Qozog'iston chempionatida ishtirok etadigan klub faoliyatini tugatdi
30 may 2020 12:50
Yangiliklar


Qozog'iston chempionatida ishtirok etadigan klub faoliyatini tugatdi
Pavlodarning "Irtish" klubi Qozog'iston Premer-ligasidagi ishtirokini davom ettira olmaydi.
Bugun, 30 may kuni "Irtish" murabbiylari va o'yinchilari ishtirok etgan yig'ilishda jamoaning yopilishi va QPLdagi ishtirok yakunlangani haqida elon qilindi.
Eslatib o'tamiz, pavlodarliklar Qozog'iston chempionati to'xtagunga qadar "Qaysar" (0:1) va "Qizil-Jar SK" (1:1) jamoalari bilan o'ynagan va jadvalda 9-o'rinni egallab turgandi.
Oldinroq, klub samarasiz menejment sabab bankrotlik yoqasida ekanligi xabar qilingan edi.
"Irtish" maoshining kamayishiga rozi bo'lmagan o'yinchilar bilan shartnomalarni bekor qiladi
O’xshash yangiliklar

Fikrlar