So’nggi yangiliklar

09:24Алонсо "Реал Мадрид"нинг Испания Суперкубоги финалига чиққанига муносабат билдирди  0 08:55Хебайнинг янги жамоаси деярли аниқ  5 08:28Роналду кечаги мағлубиятдан сўнг ўз фикрини билдириб ўтди  10 08:00Шота Арвеладзенинг жияни Суперлига жамоасига кўрикдан ўтмоқда  3 07:25АПЛ. Марказий учрашувда дуранг қайд этилди  5 01:59Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз  35 01:42Канселу эртага "Барса" учун тиббий кўрикдан ўтади. Клуб барчасини "Ал Ҳилол" ва Мендеш билан келишиб олди  1 01:25ПСЖ "Марсел"ни пенальтилар сериясида мағлуб этиб, Франция Суперкубогини қўлга киритди. Рамуш 95-дақиқада гол урди, Шевалье серияда иккита зарбани қайтарди  3 01:10Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Ҳилол" ва "Иттифоқ"да ғалаба, Роналду ва "Ал Насср" яна мағлуб бўлди  9 00:43Ироқ юлдузлар лигаси. "Эрбил" Темировнинг дубли эвазига меҳмонда ғалабага эришди, ҳамюртимиз тўпурарлар пойгасида яққол етакчилик қилмоқда  7 23:59"Арсенал" — "Ливерпуль". Таркиблар маълум  14 23:10"Хоразм" ўтган мавсум Суперлигада тўлиқ ўйнаган ягона ўйинчини ўз сафига қўшиб олди  4 22:09БАА Про лигаси. "Дибба" ўз уйида "Хорфаккан"дан устун келди, Абдуллаев баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 21:39"Ювентус" октябрь ойида ишдан бўшатилган Тудор билан шартномани бекор қилди. Мураббий бошқа клубни бошқариши мумкин, аммо А Сериянинг эмас  0 20:54"Тоттенхэм" "Вулверхэмптон" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  0

Rasman: Hakamlar akademiyasi o'z faoliyatini boshladi Yangiliklar

Rasman: Hakamlar akademiyasi o'z faoliyatini boshladi

O'zbekiston futbol hakamligi tizimini yangi bosqichga olib chiqish, yosh hakamlarning nazariy bilimlari va amaliy tajribasini oshirish maqsadida O'zbekiston futbol associaciyasi tomonidan Hakamlar akademiyasi tashkil etildi.

Bugun “Chig'atoy” sport bazasida O'FA rahbariyati, tajribali instruktorlar hamda istiqbolli yosh hakamlar ishtirokida akademiyaning rasmiy ochilishi munosabati bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda ishtirokchilarga akademiyaning asosiy vazifalari, o'quv dasturlari hamda yosh hakamlar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil malumot berildi.

O'FA birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov o'z nutqida ushbu loyiha nafaqat yurtimizda, balki mintaqada ham futbol hakamligining taraqqiyotida muhim o'rin egallashini takidlab o'tdi. Shuningdek, ilgari amalga oshirilmagan bu tashabbus mamlakatimiz hakamlik tizimini jahon standartlariga moslashtirishga xizmat qilishini aytib o'tdi.

“Futbol hakami har bir qoida, har bir tafsilotni mukammal bilishi, doimo o'z ustida ishlashi zarur. Hakamlik – bu nafaqat bilim, balki fidoyilik va yuksak masuliyatni talab qiladigan kasb”, dedi Ravshan Ermatov.

Hakamlar akademiyasi yosh mutaxassislarga xalqaro maydonlarda o'yinlarni boshqarish uchun zarur bo'lgan ko'nikma va malakalarni shakllantirishda, ularning kasbiy rivojida muhim rol o'ynashi kutilmoqda. Bu esa o'z navbatida o'zbek futbolining nufuzi va sifati oshishiga xizmat qiladi.

Yangi Akademiya nafaqat o'quv markazi, balki yosh hakamlar uchun tajriba almashish, tahlil qilish va doimiy o'sish uchun imkoniyat taqdim etadi.

Eslatib o'tamiz, akademiyadagi talim jarayoni 6 ta moduldan iborat bo'lib, amaliy mashg'ulotlar orqali saralab olingan 25 nafar hakamlar 6–12-may kunlari o'quv kursining 1-modulida ishtirok etishadi. O'quv kurslarini muvaffaqiyatli yakunlagan hakamlar Birinchi liga, Proliga, Superliga va OFK tasnifidagi turnirlarni boshqarish uchun tavsiya etiladi.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика