Oston O'runov mashg'ulotlarga qaytdi
07 may 2025 12:19
Yangiliklar
Oston O'runov mashg'ulotlarga qaytdi
"Persepolis" shifokori Farid Zarinehning malum qilishicha, Oston O'runov dushanba kuni tibbiy tekshiuvdan muvaffaqiyatli o'tgan. Shunday qilib, u jarohatini tiklab ulgurgan va seshanbadan umumiy guruh mashg'ulotlarida qatnasha boshlagan.
"Jamoaning tibbiyot xodimlari va fizioterapevti futbolchining jarohatini tezroq bartaraf etish uchun astoydil harakat qildi. Tekshiruv natijalari ijobiy bo'ldi, ammo futbolchining hozirgi jismoniy holati va o'yinlarga qanchalik tayyorligi masalasini murabbiylar hal qiladi", – dedi Farid.
Eslatib o'tamiz, Oston O'runovning jarohati haqida 21 aprelda xabar bergan edik. 24 yoshli futbolchi shu tufayli 1 may kuni safarda o'tkazilgan "Mes Rafsanjan"ga qarshi bahsni o'tkazib yubordi. Ushbu o'yinda "Persepolis" 3:0 hisobida g'alaba qozondi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar