"Qo'qon-1912" jamoasiga sovrindor bo'lish vazifasi qo'yildi
19 noy 14:04
Yangiliklar
"Qo'qon-1912" jamoasiga sovrindor bo'lish vazifasi qo'yildi
"Kecha "Qo'qon-1912" jamoasiga qarashli markaziy stadioniga Farg'ona viloyati hokimi, viloyat futbol assocaciyasi prezidenti Hayrullo Bozorov, viloyatning mansabdor shaxslari , Qo'qon shahar hokimi Marufjon Usmonov va viloyat federaciyasi masul hodimlari tashrif buyurdilar.
Viloyatimiz hokimi jamoamiz murabbiylari va futbolchilari bilan uchrashdilar. Uchrashuv davomida Hayrullo Hayitbaevich "Qo'qon-1912" jamoasining so'nggi turlardagi ko'rsatayotgan o'yinidan mamnun ekanliklarini, ayniqsa, "Paxtakor" jamoasi bilan so'nggi turdagi durang natijasi nafaqat Qo'qon shahri futbol muxlislari, balki Farg'ona viloyati futbol ixlosmandlari ham xursand bo'layotganini takidlab, jamoamiz azolariga ushbu natijalar uchun minnatdorchilik bildirdilar. Shuningdek, jamoamizning keyingi o'yinlariga ham omad tiladilar.
Shuningdek, viloyatimiz hokimi kelasi yil uchun reja ishlab chiqish kerakligi bo'yicha "Qo'qon-1912" jamoasi rahbariyatiga topshiriq berdilar. Keyingi mavsumda jamoamizga sovrindorlar qatoridan joy olish vazifasi ham qo'yildi. Vazifa yo'lida Xayrullo Bozorov maksimal ko'mak berishlarini ham takidlab o'tdilar.
Shu qatori, "Qo'qon-1912" jamoasiga ko'rsatilayotgan ko'mak uchun viloyatimiz hokimiga jamoamiz nomidan "Qo'qon-1912" jamoasi rahbari Akramjon Mamadaliev o'z minnatdorliklarini bildirdilar.
Shuningdek bosh murabbiyimiz Bahromjon Haydarov va jamoamiz sardori Iqboljon Malikjonovlar ham viloyat rahbariga o'z minnatdorchiliklarini bildirib, oldimizda turgan so'nggi ikkita bahsda ham maksimal natija ko'rsatib, viloyatimiz va shahrimiz muxlislarini xursand qilishga vada berishdi.
Uchrashuv yakunida jamoamiz azolari yakunlanayotgan mavsumni yuqori notada yakunlab, kelasi mavsumga puhta tayyorgarlik ko'rishlarini ham takidlab o'tishdi", - deyilgan qo'qonliklar matbuot xizmati taqdim etgan xabar.



O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar
Рахмат .