Raboning agenti "Manchester Yunayted" bilan muzokaralarni boshladi
10 may 2020 11:11
Yangiliklar


Raboning agenti "Manchester Yunayted" bilan muzokaralarni boshladi
"Yuventus" yarim himoyachisi Adrien Rabo faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.
"La Gazzetta dello Sport" xabariga ko'ra, Raboning Angliyaga ko'chib o'tishini uning agenti va onasi Veronika istamoqda.
Qayd etilishicha, Raboning onasi "Everton" va "Manchester Yunayted" bilan bir vaqtda muzokaralarni davom ettirmoqda. Transfer yozdayoq amalga oshishi mumkin. "Irislar" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti futbolchini qishda sotib olishga qattiq urinib ko'rgandi.
Ayni damda Iguain bilan birgalikda Rabo ham "Yuventus" qarorgohiga qaytmagan ikki futbolchi bo'lib turibdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar