Умаров Қозоғистон кубогини қўлга киритди  1 23:50"Бухоро" "Пахтакор"га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, "Динамо" эса сафарда "Сурхон"ни енгди.  1 23:01Февзи Давлетов: "Негадир бир текис ўйин кўрсата олмаяпмиз"  3 22:38Вадим Абрамов: "Каннаваро "Олтин тўп" олганини биламан. У зўр футболчи бўлган. Афсуски, бизда ўйнамайди, балки мураббийлик қилади"  9 22:10АПЛ. "Арсенал" ва МЮ ўз уйида ишончли ғалабага эришди  10 21:57Александр Хомяков: "Афсуски, кўп гол ўтказиб юбордик"  5

"Radio Myuller"ni yana butun Evropa tinglaydi Yangiliklar

"Radio Myuller"ni yana butun Evropa tinglaydi

Yana Myuller! "Es müllert wieder!" - "Bavariya"ning joriy mavsumi uchun "Mia san mia" va "Robert Levandovski - Fußballgott"dan keyin yangray boshlagan yana bir shior. Tomas Myuller ushbu mavsum davomida Kovachning zahira futbolchisidan Bundesliganing eng yaxshi assistenti va "Barselona" darvozasiga urilgan dubl muallifiga aylandi.

U kerakli joyda to'satdan paydo bo'lib qoladi. Nemischasiga aytsak, "Raumdeuter" — futbolda aniq poziciyasi bo'lmagan, erkinlikni xushlaydigan, to'pga bitta teginishi orqali butun o'yinni o'zgartirib yuboradigan o'yinchi. Ter SHtegen darvozasiga yo'naltirilgan har ikkin gol Tomas uslubida urildi. "Radio Myuller" Xansi Flik qo'l ostida yana butun Evropa eshittirilyapti. "Bavariya" esa 2013 yilda trebl qayd etgan myunxenliklarga o'xshamoqda.

Karlo Anchelotti boshqaruvi davrida Myuller ko'proq o'ng qanotda o'ynashiga to'g'ri kelgan va o'z o'yinini to'liq ko'rsatolmagan edi. Bu haqida futbolchi "The Athletic"ga shunday degandi: "Men o'ng qanotda samarali o'ynab, jamoamga yordam bera olaman. Ammo hozir o'ng tomonda juda yakkalanib qolyapman. Bunday vaziyatda jamoaga foyda keltirish uchun imkoniyatlarim juda past bo'ladi". Niko Kovach qo'l ostida vaziyat yana takrorlandi. Albatta, bu faqat Myullerning poziciyasiga emas, butun o'yinga bog'liq. Agar jamoa to'pni yo'qotsa va u bitta qanotda qoladigan bo'lsa, vinger sifatida tezkor Devis yoki Koman singari o'yinchilar nisbatan foydaliroq. Tomasning kuchli tomonlari boshqa: himoyadagi zaif nuqtalarni topish, o'yinni o'qish va golga olib keladigan kombinaciyalarni tashkil qilish. 

"Men uchun jamoa strukturasi juda muhim. U soatdek ishlashi kerak. O'zimni soatning tishidek his qilaman. Men umumiy mexanizmga o'yin sifatini qo'shib, jamoaning rivojlanishi uchun ko'maklashishim mumkin. Hech qachon to'pni o'z jarima maydonchamiz yaqinida olib, bir necha kishini aldab o'tadigan o'yinchi bo'lmaganman. Bu xarakiri. "Bavariya" o'yinni nazorat qilib, asosiy vaqtni raqib tomonida o'tkazsa, mening harakatlarim ham juda samarali bo'ladi", - tushuntiradi Myuller. Xansi Flik klubga Gvardiola ketganidan keyin etishmayotgan narsani qaytardi. Myuller ham shunday deb o'ylaydi. "Bavariya" endi o'yinlarda nazorat o'z qo'liga oladi va juda kuchli pressing uyushtiradi. Jamoaning muvaffaqiyatsizliklarini Tomas bilan bog'laganlarning ovozi o'chdi. U yana "Bavariya"ning asosiy o'yinchisiga aylandi.

2019 yilning oktyabrida Tomas o'yin amaliyayotining keskin kamayib ketgani tufayli Myunxen klubini tark etish haqida jiddiy bosh qotirib ko'rdi. Niko Kovach uni asosiy tarkib o'yinchisi sifatida ko'rmadi. Bilasiz, Myullerning boshqalardan ajralib turadigan jozibali harakatlari yo'q, o'yin davomida yaqqol ajradib turmaydi. Xorvatiyalik mutaxassis "Radio"dan to'g'ri foydalanish yo'lini bilmadi.

Myuller o'zini doimiy improvizicasiya qiladigan, maydondagi erkin rassomga o'xshatmaydi. Intervyularida ham bir necha bor takidlagan: "Men o'yinga tasir ko'rsatishim uchun butun jamoada aniq struktura va barqarorlik bo'lishi kerak. Barchasi soat kabi ishlashi lozim".

Gvardiola boshqaruvi paytida barcha o'z vazifasini bilardi. "U davrda kimdir talablarni bajarmasa, uning o'rnini boshqasi egallardi. Xansi ham jamoaga shunday muhit olib kirdi: endi har bir poziciyaning o'ziga xos aniq maqsadi bor", - deya tushuntiradi Myuller. Benjamen Pavar raqib to'pni yo'qotsa, nima qilish kerakligini biladi. SHuningdek, u boshqa jamoadoshlarining harakatlarini ham biladi.

Myuller raqibga bosim o'tkazishda muhim futbolchi hisoblanadi. Hujum uchligini (Kingsli Koman, Serj Gnabri va Robert Levandovski) aynan Tomas boshqaradi.

Myuller Kovach va Anchelotti qo'l ostida o'zining qanday muammolarga duch kelganini yaxshi biladi. Ularda nemis jurnalistlari tili bilan aytganda "avtomatizm yo'q edi". Jamoada barcha bir-birini so'zsiz tushunsa, Tomasda barchasi joyida bo'ladi. Robert Levandovski va Tomas Myullerning eng yaxshi mavsumlari bir vaqtga to'g'ri keladi va bu tasodif emas. 2015/16 yilgi mavsumda Tomas Bundesligadagi gollar soni bo'yicha shaxsiy rekordini (20) o'rnatgan bo'lsa, bu yil assistlar soni bo'yicha mutlaq rekord o'rnatdi. Futbolchi faoliyatidagi eng yaxshi 2 mavsum Gvardiolaning davrining so'nggi, Flik davrining ilk qismiga to'g'ri keldi — jamoa mexanizmidagi eng kichik muruvatlar ham bexato ishlagan payt.

"Amalda bir-birimizni qanday tushunamiz? To'p qanot himoyachilari yoki ularning zonalarida turgan boshqa o'yinchiga etib kelsa, to'pga bir teginishdan keyin uzatma amalga oshirilishini bilaman. Bu paytda men harakatni boshlayman. Yoki aksincha: to'pni men ochiq zonada qabul qilsam, darhol vingerlar yoki hujumchini yaxshi vaziyatga chiqarishga urinaman. Agar hamma buni bilsa, o'yinchilar orasidagi bog'lamlar yaxshi ishlasa, biz muhim vaziyatlarda jamoadoshlarimizning keyingi harakatlarini oldindan bilishimiz va muvaffaqiyatga erishishimiz mumkin", - dedi Tomas maydondagi vazifasi haqida.

U hech qachon texnikada ham, tezlik jihatidan ham boshqalardan ustun bo'lmagan. Yupp Xaynkes Toni Kroosga aytgandi: "Albatta, futbol ko'proq oyoqlarga bog'liq, ammo eng asosiysi – bosh". Myuller buning yaqqol tasdig'idir.

2013 yildan keyin Myuller qator muvaffaqiyatsizliklarga uchradi. Ular orasida 2016 yilgi ECHL yarim finalini alohida takidlash mumkin. O'shanda Tomas o'yin taqdirini o'zgartirib yuborishi mumkin bo'lgan penaltini golga aylantirolmagan edi. Bu futbolchiga qattiq tasir qildi. Ko'pchilik Myuller o'ziga bo'lgan ishonchini yo'qotgani haqida gapirdi. Ammo Tomas o'z inqirozini o'zi engib o'ta oldi. Hozir u yana yuksalishda davom etmoqda. Kecha u ECHL tarixida "Barselona" darvozasiga 6 gol urgan 1-futbolchiga aylandi. SHuningdek, Myuller CHempionlar Ligasi pley-off bosqichidagi gollar soni bo'yicha  (23) faqat Ronaldu va Messidan ortda qolmoqda. Bundan tashqari, "Oltin to'p" rekordchilaridan farqli ravishda "Radio"da bu mavsum qitadagi eng nufuzli musobaqada zafar quchish imkoni bor. SHunday ekan, butun Evropa "Radio Myuller"ni tinglashda davom etadi.

U dunyoning eng qimmat futbolchisiga aylanishi mumkin edi

"Bundesvision" blogidan Faxriddin Ro'ziev tarjimasi

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика