Qiziq! Niderlandiyaning Evropa chempionatlarida olgan barcha qizil kartochkalari CHexiya bilan o'yinda bo'lgan
27 iyu 2021 23:10
Yangiliklar
Qiziq! Niderlandiyaning Evropa chempionatlarida olgan barcha qizil kartochkalari CHexiya bilan o'yinda bo'lgan
Niderlandlar jami 4 marotaba chetlatilgan
Gollandiya terma jamoasi Evro-2020 1/8 finalida CHexiya bilan o'yinning (0:2) ikkinchi taymida bir kishi kam bo'lib qoldi. Himoyachi Mattays de Ligtga raqibning golga aylanishi mumkin bo'lgan hujumini buzgani uchun qizil kartochka ko'rsatildi.
Bu de Ligtning faoliyatidag va Gollandiya terma jamoasidagi ikkinchi chetlatilishi. To'rt yil ilgari marokashliklar bilan o'yinda ham u hakam tomonidan qizil kartochka bilan siylangan.
Niderlandiyaning Evropa chempionatlarida olgan to'rtta qizil kartochkaning ham chexiyalik futbolchilarga qarshi bo'lganligi ajablanarli — Yoxan Neskens va Vim van Xanegem 1974 yilgi turnirda, Jon Xeytinga esa 2004 yilgi qita turniridagi bahsda chetlatilgan.
Fikrlar