So’nggi yangiliklar

15:25"Страсбур" "Челси" ҳимоячисини ижарага олади  0 15:04Аббос Файзуллаев фаолиятини Туркияда давом эттиради  10 14:47Ўзбекистон U-17 терма жамоаси бош мураббийи йиғинни тарк этди  2 14:30Лёв кутиб турсин (мутолаа учун)  13 14:09"Тоттенхэм" янги бош мураббийи: "Ваъда бераманки, биз албатта ўйинларда ютқазамиз"  4 13:41"Бухоро" етакчиларидан бири билан битимни бекор қилди  4 13:28Погба: "Рэшфорднинг "Барселона"га ўтиши – ақлсизлик, МЮ ажойиб ўйинчини йўқотмоқда"  8 12:59"Like Сup"да финалчилар маълум бўлди  0 12:49Пол Гаскойнни ҳушсиз ҳолда топишди  1 12:20Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  0 12:00Камолиддин Мурзоев: "У яна топ-5га қайта олади, Шомуродов-Файзуллаев тандемидан ўзбек футболи ва терма жамоа ютади"  8 11:31"Рома" "Ланс" футболчисини сотиб олди  0 11:14Суперлига. Ёзги трансферлар барчаси битта саҳифада. Кимда қандай ўзгариш?  16 11:05ПСЖ бош мураббийига “Реал“ футболчиси керак  2 10:43“Ливерпуль“ Диаснинг ўрнига “Реал“ футболчисини олиб келади  10

"Qo'qon-1912" "Xo'jand" bilan durang o'ynadi Yangiliklar

"Qo'qon-1912" "Xo'jand" bilan durang o'ynadi

CHirchiq shahrida yig'in o'tkazayotgan “Qo'qon-1912” jamoasi bugun nazorat uchrashuvini o'tkazishdi.

Bu galgi raqib ancha jiddiy – Tojikistonning “Xo'jand” klubi bo'ldi.

O'yin ancha shiddatli boshlandi. Dastalbki hujumda Erkinovda qulay vaziyat bo'lgan edi, darvozabon biroz epchillik qildi. Umuman olganda, birinchi bo'limni jamoalar hujumkor ruhda o'tkazishdi. Biroq vaziyatlardan foydalana olmaslik oqibatida tanaffusga jamoalar nursiz durang bilan chiqib ketishdi.

Ikkinchi bo'lim ham vakillarimizning faolligi bilan boshlandi. 52-daqiqa Sindarovning zarbasi aniq , lekin biroz kuchsiz bo'ldi. Darvozabon ushlab oldi. Dastlabki vaziyatda Holmuxammedovning zarbasi rikoshet holatda raqib darvozasidan joy olishi mumkin edi. Oradan besh daqiqa o'tib, Suhrob Berdievning kuchli zarbasini raqib posboni katta qiyinchilik bilan bartaraf etdi. 74-daqiqada Alisher Samatov hisobni ochishi mumkin edi. Uning zarbasi darvoza to'riga tashqi tomondan tegdi.

Qolgan dakqiqalarda ham tashabbus jamoamiz tomonida bo'ldi. Biroq raqib darvozasiga aniq yo'l topa olmadik. Natijada ikkinchi nazorat uchrashuvi durang natija bilan yakun topdi.

Xalqaro o'rtoqlik uchrashuvi
“Qo'qon-1912” – “Xo'jand” – 0:0
“Qo'qon-1912”:
1. Islom Abdullaev, 7. Jamshid Hasanov, 10. Quvondiq Ro'ziev, 15. Oybek Rustamov, 17. Alisher Samatov, 19. Suhrob Berdiev, 22. SHahboz Erkinov, 23. Aleksadnr Merzlyakov, 65. Marko Milich, 70. Murod Holmuhammedov, 99. Sobit Sindarov.
Zaxira: 25. Sarvar Karimov, 8. Muhammadanas Hasanov, 9. Otabek Haydarov, 11. Timur Hakimov, 13. Doniyor To'lashev, 14. Avaz Mamatxo'jaev, 16. Hamidillo Abduhamidov, 20. Iqbol Malikjonov, 21. Timur Usmonov, 27. Jasur Yoqubov.
«Xo'jand»: Andrey Poltavcev, Davronjon Ergashev, Soxibjon Hakimov, Oybek Abdug'afforov, Dilshod Karimov, Baxtiyor CHoriev, Muhammadsharifi, Saidxo'ja, Komron Mirzonajod, Firdavs CHakalov, Jahongir Ergashev, Yuriy Zaxarkiv.


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика