So’nggi yangiliklar

21:45ПСЖнинг икки футболчиси учун Клублар ўртасидаги ЖЧ якунланди. Хайсен эса...  5 21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  2 21:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг ўтган ойдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  4 20:22Тиаго Силва: "Челси" ва ПСЖдан чексиз миннатдорман"  9 19:52"Арсенал" Евро ярим финалчиси трансферини ҳал этди  4 19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  2 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  3 18:31Футболда ринг нафаси: Майкл Баффер Клублар ўртасидаги ЖЧга таклиф этилди   2 18:03"Футбол олами". Биринчи давра якунланди  1 17:47Сулоланинг янги вакили: Петр Чехнинг ўғли "Фулхэм" билан биринчи шартномасини тузди  7 17:19Гильермо Очоа ўзининг олтинчи мундиалида қатнашмоқчи  2 16:50Ушалмай қолган орзу: "Порту" Жотани қайтармоқчи эди  1 16:22"Тоттенхэм" япониялик ҳимоячи билан шартнома имзолади  1 15:54Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди  5 15:24Дибала "Ливерпуль" нишонида  9

"Qizilqum"- "Bunyodkor" uchrashuvidan fotojamlanma Yangiliklar

"Qizilqum"- "Bunyodkor" uchrashuvidan fotojamlanma

Teglar :  Oliy ligaQizilqum
Oliy liganing 20-turidan o'rin olgan qiziqarli uchrashuvlardan biri Navoiyda o'tkazilib, muxlislar oz emas, ko'p emas naqd oltita golga guvoh bo'lishdi.


Viktor Serazetdinov boshchiligidagi hakamlar brigadasi jamoalarni maydonga boshlab chiqishmoqda.. Orqa fondagi hakamlarni ham tanidingiz-a:)


"Qizilqum" markaziy himoyachisi SHukurali Po'latov o'yinga tushish oldidan...


Jamoa sardorlari odatdagidek o'yin oldidan bir-birlariga yaxshi o'yin tilab, "vimpel"larni almashtirishmoqda..."



Yoshlar sport majmuasida o'tadigan har bir o'yin  navoiylik mashhur fotosuratchi Sergey Knyazevning hakamlar va jamoalar sardorlarini suratgan olganidan keyin boshlanadi....:)


"Qizilqum" bahsga tayyor...


... "qaldirg'ochlar" ham...


Toshkentliklar ustozi diqqat bilan o'yinni kuzatmoqda...


"Qizilqum" ustozi ham xavotir bilan bahsga etibor qaratmoqda...


"Qizilqum" sardori Erkin Boydullaev maydon markazida raqib hujumini "buzish"ga urinmoqda..


Mirjamol Qosimov-Otabek Zokirov qarama-qarshiligi...


Har ikkala jamoa operatorlari - Anvar Nodirov va Sanjar Ala-Oxunov o'z "nigoh"lari bilan uchrashuvni kuzatishmoqda...


"Bunyodkor" yarim himoyachisi SHohrux Gadoev uchrashuvda faol harakat qildi. Birinchi bo'limda aynan uning uzatmasidan keyin "qaldirg'ochlar" hisobni ochgan bo'lishsa, o'yin oxirida qarshilik futbolchi o'z hisobiga gol ham yozib qo'ydi.


"Qizilqum" futbolchisi G'ayrat Jumaev chap qanotdan bir necha bor "reyd" uyushtirib, jamodoshlarini to'p bilan taminlab berib turdi..


"Navoiyliklar dueli". Butun uchrashuv davomida "Qizilqum" markaziy himoyachisi Fayzulla Qambarov sobiq jamoadoshi, hamshahari Vohid SHodievni "zararsizlantirish"ga urindi.. Qizig'i shundaki har ikkala futbolchi bu bahsda gol urishga ham erishishdi.


"Bunyodkor" sardori Javlon Ibrohimov mezbonlarning to'purar yarim himoyachisi Ilhom Yunusovga halaqit berishga urinmoqda..


Hammasi mana shu o'zgarishdan boshlandi. Ungacha mezbonlar ikki to'p farqi bilan ortda borishayotgan, bellashuv yakunlanishiga 15 daqiqa vaqt qolgandi...Akramjon Bahritdinovning maydonga tushishi navoiyliklarning o'yinini butkul o'zgartirib yubordi..


Jamoadoshlari Fayzulla Qambarovni tabriklashga oshiqishmoqda...


Navoiylik muxlislar sevimlilarining "kambek"idan xursand...


Ikkinchi bo'limda SHodmonov (#18) va Bahritdinov (#92)ning maydonga tushishi "Qizilqum"ning o'yiniga ijobiy tasir o'tkazdi. Natijada Otabek Zokirov (#9) va Artur Gevorkyan (#17) mehmonlar darvozasini ishg'ol etishning uddasidan chiqishdi.


Darvoqe, "Qizilqum" - "Bunyodkor" uchrashuvi 20-turda eng ko'p muxlis to'pladi. Ushbu uchrashuvni bevosita 5753 nafar tomoshabin bevosita stadiondan kuzatib bordi.

"Braziliyaga aylanib ketishdi-ku bular...." 


"Muxlislar o'yindan zavq olishdi. Anchadan beri bunday o'yin bo'lmagandi"...


So'nggi uchrashuvlarda o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qola olgan toshkentliklar posboni Navoiyda 8 daqiqa ichida uch bor o'z darvozasidan to'p olib chiqishga majbur bo'ldi...


"Qizilqum" matbuot xizmati.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика