So’nggi yangiliklar

15:58ПСВ "Манчестер Юнайтед" футболчисини сотиб олмайдиган бўлди  0 15:21Дел Пьеро клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатида ким ғолиб бўлишини тахмин қилди  6 14:53Эмилиано Мартинес "Челси" ёки "Атлетико"га ўтиши мумкин  0 14:28"Атлетик" собиқ президенти: "Уильямс биз учун ўйнашни истамаяпти"  4 13:45Луис Энрике: "Интер Майами"нинг даражаси умуман бошқача"  4 13:21Арсен Венгер: "Майдонлар талаб даражасида эмас"  3 12:50Маскерано: "Биз бу ўйинда аутсайдермиз"  6 12:14Бруну Лаже "Челси"дан учралган мағлубиятга изох берди  0 11:52Рейна ўз давридаги энг кучли дарвозабонларни санади  10 11:25Энцо Мареска: "Челси" сўнгги ойдаги энг зўр ўйинини ўтказди"  2 10:43МЮ “Реал“ футболчисига расмий таклиф билан чиқди  0 10:10“Челси“ “Боруссия Д“ футболчисини сотиб олишга яқин  2 09:38Нико Уильямс “Барселона“га талаб қўйди  13 09:05Суперлига. Бугун 14-тур давом эттирилади  5 08:34"Нефтчи" собиқ футболчисини ортга қайтармоқчи  6

"Arsenal" hali ham favorit nomiga loyiqmi? Yangiliklar

"Arsenal" hali ham favorit nomiga loyiqmi?

Birinchi o'yinda imkoniyatni boy berib qo'ygach, Arteta "bandasi" PSJ bilan javob uchrashuvida boshdan baland sakrab, "Real Madrid" bilan bo'lgan vaziyatni takrorlashi talab etiladi.

Biroq "to'potarlar"ning "ketmoni yana ucharmikin"? Qizig'i, aynan "Real"ni musobaqadan chiqarib yuborgach, "Arsenal" nafaqat yarim final balki musobaqa g'olibligi uchun ham chinakam favorit sifatida qaralayotgandi, lekin Londondagi o'sha oqshom... Bugun "arsenalchilar" "Madrid" taslim etilgani tasodif yoki shunchaki Anchelottining davri tugashi bilan emas, aynan inglizlarning yaxshi o'yini samarasi ekanligini isbotlashi zarur.



PSJ

1. Londonda g'alaba qozongan PSJ keyin "Strasbur"ga yutqazib berdi

Chempionlar Ligasi yarim final dastlabki o'yinidan PSJ kichik bo'lsada, g'alaba bilan qaytdi. "Arsenal" "Emireyts"da (1:0) taslim etildi. Buning uchun nafaqat gol urgan Dembelega, balki darvozada ishonchli o'yin ko'rsatgan Donnarummaga ham alohida minnatdorchilik bildirib qo'yish kerak. Javob bahsiga ham PSJ to'liq koncentraciya bilan etib kelmoqda va bu yo'lda chempionat bahslarini bir chetga surib turibdi. U erda vaziyat shunchalik osoyishtaki, Parij "Strasbur"ga ham yutqazib (1:2) beraverdi. Hozir asosiysi "Park de Prens"da "Arsenal"ni "chiroyli mehmon qilish".


2. Usmon Dembele "Arsenal"ga qarshi o'yinga tayyor

PSJ o'yinga tarkibda hech qanday muammosiz etib kelmoqda. Eng katta qo'rquv Dembele bilan bog'liq edi, "kanonirlar"ga qarshi birinchi uchrashuvda futbolchi kichik jarohat olgandi, ammo dushanba kuni vinger umumiy guruhga qaytdi. "Strasbur" bilan bahsda Lyuka Ernandes va Li Kan In ham engil jarohat olgandek bo'ldi, lekin har ikki futbolchi asosiy tarkibning muhim futbolchilari, deb bo'lmaydi. Ayniqsa ECHLning bu bosqichida. Asosiy tarkib esa Londondagidan keskin farq qilmasa kerak.


3. PSJ Chempionlar Ligasi doirasidagi uy uchrashuvlarida "birinchi raqam" bo'lib o'ynaydi

Parijliklar mazkur musobaqa doirasida o'z uylaridagi natijalari bilan unchalik ham maqtana olishmaydi: PSV bilan 1:1, "Atletiko" bilan 1:2 va "Liverpul"ga qarshi 0:1. Faqatgina natijaga emas, o'yin kartinasiga qarab baho beradigan bo'lsa, Luis Enrike shogirdlari — musobaqaning eng yaxshi jamoalaridan biridir. Raqib kim bo'lsa ham, u "Liverpul" bo'ladimi, "Aston Villa" (3:1), "Manchester Siti" (4:2) yoki "Brest" (7:0) va "Jirona" (1:0), parijliklar hujumi kuchini o'zida his qilib ulgurgan. Bu esa ko'plab zarbalarga zamin yaratgan (o'rtacha har o'yinda 25.1) va ehtimoliy gollar (umumiy 18.7 xGA) ko'rsatgichi. Hozirda PSJ hisobni ushlab qolish uchun o'ynasa ham bo'ladi, lekin Luis Enrike bunga jazm qilarmikin?


Arsenal

1. "Arsenal" PSJga qarshi o'yindan avval "Bornmut"ga imkoniyatni boy berdi

APLda ancha dadil mavsum o'tkazayotgan jamoa Mikel Artetani hafa qildi (1:2). Natijada, londonliklar qatorasiga uchinchi o'yinda ham g'alaba qozona olmadi PSJga qarshi o'yin (0:1) va "Kristal Pelas" bilan durang (2:2). Aslida "kanonirlar" uchun mavsumning hozirgi qismiga kelib, Chempionlar Ligasi asosiy musobaqaga aylangan. APLda "Arsenal" TOP-5dan tushib ketish uchun ancha "ter to'kishi" kerak bo'ladi. Shunday ekan, bor kuch va imkoniyatlar Parijga qarshi ikkinchi to'qnashuvga tashlangan. Madridda bu ish amalga oshdi, Fanciyada qanday bo'larkin vaqt ko'rsatadi. Biroq har ikki vaziyatning kamida bitta katta farqi bor. "Real" "Santyago Bernabeu"da mag'lubiyat shart bo'lmagan vaziyatda taslim etildi, PSJ bilan esa aksincha, g'alabadan boshqa natija qanoatlantirmaydi. Bu esa qo'shimcha bosim degani

2. Yurrien Timber so'roq ostida, Parti diskvalifikaciyadan qaytmoqda

Mikel Arteta uchrashuvda Yurrien Timber ishtiroki borasidagi vaziyatni shubha ostida qoldirdi. O'ng qanot vakili "Bornmut" bilan o'yinni o'tkazib yubordi va uning holati bo'yicha hamon aniq malumot yo'q. Eng yomon variantda o'ngda Ben Uayt maydonga tushib, Xvicha Kvaracxeliyaga "bayram" bo'lishi mumkin. Tayanch zonaga aytganimizdek, Tomas Parti qaytadi. Aynan uning zonasidan birinchi o'yinda amalda ol yuzaga keldi. Bu esa Deklan Rays va Martin Edegorga yaratuvchanlikda erkinroq bo'lish imkonini beradi. "Aldamchi to'qqizlik" pozciyasida Mikel Merinoni ko'rsak kerak.


3. "Arsenal" agressivroq harakat qilishi va o'zining ustun jihatlaridan unumliroq foydalanishi zarur

APLda "kanonirlar" standartlardan unumli foydalanish oqibatida 14 ta gol urgan va "Kristal Pelas"dan keyin ikkinchi eng yaxshi natijaga ega. ECHLda esa Mikel Arteta jamoasi 5 bor imkoniyatlarini golga aylantirdi va kuchli uchlikdan o'rin oldi. Deklan Raysning "Real" darvozasiga dublini hali unutmagan bo'lsangiz kerak. PSJ bilan birinchi o'yinda "Arsenal" raqib yarim maydonida unchalik faol bo'lmadi va deyarli xavfli standartlar ishlolmadi (bor yo'g'i 3 ta burchak zarbasi). Mikel Arteta "Bornmut"ga imkoniyat boy berilgach, jamoa bu borada to'g'ri xulosa chiqarib, bor alamini PSJdan olishiga vada berdi.

Amalda, aniqrog'i maydonda ishlar qanday tus oladi tunda guvohi bo'lamiz. Kecha o'yindan avval aksariyat mutaxassis va muxlislar "Barselona" baribir uloqni ilib ketishini taxmin qilgandi. Ammo, lekin, biroq... Dramatik uchrashuvda omad milanliklarga kulibroq boqdi. Shunday ekan, bugungi uchrashuvni ham o'tkazib yubormagan maqul.


TerminaTor

Reyting: +3   

Fikrlar

   
07 may 20:42:03
Odilbek Abdushukurov
PSJ va Arsenal kechagi o‘yindan xulosa qilgan holda, ehtiyotkorroq o‘ynashsa kerak, ayniqsa, mezbonlar.
   
07 may 19:58:33
Arsen Venger !!!
Дембеле тущса хам Арсенал караб турмеди, гол урвосин деб, Арсенал бугун финалга чикади. Зур уйин булади.
   
07 may 15:26:44
leva8989
Baxtiyor Nazarov foydalanuvchining fikriga javob berish
Fabrisio Romano, barselona7, walwerine, Barselona champion- adabingni yedilaringmi, katta gapirmelar shunchun, Inter o'tirg'izdiku Flikka qo'shib.
Asbobimiz senga mikrafon xoxlaganingcha kuyla...
   
07 may 14:49:12
Baxtiyor Nazarov
Fabrisio Romano, barselona7, walwerine, Barselona champion- adabingni yedilaringmi, katta gapirmelar shunchun, Inter o'tirg'izdiku Flikka qo'shib.
   
07 may 14:25:51
Manchester City Championes
818 tv foydalanuvchining fikriga javob berish
Dembele oynamidi tramma olgan
Дембеле уйнамаса Арсенал ютадийо
   
07 may 14:19:39
leva8989
Arsenal finalga chiqsin
   
07 may 13:07:58
Sardor Yusupov1
818 tv foydalanuvchining fikriga javob berish
Dembele oynamidi tramma olgan
E bilme qopmizu uzur
   
07 may 12:56:48
818 tv
Sardor Yusupov1 foydalanuvchining fikriga javob berish
Mana bugun Xaqiqiy final bo'ladi PSJ kuchliroq manimcha Dembele esa aytmasa xam malum
Dembele oynamidi tramma olgan
   
07 may 12:54:11
TOSHQONDIY
HULLAS BUGANAM SHIDDATLI FUDBOL GUVOHI BOLAMIZA INSHA'ALLAH.
PSG OLG'A BOSISH VA BOSHSHMASLIK KERE.
OSHA GAP ARSENAL PADARKAMAS !
   
07 may 12:24:18
mirabzal
Псж финалда уйнашга хакли
   
07 may 12:17:45
Inomjon Boltayev
Aplda ishlari chatoq Arsenalni 1 Liverpul bilan bo'ladi keyin New castle 2 ta o'yinni 1 tasida yutmasa 6 o'ringa tushib ketish xavfi mavjud sabab 6 ochkolik farq mavjud agar yevropa ligasiga Aplni 2 jamoasi chiqsa 4 o'rinni olibgina chiqish mumkin 4 o'rinda esa New castle kelayapti Arsenal Chempionlar ligasida chiqib ketsa charchagan Arsenalni Liverpul yutib yoki durang qilsa ham New Castle bilan juda ogir oyin kutadi ochko yoqotsa Chelsi otib ketishi mumkin hozir Arsenal juda qiyin vaziyatda 2 ta front og'ir janglar
   
07 may 12:13:42
Designer
PSJ bu yil haqlidek uyin borasida boshqa jamoalardan ancha ustun
   
07 may 12:04:49
Sardor Yusupov1
Mana bugun Xaqiqiy final bo'ladi PSJ kuchliroq manimcha Dembele esa aytmasa xam malum
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика