Eron va BAAga qarshi o'yin uchun Srechko Katanec kimlarni chaqirdi?
01 okt 2024 13:33
Yangiliklar


Eron va BAAga qarshi o'yin uchun Srechko Katanec kimlarni chaqirdi?
Srechko Katanec boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi 7 oktyabr kuni navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'inlariga kirishadi.
Terma jamoamiz JCH-2026 saralash bosqichi doirasida 10 oktyabr kuni Eron va 15 oktyabrda BAAga qarshi maydonga tushadi.
Srechko Katanec ushbu yig'inga quyidagi futbolchilarni taklif qildi.
Darvozabonlar: O'tkir Yusupov, Botir Ergashev, Abduvohid Nematov;
Himoyachilar: Rustam Ashurmatov, Umarbek Eshmurodov, Husniddin Aliqulov, Abduqodir Husanov, Farruh Sayfiev, Hojiakbar Alijonov, SHerzod Nasrullaev;
Yarim himoyachilar: Jamshid Iskanderov, Aziz Turg'unboev, Akmal Mozgovoy, Odiljon Hamrobekov, Abdulla Abdullaev, Otabek SHukurov, Abdurauf Bo'riev;
Hujumchilar: Eldor SHomurodov, Bobir Abdixoliqov, Jaloliddin Masharipov, Xojimat Erkinov, Abbosbek Fayzullaev, Oston O'runov.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar