So’nggi yangiliklar

10:29Нега Тимур Кападзенинг Испанияга қарши ўйин олди ташкил этилган матбуот анжуманидаги фикрлари ҳеч бир ўзбек ОАВсида чиқмади?  4 09:57АS нашри Испания ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркибини эълон қилди  8 09:22Ўзбекистон ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркиби билан танишинг  16 08:55“Mirabror Usmanov Cup-2024”. Бугун учинчи ўрин ва финал учун учрашувлар бўлиб ўтади  1 08:26Ҳусайн Норчаев олимпиада олдидан ФИФАга тайёргарлик, режалар ва мақсадлар ҳақида интервью берди  10 08:01ESPN нашри ХХI асрнинг энг яхши футболчилар рейтингини тузиб чиқди  13 07:21Тарих ёзишда давом этамиз! Бугун Ўзбекистон ОТЖ Олимпия ўйинларида дебют баҳсида майдонга тушади  33 00:47Чалобага АПЛнинг уч клуби қизиқиш билдирмоқда  1 00:30"Барселона" Мексика терма жамоаси мураббийлар штабига қўшилган Маркес учун 2 миллион евро олди  3 00:03"Милан" ҳимоячиси Бельгияга йўл олди  1 23:46"Реал Мадрид" бошқа ҳеч кимни сотиб олишни режалаштирмаяпти  4 23:29"Челси"ни 12 нафар футболчи тарк этиши мумкин - барча номлар маълум  3 23:12Туркия. Турғунбоевнинг ягона голи "Сивасспор"га ўртоқлик ўйинида ғалаба тақдим этди  3 22:55Ўртоқлик ўйини. "Арал" Суперлига жамоасини мағлуб этди  6 22:27Венесуэлада ВАР томонидан белгиланган офсайд чизиғи муҳокамаларга сабаб бўлди  15

"Qo'qon-1912" uchun Toshkentda "Loko"dan ochko olish yangilik emas! Amaldagi chempionning g'alabali seriyasiga chek qo'yilgan o'yin haqida (batafsil sharh) Yangiliklar

"Qo'qon-1912" uchun Toshkentda "Loko"dan ochko olish yangilik emas! Amaldagi chempionning g'alabali seriyasiga chek qo'yilgan o'yin haqida (batafsil sharh)

Superliga 7-tur doirasida "Lokomotiv" jamoasi o'z uyida "Qo'qon-1912" bilan to'qnash keldi.

Turnir jadvalining yuqori qismida turgan "Lokomotiv" pastki o'rindagi "Qo'qon-1912"ga qarshi bahsni doimgidek 4-3-3 taktik sxemada boshladi.

Darvozada kutilganidek Javohir Ilyosov, himoya chizig'ining o'ng qanotida Hoshimov, markazda Ismoilov va To'xtaxo'jaev tandemi va chapda Zoteev o'rin oldi.

Markazda esa Yelich-Iskanderov-Turopov "uchligi" joylashdi. Qanot vingeri sifatida Mirzaev va G'ofurov maydonga chiqqan bo'lsa, hujumda jamoa to'purari Abduxoliqovga ishonch bildirildi.

"Qo'qon-1912" jamoasi o'yin boshlanishi oldidan tarkibda jiddiy yo'qotishga duch keldi. O'yinoldi chigalyozdi mashg'ulotida kutilmaganda jarohati olgan jamoa sardori Murod Xolmuhammedov o'rniga Milosh Nikolich boshlang'ich tarkibga qo'yildi. Natijada Nikolich tayanch nuqtaga joylashtirildi va markazda Milichga tandem sifatida Oybek Rustamov harakat qildi. O'ng qanot himoyasida esa Jamshid Hasanov ko'rinish berdi. No'mon Hasanov malum tanaffusdan so'ng darvozaga legioner posbon Boyan Knjevichni qo'ydi. Himoyaga esa Hasanov-Milich-Rustamov-Merzlyakov "kvarteti" qo'yilgan bo'lsa, markazda Ro'ziev-Nikolich-Malikjonov "trio"si joylashtirildi. Qanotlarda Suhrob Berdiev va Javohir Esonqulov o'ynagan bo'lsa, hujumda SHahboz Erkinov qo'yildi.

Mazkur o'yinni boshqarib borish masuliyati Hasan Ro'ziev boshchiligidagi hakamlar guruhiga ishonib topshirildi. Malumki, o'tgan turda Bekobodda "Metallurg"ga qarshi o'ynagan "Qo'qon-1912" aynan hakamlarning qo'pol xatosi qurboniga aylangandi. Yani, qo'qonliklar darvozasi tomon noto'g'ri penalti belgilagan Ahrol Risqullaev O'FA tomonidan Superliga o'yinlarini boshqarishdan chetlatildi. SHu boisdan ham mazkur o'yinni boshqarish zimmasiga kimga tushishi ahamiyati yuqori edi. 


Xususan o'yinga keladigan bo'lsak, bahs tezkor gol bilan boshlandi. O'ng qanotdan tashkil etilgan hujumni "Lokomotiv" azolari samarali yakunlashdi. Husniddin G'ofurov tomonidan uzatilgan to'pga jamoa to'purari Temurxo'ja Abduxoliqov aniq zarba berdi va uchrashuvda hisobni ochdi - 1:0.


Mazkur goldan so'ng Abduxoliqov chempionat to'purarlari bo'lib turgan CHeran va Polvonovga etib oldi. Qayd etish kerakki, Abduxoliqov ketma-ket 6 o'yindirki maydonni golsiz tark etmayapti. SHuningdek, Temurxo'janing goliga uzatmani amalga oshirgan Husniddin G'ofurov assistentlar ro'yxatida yakka peshqadamga aylandi. G'ofurovning golli uzatmalari soni 4taga etdi.


O'tkazib yuborilgan goldan so'ng "Qo'qon-1912" o'yinda tashabbusni o'z qo'liga oldi va faol o'ynay boshladi. Qo'qonliklarning tezkor va xavfli hujumlari soni ancha ortdi. Xususan Esonqulov, Berdiev, Malikjonov, Erkinov "temiryo'lchilar" darvozasini "o'qqa" tutishga urinishdi. Bazan zarbalarga aniqlik etishmagan bo'lsa, bazi zarbalar Ilyosovga qiyinchilik tug'dirmadi.


No'mon Hasanov o'yin boshlanishi oldidan tarkibda yo'qotish va muammoga duch kelgandi va Xolmuhammedov o'rniga Nikolichni tushirgandi. Ammo birinchi bo'lim o'rtasiga kelib tayanch nuqtasida o'ynagan Miloshning harakatlari bosh murabbiyga maqul kelmadi chog'i uning o'rniga Jasur Hasanov o'yinga qo'shildi. Mazkur o'zgarishdan keyin Hasanov o'ng qanot himoyasiga o'tdi, bu nuqtada o'ynagan Jamshid Hasanov esa markazga ko'chdi.


"Qo'qon-1912" jamoasi o'yinda ancha erkin va quvnoq ko'rindi. Lekin yaratilgan vaziyatlarni golga aylantirishda futbolchilar omad va mahorat etishmadi. Natijada bo'lim o'rtasida darvozabon va himoyachilarning o'zaro tushunmovchiligi oqibatida navbatdagi qo'pol xato yuzaga keldi. Maydon markazi oldida raqibdan to'pni qabul qilgan Diyor Turopov bemalol oldinga o'tdi va darvozabonni ortiqcha qiyinchiliksiz ortda qoldirdi - 2:0.


Himoyadagi qo'pol xato "Qo'qon-1912"ga qimmatga tushdi. Lekin bu gol jamoani izdan chiqarmadi. Aksincha, mehmonlar yanada katta ishtiyoq bilan oldinga o'tishdi. Burchak oldidan belgilangan jarima zarbasidan so'ng Oybek Rustamov boshi bilan darvozani aniq nishonga oldi - 2:1.

Bu vaziyatda birinchi bo'limda zaxiradan maydonga tushgan Jasur Hasanov standart vaziyatidan yaxshi uzatmani ijro etdi.


"Lokomotiv" raqib xatolaridan keyin kiritilgan goldan tashqari yana 1-2 vaziyatlar yaratishni uddasidan chiqdi. Ammo umumiy planda raqiblaridan ko'ra zerikarliroq ko'rindi. Jamoa tashabbusni raqibga topshirgan holda ko'proq natijadan kelib chiqib o'ynashni maqul ko'rdi. Amaldagi chempionlarga birinchi bo'limda ijodkorlik etishmadi. Bunga qaysidir manoda "Qo'qon-1912" jamoasi ham yo'l qo'ymadi.

Natijada jamoalar tanaffusga "Loko"ning kichik ustunligi bilan chiqib ketishdi.


Ikkinchi taymni "Loko" ustozi Andrey Fyodorov o'zgarish bilan boshladi. PFL reglamentida majburiy qilib qo'yilgan shartni bajarish maqsadida "Loko" tarkibida Jamshid Iskanderov o'rniga Avazbek O'lmasaliev tushirildi.

Tanaffusdan keyin o'yin tempi biroz pasaydi. Jamoalar jismonan toliqib qolishgani tufayli pozicion hujumlar va uchrashuv tezligi ancha sekinlashdi. "Qo'qon-1912" asosan o'yin tizgini qo'lga olib, hisobni tenglashtirishga harakat qilgan bo'lsa, "Loko"da qarshi hujumlarda ko'plab vaziyatlar yuzaga keldi.

Birinchi taymda vaziyatlar yaratish borasida mehmonlar ustunlik qilishgan bo'lsa, ikkinchi taymda "Loko"da darvozani ishg'ol etish uchun imkoniyatlar ko'proq tug'ildi. Ayniqsa G'ofurov-Hoshimov-Zoteev "uchligi" tashkil etgan kombinaciyaga yakuniy nuqtani qo'yishdi Oleg adashdi. Zoteev taxminan 2 metrlar masofadan darvozaning yaqin burchagini nishonga ololmadi.

SHuningdek, zaxiradan maydonga tushgan Raevacda ham qator vaziyatlar yuzaga keldi. Biroq legioner hujumchi hisobni oshirish uchun tug'ilgan vaziyatlarni ko'kka sovurish bilan band bo'ldi.

"Qo'qon-1912" esa bor kuchi bilan vaziyatni o'nglash uchun intildi. Biroq chinakamiga xavfli vaziyatlar yaratishda ikkinchi bo'limda jamoaga kuch va keskinlik etishmadi. No'mon Hasanov tomonidan zaxiradan maydonga tushirilgan Behruz Sadilloev o'yinga biroz tezlik va keskinlik qo'shdi. Hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda aynan Sadilloevning jonbozligi va faolligi evaziga qo'qonliklar penalti tepish huquqini qo'lga kiritishdi. Erkinov va Sadilloev kombinaciyasidan so'ng Behruz jarima maydonchasiga kirish chog'ida Hoshimov tomonidan chalindi. Natijada uchrashuvni boshqarib borgan Hasan Ro'ziev avvaliga yon hakamga qaradi, ammo laynsmendan kerakli ishorani qabul qilmagan referi o'z ko'rganiga ishonib "nuqta"ni qo'rsatdi. 

"Qo'qon-1912"ning sardori va shtatli penaltichisi sanalgan Murod Xolmuhammedovning safdan chiqib qolishi natijasida "nuqta"dan to'pni tepish majburiyati "Loko"ga qarshi bahsda jamoani sardorlik bog'ichi bilan boshlab tushgan SHahboz Erkinov zimmasiga tushdi. Jamoa nayzasiga aylanib ulgurgan SHahboz Erkinov esa "nuqta"dan adashmadi va "Qo'qon-1912"ga qimmatli 1 ochko keltirgan durangni rasmiylashtirgan muhim golni urdi - 2:2. Natijada "Qo'qon-1912" uyga qimmatli 1 ochko bilan qaytgan bo'lsa, chempionlik uchun kurashayotgan "Loko" o'z devorlari qarshisida qimmatli 2 ochkodan ayrildi.

Qizig'i, o'tgan mavsum ham aynan "Qo'qon-1912" "Loko" maydonida durang qayd etib, amaldagi chempiondan ochko olishni uddalagandi. Bugun ham No'mon Hasanov boshqaruvidagi jamoa o'sha eski ishini takrorlashni uddaladi.

"Lokomotiv" - "Qo'qon-1912" 2:2
02 may 2019 yil. Toshkent. "Lokomotiv" stadioni. 2013 tomoshabin. 
Hakamlar:
Hasan Ro'ziev, Olim Abduvosilov, Timur Gaynullin, Ibrohim Ismoilov.
Nazoratchi: Sardar Najafaliev.
Komissar: Zohirbek Akramxonov.

Gollar: Temurxo'ja Abduxoliqov 4, - 1:0 (Husniddin G'ofurov). Diyorjon Turopov 28, - 2:0 (Temurxo'ja Abduxoliqov). Oybek Rustamov 30, - 2:1 (Suhrob Berdiev). SHahboz Erkinov 90+2 penalti, - 2:2.

"Lokomotiv": 35.Javohir Ilyosov, 5.Anzur Ismoilov, 8.Jamshid Iskanderov (19.Avazbek O'lmasaliev, 46), 10.Sardor Mirzaev, 11.Temurxo'ja Abduholiqov (9.Filip Rayevac, 65), 17.Husniddin G'ofurov, 20.Islom To'xtaxo'jaev, 24.Davron Hoshimov, 33.Oleg Zoteev, 77.Diyorjon Turopov, 88.Igor Yelich (23.Yovan Jokich, 77).
Zaxira: 12.Mamur Ikromov, 7.Aziz Haydarov, 14.Aziz Amonov, 71.Arslanmurat Amanov, 72.Bobur Ergashev.

"Qo'qon 1912": 89.Boyan Knejevich, 7.Jamshid Hasanov, 10.Quvondiq Ro'ziev, 13. Javohir Esonqulov (17.Behruz Sadulloev, 62), 15.Oybek Rustamov, 19.Suhrob Berdiev, 20.Iqboljon Malikjonov, 22.SHahboz Erkinov (21.Timur Usmonov, 90+4), 23.Aleksandr Merzlyakov, 55.Milosh Nikolich (16.Jasur Hasanov, 22), 65.Marko Milich.
Zaxira: 1. Islomjon Abdullaev, 14.Avazxon Mamatxo'jaev, 25.Sarvar Karimov, 8.Muhammadanas Hasanov, 11.Timur Hakimov, 70.Murod Xolmuhamedov.

Ogohlantirishlar: Diyorjon Turopov 29, Temurxo'ja Abduxoliqov 53, Oleg Zoteev 60, Islom To'xtaxo'jaev 90+2.

Lokomotiv

Temurxo’ja Abduxoliqov - 4', Diyor Turopov - 28'

Superliga. 7-tur

02/05/2019, 18:30

2
:
2
Tugadi

Qo’qon-1912

Oybek Rustamov - 30', Shahboz Erkinov - 90'

45'
90'
4'  Temurxo’ja Abduxoliqov
4'  Husniddin G’ofurov
28'  Diyor Turopov
28'  Temurxo’ja Abduxoliqov
29'  Diyor Turopov
46'  Jamshid Iskanderov (Avazbek O'lmasaliev)
53'  Temurxo’ja Abduxoliqov
60'  Oleg Zoteyev
65'  Temurxo’ja Abduxoliqov (Filip Rayevac)
77'  Igor Yelich (Yovan ZHokich)
22'  Milosh Nikolich (Jasur Hasanov)
30'  Oybek Rustamov
30'  Suhrob Berdiyev
62'  Javohir Esonqulov (Behruz Sadilloyev)
90'  Shahboz Erkinov
90'  Shahboz Erkinov (Temur Usmonov)


Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, birinchi bo'limda garchi "Loko" hisobda oldinda borgan bo'lsada, o'yin taraflama qo'qonliklar ijodkorroq va faollik bilan o'ynashdi. Kezi kelganda "Qo'qon-1912" jamoasi birinchi bo'limda o'yinni nazorat qildi. Ikkinchi taymda esa "Qo'qon-1912" o'yinida keskinlik kamaydi, "Loko"da esa asosan qarshi hujumlarda imkoniyatlar ko'paydi. Biroq yaratilgan vaziyatlardan birinchi bo'limda "Qo'qon-1912" foydalana olmagani singari mezbonlardan bulardan naf chiqara olishmadi. Natijada ikkinchi taym so'nggida gol bilan siylanishdi. "Qo'qon-1912" jamoasi "Loko" maydonida ko'rsatgan o'yini bilan kamida ochko bilan qaytishga munosib o'ynadi. Yakunda buni uddaladi ham. "Loko"da esa ko'p o'yinlarda kuzatilgani kabi barqarorlik etishmayapti. Jamoa birinchi bo'limni yaxshi o'tkazsa, ikkinchi taymda oqsamoqda yoki aksincha. Bugun esa o'yindagi ushbu beqarorlik natijada ham o'z tasirini ko'rsatdi.


TURNIR JADVALI


Mazkur durangdan so'ng "Qo'qon-1912" jamoasi ochkolar sonini 6taga oshirib xavfli hududni "Qizilqum"ga bo'shatib berdi va 12-pog'onaga ko'tarilib oldi. "Loko" esa peshqadam "Paxtakor"dan 3 ochkoga ortda qolmoqda.


O'YINDAN KEYINGI FIKRLAR

Andrey Fyodorov ("Lokomotiv" bosh murabbiyi): "Bunday o'yin haqida bir narsa deyish menga mushkul. O'zimiz istagan o'yinni namoyish etolmadik. Alam qilgani oxirgi daqiqalardagi penalti va boy berilgan g'alaba. Agarda bugungi o'yinda yaratilgan vaziyatlarni golga aylantira olganimizda, unda o'yin taqdiri ancha avval hal etilardi. Afsuski bu futbol va unda gol urmasang, senga gol urishadi. Ochig'i, mazkur o'yin haqida batafsil gapirishga tayyor emasman".

Diyor Turopov ("Lokomotiv" yarim himoyachisi): "G'alabani boy berilganiga faqat o'zimiz aybdormiz. Yaratilgan vaziyatlardan unumli foydalanish kerak edi".

No'mon Hasanov ("Qo'qon-1912" bosh murabbiyi): "Tomoshabop o'yin bo'ldi. Har ikkala jamoa paslar orqali chiroyli futbol ko'rsatishdi. Bu esa o'yinni bezadi. Ochig'i, men bugungi o'yinda to'p uzatmalarni oshirib, futbolchilar ochilib o'ynashganidan xursand bo'ldim. Birinchi bo'limda bizda, ikkinchi taymda "Lokomotiv"da gol urish uchun ko'plab vaziyatlar yuzaga keldi. Agarda bulardan naf chiqara olinganida, unda tablodagi hisob bundanda kattaroqqa aylanib ketishi mumkin edi.  Yakunda durang natijasi qayd etildi. O'ylashimcha, "Loko" ko'plab o'yinlar o'tkazgani tasiri bilindi. Yani, jamoa toliqib qolgan. Yomon o'ynamadik. Ammo vaziyatlardan foydalanish borasida muammolar bor. Bugun muxlislarga yoqadigan ochiq o'yin guvohiga aylandik".

Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика