So’nggi yangiliklar

18:24Энцо Мареска: "Ўйин услубини ўзгартирамиз"  2 17:53Ислом Исмоилов: "Чили ва Боливия билан ўйинлар жуда керакли тажриба бўлди"  5 17:50Мавсумдаги энг яхши ўртача томошабинлар рейтинги эълон қилинди, Жанубий Америка етакчи, "Барселона" 35-ўринда  5 17:30"ФарДУ" — "Олимпик". Таркиблар маълум  0 17:10"Бавария" "Барселона"дан Нико Уильямсни илиб кетишга тайёрланмоқда  2 16:02"Реал" ярим ҳимоячиси Алонсо билан келишмовчилик сабаб клубдан кетиши мумкин  12 15:25"Ливерпуль" Конате билан янги шартнома бўйича келишувга эриша олмаяпти, футболчига "Реал" қизиқиш билдирмоқда  1 14:55Левандовски 2026 йилнинг ёзида Саудия Арабистонига ўтиши мумкин  8 14:30Вирцнинг "Ливерпул"га мега трансфери! Нима учун инглизлар шунча пулдан воз кечишга қарор қилишди?  1 14:20ОКМК 6 йилдан буён Намангандан ғалабасиз қайтмоқда. Лушчан ва Қосимов дуэлида ким ғолиб чиқади?  8 13:58"Ал Иттиҳод" Погба учун курашга киришди  4 13:37Учрашувнинг сўнгги қисми жанжалга айланиб кетган "Нефтчи" - "Бухоро" баҳсидан ГАЛEРEЯ  3 12:25"Интер" Маркус Рэшфордни нишонга олди  3 11:47А Серия клуби Антони билан шартнома имзолашга уринди. Аммо, у Испанияга қайтишни хоҳламоқда  1 11:20"Манчестер Сити" ўйинчиси янги клуби билан келишувга эришди  1

“Qizilqum” - “So'g'diyona” uchrashuvida gollar shousi Yangiliklar

“Qizilqum” - “So'g'diyona” uchrashuvida gollar shousi

Teglar :  QizilqumSo'g'diyona
Avval xabar qilganimizdek, Navoiyning “Qizilqum” jamoasi 12 fevraldan Toshkentda o'quv-mashg'ulot yig'inini boshladi.

Rejaga ko'ra, konchilar mazkur yig'in doirasida bir nechta o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushishni mo'ljallashgan. Dastlabki  nazorat o'yini 13 fevral kuni “Bunyodkor” stadioni mashg'ulotlar maydonida o'tkazildi. Unda “Qizilqum” jamoasi Jizzaxning “So'g'diyona” futbolchilari bilan kuch sinashdi.

Hamidjon Aktamov boshchiligidagi murabbiylar shtabi mazkur bahsda barcha o'yinchilarga imkoniyat berishga shoshilishmadi. Ikkinchi bo'limda navoiyliklar tarkibida  atigi bitta o'zgarish amalga oshirildi. Unda betobligi tufayli Farg'onadagi mashg'ulotlarda ishtirok eta olmagan Sarvarjon Xolmatov zaxiradan Alisher Yusupov o'rniga o'yinga qo'shildi.

O'yin asosan navoiyliklar tashabbusi ostida kechdi. Buni yakuniy hisob ham tasdiqlab turibdi. Hujumkor o'yin namoyish etgan konchilar raqib darvozasini besh bor ishg'ol etib, o'z darvozalari to'ridan uchta to'p olib chiqdilar. Yakuniy hisob - 5:3!

To'plarni navoiyliklardan Andrey Derkach, Bahriddin Vahobov, Samandar SHodmonov hamda Vyacheslav SHevchenko (ikkita)lar kiritgan bo'lsa, jizzaxliklardan Sanjar Rixsiboev hamda Temur Hakimov (ikkita) gollarga mualliflik qildilar.

HAKAMLAR HUJJATIDAN KO'CHIRMA:

O'rtoqlik uchrashuvi

2016 yil 13 fevral

“Qizilqum” (Navoiy) - “So'g'diyona” (Jizzax) - 5:3 (5:1).

Hakamlar: Rustam Lutfulin, Akbar Po'latov, Temur Galeev.

“QIZILQUM”: Erkin Jabborov, Akmal Rustamov, Georgiy Kvesieshvili, Alisher Yusupov, Azizbek Usmonov, Otabek Narzullaev, Samandar SHodmonov, Ilhom Yunusov, Andrey Derkach, Vyacheslav SHevchenko, Bahriddin Vahobov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Sarvarjon Xolmatov.

“SO'G'DIYONA”: Temur G'aniev, Akmal Xolmurodov, Murod Xolmuhammedov, Sarvar Jo'raev, Jahongir Jiyamurodov, Muzaffar Muzaffarov, Sanjar Rashidov, Sardor Sobirxo'jaev, Sanjar Rixsiboev, Temur Hakimov, Farrux SHotursunov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Akmal Abdurahmonov, Doston Abdurahmonov, Sobir Hamidov, Bobur Qosimov, Qahramon Bahodirov, Suhrob Qobilov.

Gollar:  Andrey Derkach (14), Samandar SHodmonov (18), Bahriddin Vahobov (25), Vyacheslav SHevchenko (28, 36), Sanjar Rixsiboev (45), Temur Hakimov  (75-pen., 79).

Nazoratchi: Baxtiyor Tog'aev.

Eslatib o'tamiz, “Qizilqum” futbolchilari navbatdagi uchrashuvni 15 fevralda o'tkazadi. SHu kuni konchilar birinchi liga vakili “Oqtepa” jamoasi bilan o'zaro kuch sinashadi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика