So’nggi yangiliklar

00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  2 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  1 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  3 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  2 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  6 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  5 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  16 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  7 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  6 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  13

"Qo'qon-1912" "Lokomotiv"ga qarshi o'tgan yilgi ishini takrorlay oladimi? (prevyu) Yangiliklar

"Qo'qon-1912" "Lokomotiv"ga qarshi o'tgan yilgi ishini takrorlay oladimi? (prevyu)

Superliga 7-tur doirasidagi 2 kun o'yinlari "Lokomotiv" - "Qo'qon-1912" uchrashuvi orqali davom ettiriladi.

Aslida mazkur bahs taqvim bo'yicha Qo'qonda o'tkazilishi kerak edi. Biroq Qo'qondagi stadion maysasi hali to'liq tayyor holatda bo'lmagani tufayli jamoalar birinchi davradagi to'qnashuvda mezbon maqomini almashtirishdi. Bugun "Qo'qon-1912" Toshkentda "Loko" mehmoni bo'lsa, ikkinchi davrada "temiryo'lchilar" Qo'qonga safar qilishadi.

TTZ dahasidagi "Lokomotiv" stadionida bugun chempionatda eng ko'p gol urgan va hozircha o'z darvozasidan eng ko'p gol o'tkazib yuborgan jamoalar o'zaro bellashishadi.

Andrey Fyodorov qo'l ostidagi "Lokomotiv" chempionatda dastlabki turda "Paxtakor"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyin g'alabali yo'lga o'tib olgan bo'lsa, "Qo'qon-1912" uchun mavsum muvaffaqiyatsiz davom etmoqda. Jamoa hozirga qadar faqatgina bir o'yinda, Navoiydagi "Qizilqum" bilan bo'lgan bahsda zafar quchishni uddalagandi. SHuningdek, dastlabki turda "Navbahor" bilan Toshkentda, "Andijon" bilan esa Farg'onada durang qayd etishgan. Qolgan uchrashuvlarda esa qo'qonliklar raqiblariga ("Buxoro", AGMK, "Metallurg") imkoniyatni boy berishgan. SHu tariqa 5 ochko jamg'argan holda turnir jadvalida oxirgidan bir pog'ona tepa bo'lgan 13-o'rinda borishmoqda. Bugungi ehtimoliy g'alaba qo'qonliklarga turnir jadvalining yuqori 10taligiga ko'tarilib olish imkoniyatini beradi.


"Lokomotiv" esa "Paxtakor"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyin qatorasiga 5 o'yinda "Navbahor", AGMK, "Andijon", "Buxoro" va "Qizilqum"ni mag'lub etishdi. Turnir jadvalida esa 15 ochko to'plagan holda ikkinchi pog'onada borishmoqda. Bugungi ehtimoliy g'alaba ularni "Paxtakor"ga yaqinlashib olishlariga zamin yaratadi.


Lokomotiv

Temurxo’ja Abduxoliqov - 4', Diyor Turopov - 28'

Superliga. 7-tur

02/05/2019, 18:30

2
:
2
Tugadi

Qo’qon-1912

Oybek Rustamov - 30', Shahboz Erkinov - 90'

45'
90'
4'  Temurxo’ja Abduxoliqov
4'  Husniddin G’ofurov
28'  Diyor Turopov
28'  Temurxo’ja Abduxoliqov
29'  Diyor Turopov
46'  Jamshid Iskanderov (Avazbek O'lmasaliev)
53'  Temurxo’ja Abduxoliqov
60'  Oleg Zoteyev
65'  Temurxo’ja Abduxoliqov (Filip Rayevac)
77'  Igor Yelich (Yovan ZHokich)
22'  Milosh Nikolich (Jasur Hasanov)
30'  Oybek Rustamov
30'  Suhrob Berdiyev
62'  Javohir Esonqulov (Behruz Sadilloyev)
90'  Shahboz Erkinov
90'  Shahboz Erkinov (Temur Usmonov)



Garchi mazkur to'qnashuvda favorit jamoa nomi aniq bo'lsada, "Qo'qon-1912" jamoasini hisobdan chiqarishga erta. CHunki aynan qo'qonliklar o'tgan yili ham amaldagi chempionga qarshi mehmonda durang natijasini qayd etishgandi. Tarkibdagi tanlov, ijrochilar va o'yin borasida ham "Loko" raqibidan ancha ustun. Biroq "Lokomotiv"ning bo'sh nuqtasi bu butun o'yinni bir meyorda ushlab turolmaslik. Yani uchrashuv davomida barqarorlik etishmayapti. "Qizilqum" ustidan g'alaba qozonilgan bahsda ham jamoa ikkinchi taymni nisbatan ancha bo'sh o'tkazdi. Tashabbus raqibga berib qo'yildi. Umuman g'alaba qozongan boshqa o'yinlarda ham "Lokomotiv" bir bo'lim yaxshi o'ynasa, ikkinchi taymda jamoa bo'shashib qolmoqda. "Qo'qon-1912" jamoasi raqibning mazkur bo'sh jihatidan foydalanishga urinib ko'rsa ajab emas.


"Qo'qon-1912" jamoasining bo'sh nuqtasi tabiiyki "Loko"ga nisbatan ancha ko'p. Ayniqsa himoyadagi muammolar eng katta bosh og'riqqa aylangan. SHuningdek, No'mon Hasanov hozirga qadar uchta darvozabon xizmatidan foydalanib ko'rdi. Maydonga tushgan barcha kiper xatolari bois jamoa yutqazib kelmoqda. O'tgan yilgi asosiy posbon O'tkir Yusupovning "Qo'qon-1912"dan ketgani jamoaga qimmatga tushmoqda. SHuningdek, jamoada o'yinni o'z qo'liga oladigan futbolchi etishmayapti. Etakchi sanalgan Murod Xolmuhammedov mudofaa chizig'i vakili ekanligini inobatga olsak, maydon markazida jamoani boshqaradigan futbolchi topilmayapti. Agarda mazkur xato va kamchiliklardan tegishli xulosa chiqarilib bugungi o'yinga yondoshilsa, bu "Qo'qon-1912"ga "Loko" bilan bo'ladigan bahsda yordam berishi mumkin.


Fakt: "Qo'qon-1912" o'tgan mavsumda Toshkentda "Lokomotiv"dan ochko olgan dastlabki jamoaga aylangandi.

Fakt: "Lokomotiv" ayni paytda chempionatda eng ko'p gol urgan uch jamoadan ("Paxtakor" va "Metallurg") biri bo'lib turibdi - 13

Fakt: "Qo'qon-1912" chempionatdagi eng ko'p gol o'tkazib yuborgan jamoa - 14

Fakt: "Qo'qon-1912" hozirgacha qo'lga kiritgan 5 ochkodan 4tasini mehmondagi o'yinlarda to'plagan.

Fakt: Temurxo'ja Abduxoliqov (qatorasiga 5 o'yindan buyon to'p kiritmoqda) gol urgan o'yinlarda "Lokomotiv" uzluksiz g'alaba qozonmoqda.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика