So’nggi yangiliklar

14:54АПЛ топ-клублари "Барселона" вундеркиндини сотиб олмоқчи  1 14:27Чемпионлар Лигаси 2026/27 йилги мавсум финали Мадридда ўтказилиши мумкин  3 14:05Суперлига. "Насаф" — "Бухоро" 5:0  0 13:57Тимур Кападзе: "Атрофдаги воқеалардан жуда чарчадим"  55 13:34Ямаль: "Олтин тўп"ларим кўп бўлишини орзу қиламан"  4 13:06Аёллар ОЧЛ гуруҳ босқичига қуръа ташланди: "Севинч" Эрон, Хитой ва Ҳиндистон жамоалари билан ўйнайди  3 12:49ЖЧ-2022 ярим финалчиси Ўзбекистон билан ўртоқлик ўйини ўтказмоқчи  10 12:20"Насаф" "Бухоро" дарвозасига 5 та тўп йўллаган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  1 11:55Аргентина ва Албания ирқчилик туфайли 6 хонали сондан иборат жаримага тортилди  3 11:19U-23 Осиё кубогига қуръа ташлаш санаси маълум  14 10:57"Реал" ва Испания терма жамоасининг собиқ футболчиси фаолиятини Гонконг чемпионатида давом эттиради  0 10:30Португалия футболи юлдузлари "Шон-шараф" залига киритилди  1 10:04МЮнинг яна бир футболчи фаолиятини Туркияда давом эттиришга яқин  2 09:38Опта ЕЧЛ ғолиблигига даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  8 09:10Холанд Молдовага урилган голлар учун дарвозабондан узр сўраган  9

Vladimir Bubanya: “Finalni ko'tarinki kayfiyat bilan kutyapman” Yangiliklar

Vladimir Bubanya: “Finalni ko'tarinki kayfiyat bilan kutyapman”

Teglar :  Vladimir Bubanya
O'zbekiston Kubogi finaliga 4 kun qoldi.

 Hammaning etibori 5 oktyabr kuni Farg'onadagi “Istiqlol” stadionida bo'lib o'tadigan “Navbahor” – “Andijon” ishtirokidagi tarixiy uchrashuvga qaratilgan. 

“Burgutlar”ning bo'lajak muhim bellashuvga tayyorgarligi reja asosida olib borilmoqda. Etiborlisi, “Andijon”da to'p surayotgan serbiyalik legioner Vladimir Bubanya 2018 yili O'zbekiston Kubogini qo'lga kiritgan. Qizig'i, aynan Farg'onadagi “Istiqlol” stadionida bu ishni uddalagan va u “Andijon”da O'zbekiston Kubogini yutgan yagona futbolchidir. 

Hozirda ushbu o'yinchi yana bir bor va bu safar “Andijon” bilan birga “Istiqlol” stadionida Kubokni yutishni asosiy maqsad qilib qo'ygan. 

Vladimir hal qiluvchi bahs oldidan klub matbuot xizmatining bir qator savollarga javob qaytardi.

- Siz “Andijon”dagi O'zbekiston Kubogini yutgan yagona futbolchisisiz. 2018 yili Farg'onadagi “Istiqlol” stadionida OKMK tarkibida “Paxtakor”ni 3:1 hisobida mag'lub etgansizlar. O'shanda hamma “Paxtakor”ning g'alabasiga ishongandi. Oradan 6 yil o'tib siz yana o'sha “Istiqlol”da, yana Kubok finalidasiz. Tarix takrorlanyapti...

- Ha, men 2018 yilgi finalda o'ynagandim. Men uchun bu o'sha paytdagi eng muhim o'yin edi. CHunki birinchi marta finalda o'ynayotgandim. “Paxtakor” o'shanda nihoyatda kuchli jamoa edi. Lekin o'shanda hech kim bizning g'alabamizni kutmagandi. Biroq futbolda hamma narsa bo'lishi mumkin va biz o'sha o'yinni yutgandik.

- “Andijon” bilan bu yil O'zbekiston Kubogi musobaqasiga ilk bor kirishganinglarda finalgacha etib kelishingizga qanchalik ishongandingiz?

- Har birimiz futbolda g'alaba qozonish uchun maydonga tushamiz. SHu sababli men ham bunga ishonganman.

- Final oldidan nimalarni o'ylayapsiz?

- Ishonamanki, stadion muxlislar bilan to'ladi hamda vodiyda bayram bo'ladi. Bu o'yinni juda ko'tarinki kayfiyat bilan kutyapman. 

- “Andijon” ham, “Navbahor” ham chempionatda kerakli natijalarni ko'rsata olmayaptilar. Balki bu Kubok finalning effektidir...

- Ha, o'ylaymanki, bizda ham, “Navbahor”da ham muvozanat tushib ketdi. SHuning uchun bir qancha o'yinlarni ko'ngildagidek o'tkaza olmadik. 

- Kubok finaliga tayyorgarlik ko'rishda asosiy etibor nimaga qaratilyapti?

- Kubok finalini munosib o'tkazish, mudofaada mustahkam turish va o'z imkoniyatlarimizdan foydalanishimiz zarur, deb hisoblayman.

- Bu tarixiy hamda unutilmas o'yin. Maqsad aniq va bunday paytda ortiqcha motivaciya ham kerak bo'lmasa kerak-a yoki aksinchami?

- Ha, katta motivaciya menimcha hech kimga kerak emas. SHuni aytish mumkinki, bu faqatgina yil o'yini emas, futbolchining faoliyati uchun ham unutilmas bo'lib qoladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика