So’nggi yangiliklar

00:35Погба янги клуби деярли маълум  0 23:50Элдор Мойлиев: "Вазиятни ўнглаш учун ютмасак бўлмасди"  1 23:31Февзи Давлетов: "Ўйин қизил карточкага қадар давом этди"  2 23:07"Реал" — "Пачука". Таркиблар маълум  21 23:03КЖЧ. "Ювентус" "Видад"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Йилдиздан дубль  6 22:30Ильгиз Танташев клублар ўртасидаги Жаҳон чемпионатида навбатдаги ўйинга тайинланди  6 22:05Суперлига. "Шўртан" ўз майдонида бир киши кам "Сурхон" устидан иродали ғалабани тантана қилди  7 22:00Суперлига. "Пахтакор" ўз майдонида бир киши кам бўлиб қолган "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  70 20:58"Атлетико"га Парти керакмас  1 20:14Абдуқодир Ҳусановнинг Беларусдаги мураббийи Тошкентда мастер-класс ўтди  2 19:43Асқаров "Турон"ни тарк этди  0 18:51Моуринью АПЛ вингери билан шартнома имзоламоқчи  0 18:25Тожиев билан "Пахтакор" ютқазмаяпти, Сергеев тўхтамаяпти, “Қўқон-1912” эса Тошкентда ғалабани 30 йилдан бери кутяпти  5 18:22"Арсенал" "Реал" хавбекига қизиқишни тиклади  3 17:58"Барселона" Араухо бўйича қарор қабул қилди  3

"Qo'qon-1912": 2016 yilning muhim hodisalari (FOTOMAQOLA) 1-qism Yangiliklar

"Qo'qon-1912": 2016 yilning muhim hodisalari (FOTOMAQOLA) 1-qism

Teglar :  Qo'qon-1912
2016 yilning tarix zarvaraqlaridan o'rin olishiga saonqli soatlar qoldi.


Quyidagi fotomaqolamiz orqali 2016 yilning muhim hodisalarini yodga olishga qaror qildik.

photo_2016-01-31_18-50-13

Jamoamiz azolari yilning birinchi musobaqasi – “Farg'ona viloyati hokimi kubogi-2016” bahslarida ikkita tarkib bilan ishtirok etishdi. Ammo 2015 yilda bo'lgani kabi finalga chiqish nasib etmadi. O'ylaymizki, yangi yilda ushbu musobaqada g'olib bo'lish aynan “Qo'qon-1912” jamoasiga nasib etadi.

photo_2016-03-03_03-52-03

Odatga ko'ra, yangi mavsum boshlanishi arafasida “Markaziy” stadionda “Qo'qon-1912” jamoasi safiga kelib qo'shilgan yangi futbolchilarni tanishtirish marosimi o'tkazildi. Unda OAV vakillari va muxlislar ishtirok etishdi.

DSC_2803 copy

2016 yilgi mavsum boshlandi. Oliy liga 1-turida Oliy liga debyutanti “Obod” mehmonimiz bo'ldi. Mazkur o'yinda vakillarimiz 1:0 hisobida g'alaba qozonishdi.

photo_2016-03-06_02-44-09

Ilya Ilin jamoamizning chempionatdagi birinchi goliga mualliflik qildi.

photo_2016-03-26_05-38-19

Yilning eng yoqimli voqealaridan biri – O'zbekiston kubogi bahslari doirasidagi o'yinlarda bo'ldi. Mart oyida Namanganda mehmon bo'lgan futolchilarimiz derbida g'alaba qozonishib, muxlislarga quvonch baxsh etishdi.

Umuman olganda, Kubok bahslarida vakillarimiz yomon ishtirok etishgani yo'q. “Qo'qon-1912” jamoasi ushbu musobaqada chorak finalga qadar etib bordi.

photo_2016-04-03_06-00-01

Yana bir derbi va yana bir ajoyib g'alaba. Bu safar Nosir Otaqo'ziev g'alaba to'pi muallifi bo'ldi.

photo_2016-04-23_04-05-53

Jamoamizning yosh o'yinchisi Oybek Rustamov O'zbekiston yoshlar terma jamoasi yyig'inlarida keyin esa Osiyo chempionatida qatnashdi. Bu esa Qo'qon futbolida yana bir yulduz etishib chiqayotganidan dalolat.

Aytgancha, joriy yilda Oybek Rustamov oliy ligadagi deyut uchrashuvini ham o'tkazishga muvaffaq bo'ldi.

DSC_0880 copy

Oliy liga 9-tur doirasida o'tkazilgan Namangandagi “Navbahor”ga qarshi o'yindagi sharmandali mag'lubiyatdan keyin jamoamiz kichik yig'ilish o'tkazdi. Unda bosh murabbiy Murod Ismoilov istefoga chiqarilgani malum qilindi.

Uning yordamchisi Sergey Kovshov esa vaqtinchalik bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi sifatida ish boshladi.

photo_2016-06-05_04-26-30

Yana bir yosh futbolchimiz – Iqbol Malikjonov ham 2016 yilni uzoq vaqt eslab yursa ajab emas. Iqtidorchi o'yinchi Farg'ona viloyati terma jamoasi safida “Universiada-2016″da kumush medalni qo'lga kiritdi.

Eng asosiysi Oliy ligadagi debyut uchrashuvlarida ishtirok etdi.

photo_2016-06-11_11-51-29

11-turdan keyin jamoamiz tizimida yana o'zgarish yuz berdi. Farg'onadagi “Neftchi”ga qarshi o'yindan keyin yig'ilish o'tkazilib, No'mon Hasanov “Qo'qon-1912” jamoasi bosh murabbiyi sifatida tanishtirildi. Bu o'zrgarish jamoamizga katta foyda bergani shubhasiz.

photo_2016-06-27_06-45-44

Birinchi davradgi eng yorqin g'alaba – “SHo'rtan”ga qarshi kechgan o'yinga to'g'ri keldi.G'uzorliklarga arshi kechgan bahsda vakillarimiz 4:2 hisobida zafar quchishdi.

(Davomi bor)

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Eng yaxshilar

Яндекс.Метрика