So’nggi yangiliklar

02:11Олимпиада ярим финалида Африка Европага қарши  3 02:03Олимпиада. Франция ярим финалда!  3 00:59Олимпиада. Миср - Парагвай учрашувида ғолиб пенальтилар сериясида аниқланди  8 00:37"Арсенал" "Наполи"нинг шартларига рози бўлди  1 00:16"Байер" футболчисини "Бавария"га сотмоқда  0 23:50Илёс Зейтуллаев: "Бугун ютқазишга ҳақли эмасдик"  6 23:41Жамшид Саидов: "Ғалаба ҳар доим ёқимли"  0 23:16Тен Хаг Санчо билан мунозараси ҳақида: "Барчаси ортда қолди"  0 22:54Ибрагимович "Милан"даги фаолияти ҳақида: "Босим жуда катта. Нонуштага ҳам босимни еймиз"  1 22:37Расман: Довбик - "Рома" футболчиси  3 22:11Олимпиада. Испания Японияга имконият қолдирмади  23 22:00Суперлига. "Қизилқум" - "Бунёдкор" 1:0  0 21:40Суперлига. "Қизилқум" бу йил ҳисобидан иккинчи маротаба "Бунёдкор"дан устун келди  12 21:18Олимпиада. Марокаш АҚШ дарвозасига 4та гол урди ва ярим финалга чиқди  9 20:54Назорат учрашуви. "Динамо" - "Насаф" баҳсида ғолиб аниқланмади  0

Qo'qonlik muxlislarni ranjitgan hakamlik Yangiliklar

Qo'qonlik muxlislarni ranjitgan hakamlik

Kecha Oliy liganing 18-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "Nasaf" (1:3) uchrashuvi bo'lib o'tdi.


O'yin xususida gapiradigan bo'lsak, birinchi bo'limning dastlabki 20 daqiqasini maydon egalari nisbatan faolroq o'tkazishdi. Eldor Suyunov darvozasi oldidavaziyatlar yaratishgan intilgan "Qo'qon-1912" jamoasi ko'zlangan maqsadiga erisha olmadi. Birgina Otabek Haydarovning Suyunov qo'riqlayotgan darvozaga "chalqancha" uslubda tepgan zarbasini hisobga olmasa, boshqa xavfli vaziyatlar sodir etilgani yo'q. Otabek Haydarovning urinishini esa "Nasaf" darvozaboni qaytarishga erishdi. SHundan so'ng Eldor Suyunovga birinchi bo'limda deyarli ish topilmadi. Dastlabki taymda uchrashuv u qadar tomoshabinlarga manzur bo'lmaganini qayd etish joiz. Birinchi bo'lim so'nggilarida kelib "Nasaf" raqibga bosimni kuchaytirdi. SHohruh Gadoevning chap qanotdagi faolligi evaziga tashkil etilgan hujumni Azamat Allaniyozov samarali tarzda yakunladi va jamoasini tanaffusga g'olib holda olib chiqib ketdi. "Nasaf"ning birinchi goli kiritilgan vaziyatda Azamat Allaniyozovni qo'qonlik himoyachilar shunchaki ochiq qoldirishdi. Azamat avvaliga to'pni o'ziga bo'ysundirib oldi va birinchi urinishda darvozaga zarba yo'llay olmadi. Ikkinchi zarbani berayotgan vaqtda Ashurovni to'pga tashlandi, biroq Allaniyozov chaqqonlik qilib to'pni darvozaga osonlik bilan kiritib qo'ya oldi. Bu vaqt ichida "Qo'qon-1912"ning markaziy himoyachilari Igor Golban va Ilya Ilin shunchaki tomoshabin vazifasini bajarib berishdi. Umuman "Qo'qon-1912" himoyasi shu kuni juda tartibsiz o'ynadi. Bu borada Rustam Abdullaev yaxshigina bosh qotirib ko'rishi zarur.

Ikkinchi taym "Nasaf"ning ketma-ket hujumlari bilan boshlandi.
O'yinning 53-daqiqasida maydon markazidan Odil Hamrobekov jamoadoshi Ilhom SHomurodovni darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqarib yubordi. Deyarli maydon markazi oldidan o'z yurishini boshlagan SHomurodovga butun boshli himoyachilar eta olishmadi. "Qo'qon-1912" futbolchilari yon hakamning bayroqchasini ko'tarishiga umid bog'lashdi. Biroq yon hakam bu vaziyatda ofsayd qayd etmadi va SHomurodov hisobni 2:0ga etkazdi.

Bu vaziyatda qanot hakami adashdimi yo'qmi bu borada biror aniq fikr bildirish qiyin. O'yindan keyin "Qo'qon-1912" matbuot xizmati vakillari takroriy lavhada o'yindan tashqari holat bor-yo'qligini aniqlash qiyin bo'lganini takidlashdi. Tez orada televideniya olgan lavha orqali bu holatga aniqlik kiritishlarini aytib o'tishdi.
 
Stadionga yig'ilgan muxlislar esa ha deganda hakamning qarorlaridan norozi ekanliklarini ochiqchasiga oshkor qilishdi. SHu kuni uchrashuvni boshqarib borgan Ceytlin va "Qo'qon-1912" jamoasi futbolchisi Quvondiq Ro'ziev o'rtasida kichkinagina "bahs" bo'lib o'tdi.
Mezbonlar futbolchisi Quvondiq Ro'zievning texnikasi yuqori, driblinggi ancha tezligini barcha yaxshi biladi. Bir ikki vaziyatda Ro'ziev to'p bilan raqiblarini dog'da qoldirayotgan pallada yiqildi va Ceytlin futbolchini simulyaciya ishlatganini ko'rib, o'yinni to'xtatmaslikka qaror qildi. Bu voqealar rivoji esa albatta stadionga yig'ilgan mahalliy muxlislarga yoqmadi. SHuni qayd etib o'tish kerakki, Ro'ziev yiqitilgan vaziyatlarda Ceytlin voqea joyiga yaqin turgan edi va har safar ham referi qarori qatiyligini bildirdi. Futbolchi esa aksincha fikrda edi va Ro'ziev ochiqchasiga hakamning qarorlaridan norozi ekanligini bildirdi. Ceytlin bu pallada futbolchiga ortiqcha etirozlari uchun ogohlantirish ko'rsatdi. Bu esa "Markaziy" o'yingohdagi ishqibozlarga tabiiyki yoqmadi.



"Nasaf" esa ikkinchi bo'limning dastlabki 20 daqiqasini katta ustunlikda o'tkazdi va hujumlar tashkil etishda davom etdi.
Uchrashuvning 64-daqiqasida chap qanotdan rivoj olgan hujum "ajdarlar"ning foydasiga ishladi. Farruh Sayfiev tomonidan jarima maydonchasi ichiga oshirib berilgan to'pni Azamat Allaniyozov osonlik bilan darvozaga yo'lladi va hisobni yirik ko'rinishga keltirdi.
Gol o'tkazib yuborilgach Aziz Ashurov "nahotki yana ofsayd yo'q?" deya kinoya qilib qo'ydi. Bu borada aniq fikr bildirish qiyin. CHunki hozircha har ikkala klub matbuot xizmati vakillari o'yin videosini bizga etkazib berishganicha yo'q.

Bunga qadar "Qo'qon-1912" jamoasi maydonda raqibiga hech qanday qarshilik ko'rsata olmayotgan edi. Hakamning bazi kichik xatolarini inobatga olganda ham, "Nasaf" maydonda "Qo'qon-1912"dan ko'ra mazmunliroq va kuchliroq futbol ko'rsatayotgandi. Jamoalar o'rtasidagi saviya, mahorat o'z so'zini aytdi. Buni "Nasaf" ustozi Ro'ziul Berdiev ham o'yindan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida takidlab o'tdi. Berdiev ham "Qo'qon-1912"dan bundanda kuchliroq va katta qarshilik kutganini va shu kuni qo'qonliklar kutilgan o'yinni namoyish etib bera olmaganini alohida aytib o'tdi.

Tablodagi hisob yiriklashgach, "Qo'qon-1912" jamoasi muxlislar hayqirig'i tasirida oldinga intilishdi va ketma-ket hujumlar tashkil etishdi.
Bellashuvning 68-daqiqasida standart vaziyatida so'ng jarima maydonchasi ichida to'pni qabul qilib olgan Jalil Kimsanov "Qo'qon-1912"ning javob to'pini kiritdi va stadionga kelgan muxlislarning umid uchqunlarini uyg'otdi.

Uchrashuv yakunlanishiga 20 daqiqa vaqt qolganida "Qo'qon-1912" jamoasi butun jamoa bo'lib oldinga intildi. Lekin "Nasaf" himoyasini yorib o'tish ularga katta muammo tug'dirdi.
Bir vaziyatda ikkinchi bo'limda maydonga tushgan Bahodir Akramov jarima maydonchasi ichida "nasafchilar" tomonidan yiqitildi. Lekin Ceytlin bu vaziyatda yana qo'qonliklarning kayfiyatini tushiradigan qaror qabul qildi. Referi shunchaki penalti yo'q deya qaror qabul qildi va o'yinni davom ettirishlarini so'radi. Bu vaziyatda men "Qo'qon-1912" jamoasi darvozasi oldida turganligim bois aniq bir fikr bildira olmayman. O'yinni rasmga tushirayotgan inson narigi darvoza oldida sodir bo'lgan qo'pollikni ko'ra olmaydi. Bu tabiiy holat.

"Qo'qon-1912" jamoasi qanchalik hujumga berilgan bo'lsa, "Nasaf"da qarshi hujumda undanda ko'p gol urish imkoniyati paydo bo'ldi. Artur Gevorkyan qarshi hujumda ikkita golli vaziyatni ko'kka sovurdi. Yana bir vaziyatda SHohruh Gadoev o'z imkoniyatidan samarali foydalana olmadi. Ikkinchi bo'lim so'nggida maydonga tushgan Alisher Yusupovda ham gol urish uchun 100 foizlik vaziyat bo'lgandi. Lekin himoyachi hal qiluvchi zarbani berishda noaniq harakat qildi.

"Qo'qon-1912" jamoasi gol kiritilganidan vaziyatdan boshqa yana bitta qulay imkoniyatga ega bo'lishgan edi. Lekin maydon egalarining hujumini Eldor Suyunov o'z vaqtida bartaraf eta oldi. Bundan boshqa vaziyatlarda "Qo'qon-1912" jamoasi futbolchilari golga tortadigan hujumlarni tashkil eta olishmadi.

O'yin yakunlaganidan so'ng stadionga kelgan muxlislar o'yingoh atrofini uzoq vaqt tark etishmadi va hakamlikdan norozi ekanliklarini ochiqchasiga namoyon qilishdi. Ularni tushunsa bo'lardi. Kuchli raqibga qarshi bahsdan so'ng ehtiroslar, hissiyotlarni jilovlay olish qiyin bo'ladi.



Bazi vaziyatlarda Ceytlin adashdi, lekin uning qarorlari o'yin natijasiga to'g'ridan-to'g'ri tasir qildi deyish noo'rin. CHunki maydonda kuchli futbol o'ynagan jamoa g'olib bo'ldi. Mahorat baribir o'z so'zini aytdi.

"Qo'qon-1912"ning natijalariga sababni hakamning qarorlaridan emas, balki jamoaning  ichki muammolaridan izlash kerak.
Umuman aytganda, "Qo'qon-1912" jamoasida hali ham aniq bir o'yin uslubi yo'lga qo'yilmagan. Jamoa vaziyatdan kelib chiqib o'ynashda davom etmoqda. CHiziqlardagi bog'liqlik yo'q. Rustam Abdullaev har safar tarkibda bir qator o'zgarishlarga qo'l urmoqda. Bazan "Qo'qon-1912" sardori Aziz To'xtaboev asosiy tarkibga kiritiladi, bazan esa yo'q. Quvondiq Ro'ziev ham har safar asosiy tarkibdan joy olmaydi. Kechagi o'yinda o'zining faolligi bilan ajralib turgan Quvondiq Ro'ziev "Paxtakor"ga qarshi o'yinda zaxirada qoldirilgan edi. Yoki kechagi bahsda zaxiradan maydonga tushib "Qo'qon-1912" jamoasi o'yinini kuchaytira olgan Aziz To'xtaboev "Nasaf" bilan bo'lgan uchrashuvni zaxira o'rindig'ida boshladi. Rustam Abdullaev hali ham asosiy tarkib futbolchilarini aniqlay olmagan. Ikkinchi davra allaqachon boshlanib ketdi. Endi oldinda o'yinlarimiz bor, jamoaviy o'yinni shakllantiryapmiz degan gaplar bilan vaqt o'tkazishdan foyda yo'q. Jamoaning o'yini 18ta o'yindan buyon shakllanmayotgan bo'lsa, qolgan 12ta uchrashuvda shakllanib qolishiga ishonsh qiyin. Bu erda endi qozonda bori cho'michga chiqadi. ikkinchi bo'lim shuni ko'rsatdiki, "Nasaf" futbolchilari jismoniy jihatdan "Qo'qon-1912"dan ustunlik qilishdi. SHu boisdan ham "Nasaf" ikkinchi bo'limda raqibiga nisbatan yanada kuchliroq o'ynadi va hujumda ham samarali harakat qildi.


Rustam Abdullaev o'yin tugagach Ceytlinga jiddiy ohangda etirozlarini bildirdi va vaziyat bo'yicha takroriy lavhani ko'rishni taklif etdi. Matbuot anjumanining ikkinchi qismiga kechikib kelgan Abdullaev o'z shashtidan ancha tushgani va o'yin borasida raqibiga imkoniyat boy berganini takidlab, yana qo'shimcha qildi: "O'yindan tashqari bazi holatlar" ham bizga qarshi bo'ldi dedi. hakamga qilgan etirozi haqida so'raganimda, Abdullaev shunday dedi: "Uchrashuvdan keyin ehtiroslar junbushga kelgandi. shu bois balki qizishib ketgandirman. Hakamlar haqida gapirmoqchi emasman. Ularga bahoni nazoratchilar qo'yishadi", - dedi Rustam Abdullaev.
O'yindan tashqari bazi holatlar deb nimani ro'kach qilganiga oydinlik kiritmadi va hakamlar haqida matbuotda ortiqcha so'z ishlatmadi. Bu tushunarli, bugun hakamlar haqida gapirib, keyin PFLga jarima to'lashni istamadi Abdullaev. Lekin takroriy lavha borasidagi savolga hali qo'rib chiqmadik deya javob qaytardi murabbiy.

O'yindan keyin ishonch bilan o'yindan tashqari holat haqida gapirgan Abdullaev nega bunday tezda o'zgarib qoldi? Hakamlar haqida gapirmagani tushundik, biroq takroriy lavhani ko'rmaganini aytib o'tdi. Rostan ham, o'yindan so'ng Rustam Abdullaev muxlislar singari shunchaki ehtiroslarni jilovlay olmagan.

Rustam Abdullaev matbuot anjumanida "o'yinda o'z xatolarimiz evaziga yutqazdik va aybni o'zimizdan izlaymiz", - deya gaplariga yakun yasadi.

SHu tariqa dramatik tarzda o'tgan o'yinda qarshiliklar o'z uylariga uch ochko bilan qaytishdi. Qo'qonlik muxlislar esa hakamlikdan ranjib o'z uylari tomon yo'l olishdi.

Uchrashuvni ko'tarinki kayfiyatda o'tkazgan Azamat Allaniyozov "Nasaf"dan, Ceytlin bilan ko'p "aytishgan" Quvondiq Ro'ziev shu kuni juda chiroyli o'ynashdi va haqli ravishda o'yinning eng yaxshilari qatoridan joy olishdi.


Uchrashuvning videosini qo'limizga olishimiz bilan saytga joylaymiz. Ana o'shanda kim qaerda xato qilganini ko'rish va baholash mumkin bo'ladi.



SHahboz Beg'amov

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика