So’nggi yangiliklar

00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  3 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  2 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  4 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  12 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  8 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  17 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  20 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  13

"Qo'qon-1912"ni ikki futbolchi tark etdi. Yig'inda yangi futbolchilar bor Yangiliklar

"Qo'qon-1912"ni ikki futbolchi tark etdi. Yig'inda yangi futbolchilar bor

Teglar :  "Qo'qon-1912"
“Qo'qon-1912” jamoasi azolari kecha Toshkent shahrida tibbiy ko'rikdan o'tishdi. Bugundan esa CHirchiq shahrida o'quv-yig'in mashg'ulotlari boshlandi.

Superliganing 2-davra o'yinlariga tayrgarlikni jamoa Toshkent viloyatida olib boradi. CHirchiq shahrida futbolchilarimiz kuniga ikki mahaldan mashg'ulot o'tkazishadi. Bugun dastlabki mashg'ulotlar bo'lib o'tdi. Mashg'ulotlarda vaqtliroq tatilga chiqqan Murod Holmuhammedov, SHahboz Erkinov, Aleksandr Merzlyakov va qolgan barcha futbolchilarimiz ishtirok etishdi.

Tarkibimizda ayrim o'zgarishlar bo'lishi kutilmoqda. Jamoani tajribali futbolchi Jasur Hasanov hamda Behruz Sadilloevlar tark etishdi. Bu futbolchilarning qaysi jamoaga borib qo'shilishlari yaqin kunlarda malum bo'ladi. “Qo'qon-1912” jamoasi rahbariyati, murabbiylar shtabi yuqorida nomlari keltirilgan futbolchilarga jamoamizdagi faoliyatlari uchun minnatdorchilik bildiradi. Ularning kelgusi faoliyatlarida omad yor bo'lishini tilab qolamiz.

O'z o'rnida “shunqorlar” yig'inida yangi nomlar ham mashg'ulotlarda ishtirok etishmoqda. Qo'qonlik muxlislarga yaxshi tanish bo'lgan hujumchi Otabek Haydarov (Qirg'izistonning “Neftchi” jamoasidan) , “Paxtakor” jamoasidan yosh iqtidorli yarim himoyachi Sobit Sindarov, “Neftchi” jamoasidan yana bir iqtidorli yosh hujumchi Hamidillo Abduhamidov hamda tajribali himoyachi Alisher Samatovlar jamoamizning bugungi mashg'ulotlarida ishtirok etishdi. Serbiyalik himoyachimiz Marko Milich yozgi tanaffusdan foydalanib o'z yurtiga uchib ketgan edi. Milich yaqin kunlarda jamoa ixtiyoriga etib keladi.

CHirchiq yig'ini ikki qismdan iborat bo'ladi. Dastlabki yig'in 18 iyul kuniga qadar davom etishi ko'zda tutilgan bo'lib, yig'in so'ngida superliga klublaridan biri bilan nazorat uchrashuvi o'tkaziladi.

Eslatib o'tamiz “Qo'qon-1912” jamoasi 2-davraning dastlabki uchrashuvini 26 iyul kuni Toshkent shahrida “Paxtakor” jamoasiga qarshi o'tkazadi.

Jamoamizdagi yangiliklar bilan sizlarni tanishtirib borishda davom etamiz. Biz bilan birga bo'ling !

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика