"Sho'rtan"ga vaqtinchalik murabbiy tayinlandi
07 may 2025 17:31
Yangiliklar
"Sho'rtan"ga vaqtinchalik murabbiy tayinlandi
Xabaringiz bor, yaqinda "Sho'rtan" jamoasi bosh murabbiyi Anvar Berdiev istefoga chiqdi.
"Jamoa bosh murabbiyi Anvar Berdiev bilan tuzilgan mehnat shartnomasi o'zaro kelishilgan holda bekor qilinganligi sababli, klub akademiyasi direktori lavozimida ishlab kelgan Eldor Moyliev vaqtincha bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi sifatida bo'lajak uchrashuvlarda jamoani maydonga boshlab tushadi",- deya xabar berdi O'zPFL matbuot xizmati.
Malumot uchun, Eldor Moyliev "Sho'rtan"dan avval "Nasaf" tizimidagi turli yosh toifasidagi jamoalarida faoliyat olib borgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar