De Bryuyne payshanba kuni "Napoli" uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi
11 iyu 20:23
Yangiliklar


De Bryuyne payshanba kuni "Napoli" uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi
Kevin de Bryuyne payshanba kuni "Napoli" jamoasi azosiga aylanishi kutilmoqda.
De Bryuyne "Manchester Siti"da o'n yil o'ynagach, erkin agent sifatida Neapol klubiga o'tmoqda.
Belgiya milliy terma jamoasining 33 yoshli yarim himoyachisi yiliga 5 million evro maosh bilan "2+1" tizimida shartnoma imzolashi haqida malumot berilgandi.
Sky Sport xabariga ko'ra, Kevin ertaga Rimga etib keladi va tibbiy ko'rikdan o'tadi. Shundan so'ng kelishuv imzolanadi.
Belgiyalik futbolchi 2024/25-yilgi mavsumda Angliya Premer-ligasida 28 ta o'yinda 4 ta gol urdi va 7 ta golli uzatma berdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar