So’nggi yangiliklar

07:20Англия кубоги. Асенциони дубли «Астон Вилла»ни кейинги босқичга олиб чиқди, Рэшфорддан навбатдаги ассист  0 02:29Бундеслига. "Бавария" иродали ғалаба қайд этди  2 02:10Саудия Арабистони. "Ал Ҳилол" ва "Ал Насср" мағлуб бўлди  21 00:44"Челси" ёзда дарвозабонини сотмайди  0 00:15"Реал" жаримага тортилди  22 23:50"Барселона" футболчиси "Палмейрас"га ўтди  2 23:20Антони АПЛнинг бошқа жамоасига ўтиши мумкин бўлганини айтди  3 22:31Аббосбек Файзуллаев "Бавария" қизиқишлари доирасида!  30 22:18Лео Месси: "Парижда бахтли эмасдим"  12 21:41Моуринью "Галатасарой"ни судга берди  0 21:14Пеп Гвардиола: "Кевин де Брюйнедан ташқари 30 ёшдан ошган барчанинг қолишини истайман"  3 20:46АПЛ ҳаками бир ярим йилга Европа футболидан четлатилди  4 20:00Ўзбекистон кубоги финаллари тарихи. Қайси ўйинларда кимлар майдонга тушган?  2 19:48Шенсни яна 1 йил "Барселона"да қоладими?  1 19:24Ҳоланддан ноёб рекорд. Ундан олдин фақат Кейн бу ишни қила олган  0

“Qo'qon-1912” jamoasi o'quv-mashg'ulotlarini Toshkent shahrida o'tkazmoqda Yangiliklar

“Qo'qon-1912” jamoasi o'quv-mashg'ulotlarini Toshkent shahrida o'tkazmoqda

Coca-Cola Superligasida FIFA kunlari tufayli qisqa tanaffus yuzaga keldi.

O'zbekiston milliy terma jamoasi 25 va 29 mart kunlari Namangan shahrida tashkil etiladigan “Navro'z kubogi” halqaro turnirida ishtirok etadi. 

CHempionatda yuzaga kelgan tanaffusdan unumli foydalanish maqsadida Baxtiyor Ashurmatov boshchiligidagi “Qo'qon-1912” jamoasi Toshkent shahrida o'quv-yig'in mashg'ulotlarini o'tkazmoqda. Futbolchilar kecha Toshkentda to'planishdi hamda mashg'ulotlarni boshlab yuborishdi. Bugundan “shunqorlar”ning mashg'ulotlari kuniga ikki mahaldan bo'lib o'tadi. Mashg'ulotlarda O'zbekiston milliy terma jamoasi yig'iniga chaqirilgan Javohir Sidiqov ishtirok etmayapti. Qolgan barcha jamoa azolari mashg'ulotlarda astoydil ter to'kishmoqda. Jamoa murabbiylarining rejalariga ko'ra Toshkent yig'ini 26 martga qadar davom etishi ko'zda tutilgan. 

“Qo'qon-1912” jamoasi Coca Cola Superligasidagi navbatdagi 4-tur uchrashuvini Bekobodning “Metallurg” jamoasiga qarshi o'tkazadi. 

“Qo'qon-1912” – “Metallurg” bahsi 31 mart kuni, soat 18:30da, Yaypandagi “O'zbekiston” stadionida bo'lib o'tadi.

 

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика