Oston O'runov mashg'ulotlarga qaytdi

Sherzod Nurmatov
7 may 2025
Eronning "Persepolis" klubi va O'zbekiston terma jamoasi vingeri Oston O'runov jamoaviy mashg'ulotlra kirishdi.

"Persepolis" shifokori Farid Zarinehning ma'lum qilishicha, Oston O'runov dushanba kuni tibbiy tekshiuvdan muvaffaqiyatli o'tgan. Shunday qilib, u jarohatini tiklab ulgurgan va seshanbadan umumiy guruh mashg'ulotlarida qatnasha boshlagan.

"Jamoaning tibbiyot xodimlari va fizioterapevti futbolchining jarohatini tezroq bartaraf etish uchun astoydil harakat qildi. Tekshiruv natijalari ijobiy bo'ldi, ammo futbolchining hozirgi jismoniy holati va o'yinlarga qanchalik tayyorligi masalasini murabbiylar hal qiladi", – dedi Farid.

Eslatib o'tamiz, Oston O'runovning jarohati haqida 21 aprelda xabar bergan edik. 24 yoshli futbolchi shu tufayli 1 may kuni safarda o'tkazilgan "Mes Rafsanjan"ga qarshi bahsni o'tkazib yubordi. Ushbu o'yinda "Persepolis" 3:0 hisobida g'alaba qozondi. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: fc-perspolis.com