So’nggi yangiliklar

01:53Суперлига. "Насаф" - ОКМК 2:1  0 01:48Мактомини ва Лукаку "Наполи"ни чемпионга айлантирди!  22 01:29Озарбайжон. "Сумқайит" мавсумни йирик ғалаба билан якунлади, Абдихолиқовдан ассист  0 01:16"Бавария" "Брайтон" ва "Милан" юлдузларига кўз тиккан  0 00:43"Sky Sports" АПЛда мавсумнинг энг яхшиларини аниқлади  4 00:21Миржалол Қосимов: "Ютсак ҳаммамиз зўрмиз, ютқазсак барчамиз айбдормиз"  2 23:52Максим Шацких: "Суперкубок финалига яхши кайфиятда борадиган бўлдик. Танаффусда ўйинни ўзгартириб юборишга келишиб олдик, акс ҳолда "Ультрас" бизни кечирмас эди"  4 23:32Рўзиқул Бердиев: "Шуҳрат Муҳаммадиев 36 ёшида ёш футболчилардан ҳам тез югуради"  3 22:39Февзи Давлетов: "Дуранг бўлиши мумкин эди, аммо мағлубият эмас"  3 22:26Суперлига. "Андижон" - "Сурхон" 2:1. Мезбонлардан супер голлар!  2 22:15Месси ва "Интер Майами" музокараларни давом эттирмоқда  1 21:59Суперлига. "Насаф" тур марказий баҳсида ОКМКни ютиб, жадвалдаги етакчиликни тортиб олди  105 21:23Аморим жамоага тезкор футболчиларни олиб келмоқчи  1 20:54Суперлига. "Андижон" "Бобур Арена"да "Сурхон"ни енгиб ғалабасиз сериясига барҳам берди  53 20:19"Реал" Модричга ўринбосар топди  3

“Qo'qon-1912”: Yangi futbolchilar tanishtirildi FOTO Yangiliklar

“Qo'qon-1912”: Yangi futbolchilar tanishtirildi FOTO

Teglar :  Qo'qon-1912
“Qo'qon-1912” jamoasi safiga ikkinchi davra arafasida kelib qo'shilgan yangi futbolchilarni keng ommaga tanishtirish marosimi bo'lib o'tdi.
Qo'qondagi “Markaziy” o'yingohda bo'lib o'tgan tadbirda “Qo'qon-1912” klubi rahbariyati, murabbiylar shtabi, futbolchilar va bir qator muxlislar ishtrok etishdi.

Marosimni odatdagidek, “Qo'qon-1912” futbol klubi vice-prezidenti, bosh direktori Baxtiyorjon Tolipov ochdi.

– Bu yilgi mavsum jamoamiz uchun og'ir bo'lmoqda, deb so'z boshladi klub rahbari. – Birinchi davrani ko'ngildagidek o'tkaza olmadik. SHuning uchun ikkinchi davra arafasida tarkibning yarmini yangilashga qaror qildik. Klubimizdan 9 nafar futbolchi ketgan bo'lsa, 10 nafar yangi o'yinchini oldik.

Otabek Haydarovning jarohati bor. Safga qaytgach, uning holatiga qarab hujumchi borasida yakuniy xulosaga kelamiz.

O'ylaymanki, mavsum so'nggida o'z oldimizga qo'ygan vazifalarni bajara olamiz. Bunda albatta siz muxlislarning ko'magi ham kerak bo'ladi. “Qo'qon-1912”ning fidoiy muxlislari bisyor ekanligini bilaman. Sizlar jamoamizni yaxshi yomon kunlarida qo'llab-quvvatlab turishingizga ishonaman. Bugun ikkinchi davra arafasida o'z safimizga qo'shib olgan yangi futbolchilarni keng ommaga tanishtiramiz.

SHundan keyin mavsumning ikkinchi qismida jamoamiz sharafini himoya qiladigan yangi o'yinchilarga ikkinchi davrada qaysi raqamlardagi futbol liboslarida o'ynashlarini ommaga taqdim etishdi. Unga ko'ra, Nikita Ribkin 13, SHoxrux Xolmatov 49, Darko Gojkovich 55, Sobir Hamidov 70, Ibrohim Rahimov 75. Nodir Yo'ldoshev 80, Nikola Valentich 83, Suhrob Berdiev 90, Javohir Siddiqov 99, Mirto'ra Akbarov 89 raqamlarda maydonga tushishlari oydinlashdi.

Ikkinchi davrada murabbiylar shtabida ham o'zgarish yuz berdi. Endi darvozabonlarimizga Anvar Jabborov ustozlik qiladi. Marosimda ushbu mutaxassis ham muxlislarga tanishtirildi.

Tadbirda shuningdek, jamoamiz bosh murabbiyi No'mon Hasanov ham so'zga chiqib, qo'qonlik futbol muxlislariga qo'llab-quvvatlab turishgani uchun minnatdorchilik bildirdi va bundan keyin ularning daldalari har qachongidan ham muhim ekanligini takidladi.

Marosimning yakuniy qismida “Markaziy” o'yingoha yig'ilgan futbol muxlislar klub vice-prezidenti Baxtiyorjon Tolipovga o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat etishdi.

Quyida tanishtiruv marosmidan olingan suratlar bilan tanishing:

photo_2016-08-06_22-18-11

photo_2016-08-06_22-18-23

photo_2016-08-06_22-18-47

photo_2016-08-06_22-18-54

photo_2016-08-06_22-19-06

photo_2016-08-06_22-19-11

photo_2016-08-06_22-19-29

photo_2016-08-06_22-21-10

photo_2016-08-06_22-21-17

photo_2016-08-06_22-21-22

photo_2016-08-06_22-21-27

photo_2016-08-06_22-21-34

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика