So’nggi yangiliklar

19:07Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Тошкентда йиғин бошлади  0 18:48КХДР термаси бош мураббийи: "Ўзбекистонга қарши алоҳида стратегиямиз мавжуд"  13 18:31Жамшид Болтабоев чиндан ҳам "Нефтчи" билан келишиб олдими? Футболчининг ўзи жавоб берди  5 18:12"Ливерпуль" Салоҳга муносиб ўринбосар топди  2 17:45"Сити" Ҳоландни Премьер-лигадаги энг кўп маош олувчи футболчига айлантирмоқчи  4 17:18Ўзбекистон КХДРга қарши баҳс олдидан расмий машғулот ўтказди  20 17:04Ўзбекистон U-20 терма жамоаси Ироқ билан муроса кўчасини танлади  4 16:49Футзал бўйича Олий лига. "Оил Стар" "Сурхон" дарвозасига "хоҳлаганича" тўп киритди  0 16:30Қирғиз Республикаси термаси бош мураббийи: "Эртага топ-футболчилардан иборат Эронга қарши майдонга тушамиз"  9 16:01Сречко Катанец: "Эртага майдонга тушадиган футболчилар ўзини кўрсатиш вақти келди" (матбуот анжумани)  52 15:3420 млн фунтга сотиб олинган "Челси" футболчиси кетишига ишора қилмоқда  0 15:13Футзал бўйича Олий лига. 8 та гол урилган ўйинда "Насаф" "Пахтакор"ни енгди  0 14:58Тожикистон ва Афғонистон терма жамоалари ўртасидаги ўртоқлик учрашувини ўзбекистонлик ҳакам бошқариб боради  0 14:18"Челси" Та учун курашда "Барселона" ва "Реал"ни ютиб чиқди  2 13:50Погба Англия Премьер-лигасига қайтиши мумкин  2

“Qo'qon-1912” tanishtiruv marosimini o'tkazdi Yangiliklar

“Qo'qon-1912” tanishtiruv marosimini o'tkazdi

Teglar :  "Qo'qon-1912"
Bugun Qo'qon shahri Davlat xizmatlari markazining anjumanlar zalida “Qo'qon-1912” jamoasi safiga yangi qo'shilgan futbolchi hamda murabbiylarni tanishtirish marosimi bo'lib o'tdi.

Marosimda Qo'qon shahri xokimi  Marufjon Usmonov ishtirok etdi:

“O'tgan yilgi ishlardan to'g'ri xulosalarni chiqarishimiz lozim. Sizlar endi katta iroda bilan harakat qilishingiz kerak. Bizga hozir butun Respubika, Markaziy Osiyo qarab turibdi. Yurtboshimiz tomonidan shahrimizni rivojlantirish uchun 10 dan ortiq farmonlarni elon qilindi. Bu yil shahrimiz  “Turkiy davlatlar kengashining madaniyat markazi” deb elon qilindi. Qo'qon futbol maktabidan ko'plab kuchli futbolchilar etishib chiqqan. Hozir etibor berib qaradim, tarkib deyarli 80 foizga yangilangan. Endi bu sinovli davr sizlarning bo'yningizga tushdi. Endi sizlar jamoani yana Superligaga qaytarishingiz lozim bo'ladi. Bu – bizning maqsadimiz va vazifamiz. Bu yilgi bosh maqsadimiz – Superligaga qaytish. Boshqa narsa haqida o'ylashga haqqimiz yo'q. Bizda boshqa yo'l yo'q. Endi faqat oldinga harakat qilishimiz kerak. Bu yil ajoyib o'yinlarimiz bilan muxlislarimizni xursand qilishimiz kerak bo'ladi. Qo'qon futbol maktabi qanday ekanligini ko'rsatib qo'yishimiz lozim. Qanday yordam kerak bo'lsa, biz sizlarga yordam beramiz. Faqat futbol haqida o'ylab, 2023-yilda Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritishimiz kerak“, – dedi shahar hokimi.

SHundan so'ng «Qo'qon-1912” jamoasining vice-prezidenti Akramjon Mamadaliev so'zga chiqib, bu yilgi mavsumoldi tayyorgarliklar,”Markaziy” stadionda olib borilayotgan qurilishlar haqida to'xtaldi:

“O'tgan yili nima bo'lgan bo'lsa, bo'ldi. Endi biz aybdorlarni aniqlash uchun vaqt saflamasligimiz lozim. Bu yil jamoa Pro ligada harakat qiladi. SHahrimiz hokimi va rahbariyat tomonidan “Qo'qon-1912” jamoasiga bu yil aniq vazifa – Superligaga qaytish vazifasi qo'yildi. Biz ushbu maqsad bo'yicha faqat oldinga intilamiz.

Xabaringiz bor, o'tgan yili PFL talablariga javob bermagani sababli “Markaziy” stadionda o'yin o'tkaza olmadik. Bu yil hokimimiz va jamoa rahbariyati ko'magi bilan stadionda katta hajmdagi ishlar olib borilmoqda. Xususan, o'tgan yilgi asosiy muammomiz bo'lgan yoritish tizimi tubdan o'zgartirildi. Mavsumga tayyorgarlik ko'rish uchun barcha sharoitlar yaratib berildi. SHuningdek,  hozirgi kunda jamoada moliyaviy muammolar yo'q, jamoamizning hamma azolari yanvar- fevral oylari uchun maoshlarini olishdi. Kelgusida har bir g'alaba uchun o'z vaqtida va munosib taqdirlab boriladi. Jamoa oldiga qo'ygan vazifani bajargach esa barcha futbolchilarga qo'shimcha bonus tarzida mukofot pullari beriladi. Jamoamizga moddiy va amaliy yordamini ayamayotgan shahar hokimi va rahbariyatga minnatdorchilik bildiraman. 

Bu yil har bir o'yinlarni muxlislar uchun katta bayram sifatida o'tkazishni reja qilganmiz. O'sha kuni uchrashuvga tashrif buyurgan futbol muxlisi mazza qilib dam olib ketishiga sharoit yaratib berishga harakat qilamiz. O'yin kunlari muxlislar uchun sovrinli o'yinlar tashkil qilamiz. CHiroyli o'yin uchun tashrif buyurgan muxlislar uyiga qimmatbaho sovrinlar bilan qaytishi mumkin. Bu yil jamoamizni yorqin o'yinlari orqali muxlislarni stadionga qaytarishimiz lozim bo'ladi», – deb fikr bildirdi klub vice-prezidenti.

SHundan so'ng “Qo'qon-1912” jamoasining bosh murabbiyi Davron Fayziev so'z oldi.

“Avvalambor, barchaga Assalomu alaykum. Bugungi tadbirga tashrif buyurgan barchaga rahmat aytaman. Xudo xohlasa, yil yakunida Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritganimiz bilan bir-birimizni tabriklash nasib ecin. So'zim avvalida O'zbekiston xalqini tabriklamoqchiman. Kecha O'zbekiston U-20 terma jamoasi Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritdi. SHuningdek, viloyatimiz bosh jamoasi “Neftchi” kecha “Paxtakor”ni mag'lub etdi va barcha Farg'ona aholisi xursand bo'ldi. Biz ham ushbu bayram Qo'qon shahrida davom etishini istaymiz. Jamoamiz mavsumga yaxshi tayyorgarlik ko'rdi. Biz ham ajoyib g'alabalarmiz bilan shahrimiz muxlislarini xursand qilishni maqsad qilganmiz. 

Men “Qo'qon-1912”ga 2020-yilda kelgan bo'lsam, bu erdagi muxlislarning qanday qayg'urishini yaxshi bilaman. Bu yil jamoada o'zgarishlar katta bo'ldi. Jamoamizda tajribali futbolchilar va yoshlar jamlangan. Jamoaga kelgan hamma futbolchilar faqat “Qo'qon-1912” jamoasini Superligaga olib chiqish va jamoaga yordam berish uchun keldi. Barchamiz bitta maqsad uchun harakat qilmoqdamiz. 

Mavsumga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Tayyorgarlik davomida ko'plab o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdik. Jamoamizning yagona va bosh maqsadi – Superligaga qaytish. Buni har bir jamoamiz azolari yaxshi tushunib turibdi. Bu yo'lni bosib o'tish oson bo'lmaydi. Bu yo'lni bosib o'tish uchun siz muxlislarning katta yordami kerak bo'ladi. Sizlar doim qo'llab turishingizni so'rayman. Biz faqat sizlar uchun o'ynaymiz. 

Tandiq doim bo'ladi. Ayniqsa, futbolchilarga bu katta bosim bo'ladi. Men doim futbolchilarga vodiyda futbol o'ynash qiyin ekanligini aytaman, chunki bu erning aholisi futbolni qattiq yaxshi ko'radi. Sizlarni xursand qilish uchun harakat qilamiz. So'zim oxirida shuni aytmoqchimanki, biz siz muxlislarni qattiq hurmat qilamiz va sizlar uchun o'ynaymiz. Barchaga rahmat", – deb so'zlarini yakunladi klub bosh murabbiyi.

SHundan so'ng jamoamizga yangi keliib qo'shilgan futbolchilar ommaga tanishtirildi.

Tadbirda jamoamiz muxlislari ham so'zga chiqib, doim “Qo'qon-1912” jamoasi bilan birga bo'lishlarini malum qilishdi. Marosim so'ngida jamoa azolari muxlislar bilan esdalik ucun suratga tushishdi.  SHu tariqa, tadbr ko'tarinki kayfiyatda yakuniga etdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика