“Qo'qon-1912” jamoasi Serbiyalik futbolchilar bilan muammoni hal qildi. FIFAdan xabar kutilmoqda
23 jan 2021 21:28
Yangiliklar


“Qo'qon-1912” jamoasi Serbiyalik futbolchilar bilan muammoni hal qildi. FIFAdan xabar kutilmoqda
“Qo'qon-1912” jamoasining sobiq legioner futbolchilari, himoyachi Milosh Nikolich hamda darvozabon Boyan Knejevich bilan muammo yuzaga kelganligi sababli FIFA jamoaga xorijlik futbolchilar va murabbiylar transferi borasida taqiq qo'ygan edi.
"Qo'qon-1912" kecha yuqoridagi nomlari keltirilgan futbolchilar bilan o'rtadagi muammoni hal qildi. Futbolchilarga belgilangan so'mmalar to'lab berildi. Halqaro futbol tashkiloti uch kun muddat ichida jamoamiz foydasiga qaror chiqarib berishini malum qildi. “Qo'qon-1912” jamoasi endi FIFAdan taqiq bekor qilinganligi haqidagi rasmiy javobni kutmoqda. Eslatib o'tamiz Boyan Knejevich hamda Milosh Nikolichlar 2019 yilgi futbol mavsumida, qisqa muddat jamoa sharafini himoya qilishgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar