So’nggi yangiliklar

12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  0 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  1 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  6 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  4 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  7 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  12 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  37 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  5

"Qo'qon-1912": Klubimiz rahbari 55 yoshga to'ldi Yangiliklar

"Qo'qon-1912": Klubimiz rahbari 55 yoshga to'ldi

Bugun “Qo'qon-1912” jamoasi vice-prezidenti Baxtiyorjon Tolipovning tug'ilgan kuni. Jamoamiz rahbari bugun o'zlarining 55 yoshlarini qarshi olishmoqda.

SHu munosabat bilan “Qo'qon-1912” futbol klubi rahbariyati, murabbiylar shtabi, futbolchilar, “Markaziy” o'yingoh va klub xodimlari hamda muxlislarimiz nomidan Baxtiyor akani samimiy muborakbod etamiz. U kishiga sihat-salomatlik, ishlarida omad tilab qolamiz.

Tan olish kerak so'nggi yillarda Qo'qon futboli deganda, barchaning kuz o'ngida Baxtiyor aka Tolipov gavdalanadi. Aynan shu inson sai-harakatlari evaziga o'zbek futboli vatani bo'lmish – Qo'qonga katta futbol yana qaytdi. Bugungi kunga kelib, “Qo'qon-1912” klubi O'zbekistondagi o'zini-o'zi mablag' bilan taminlaydigan yagona jamoa sanaladi. Bu borada ham  Baxtiyor akaning hissalari beqiyos.

Qo'qonlik futbol muxlislarini quvontirishga qattiq bel bog'lagan klubimiz rahbari o'z oldiga “Qo'qon-1912” jamoasi bilan kelgusida Osiyo CHempionlar ligasida ishtirok etishni maqsad qilib qo'ygan. Umuman olganda, Baxtiyor aka Tolipovning kelajakdagi rejalari ulkan.

YANA BIR BOR TUG'ILGAN KUN MUBORAK, BAXTIYORJON AKA!

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика