"Qo'qon-1912" "Turon"ni nimaning hisobiga mag'lub etdi? Ivan Yosovichning o'yindan keyingi fikrlari
12 mar 2021 18:15
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/625009_original.jpg)
![](/upload/storage/625009_220.jpg)
"Qo'qon-1912" "Turon"ni nimaning hisobiga mag'lub etdi? Ivan Yosovichning o'yindan keyingi fikrlari
Baxtiyor Ashurmatov murabbiyligidagi "Qo'qon-1912" jamoasi Superliganing birinchi turida "Turon"ni 2:1 hisobida mag'lub etib mavsumni g'alaba bilan boshladi.
Mazkur uchrashuvdan so'ng jamoaning serbiyalik himoyachisi Ivan Yosovich fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Turon" bejiz Superligaga chiqib qolmaganini bilardik. Ularda ishtiyoq va kayfiyat yuqori darajada edi. Bu o'yin davomida ham sezilib turdi. Murabbiylarimiz ham uchrashuvdan oldin bu borada aytib o'tishgandi. SHunchaki biz tajribali jamoamiz. Superligada bir necha yildan beri ishtirok etib kelyapmiz. "Turon" bilan o'yinda yaratgan vaziyatlarimizdan foydalandik va ikkita gol urdik.
Mavsumga juda yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Yuqorida aytganimdek, jamoamizdagi tajriba o'z so'zini aytdi. Navbatdagi bahslarda ham maydonda bor kuchimiz bilan harakat qilsak, g'alabani o'zimizniki qilamiz", - deydi Yosovich.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar