"Qizilqum" bugun "Navbahor" bilan o'ynaydi
14 iyu 2014 10:55
Yangiliklar
"Qizilqum" bugun "Navbahor" bilan o'ynaydi
Xabiringiz bor, davralar oralig'ida yuzaga kelgan tanaffusdan unumli foydalanishni ko'zlagan Navoiyning "Qizilqum" jamoasi 4 iyulda poytaxt viloyatining "Bildirsoy" sog'lomlashtirish oromgohiga yo'l olgandi.
Konchilar bu erda bir haftalik yig'in tashkil etdilar. Unda asosan futbolchilarning jismoniy tiklanishiga etibor qaratildi.
"Qizilqum" futbol klubi matbuot xizmatining xabar berishicha, rejaga ko'ra, Yuriy Lukin shogirdlari 12 iyuldan boshlab navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'inini Toshkentda davom ettiryaptilar. Unda kuniga ikki mahaldan mashg'ulotlar o'tkazilyapti.
Yig'in doirasida "Qizilqum" jamoasi oliy liga klublari bilan bir necha nazorat uchrashuvlarida maydonga tushishni rejalashtirishgan. Dastlabki o'rtoqlik uchrashuvi bugun, yani 14 iyul kuni Namanganning "Navbahor" vakillari bilan bo'lib o'tadi. Uchrashuv poytaxt viloyatining "Do'stlik" stadionida uyushtiriladi.
Konchilar mazkur yig'in davomida bir qator yangi futbolchilarni ko'rikdan o'tkazadilar. Jumladan, ular qatorida Gruziya, Ukraina, Rossiyadan ham legioner futbolchilar tarkibga qo'shilishi kutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, "Qizilqum" jamoasi ikkinchi davraning ilk o'yinini o'z maydonida 3 avgust kuni o'tkazadi. SHu kuni Toshkentning "Bunyodkor" futbolchilari navoiyliklar mehmoni bo'ladi.

Fikrlar