So’nggi yangiliklar

11:12Мбаппе янги мавсумда янги рақамда ҳаракат қилади  1 10:45МЮ тўрт нафар футболчини машғулотлардан четлатди  4 10:21"Милан" тарихида 56 йилдан бери бундай ҳолат содир бўлмаган   3 09:58Яна бир собиқ Олимпия терма жамоамиз аъзоси фаолиятини "Шўртан"да давом эттиради  0 09:32Ўзбекистон МТЖ аъзоси фаолиятини "Андижон"да давом эттириши мумкин  14 09:08Арманистон чемпионатининг энг яхши футболчиларидан бири фаолиятини Ўзбекистонда давом эттириши мумкин  5 08:41ЦСКА собиқ футболчиси: "Файзуллаевни жуда яхши вақтда сотишди"  5 08:15Луиджи Ди Бияджо: "Рақиб ғалабага лойиқ ўйин намойиш қилди"  1 07:56"Насаф" бразилиялик ярим ҳимоячига таклиф билан чиқди  9 07:28Расман. "Бунёдкор"ни яна бир асосий таркиб футболчиси тарк этди  3 01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  5 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  3 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  7 00:45"Ювентус" Консейсауни "Порту"дан тўлиқ сотиб олди  0 00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  6

Superliga. 0:2 hisobida oldinda borgan "Nasaf" Toshkentda "Bunyodkor" bilan durang o'ynadi Yangiliklar

Superliga. 0:2 hisobida oldinda borgan "Nasaf" Toshkentda "Bunyodkor" bilan durang o'ynadi

Teglar :  Nasaf Bunyodkor
"Bunyodkor" hamda "Nasaf" o'rtasida o'tkaziladigan Superliganing 20-tur bahsi yakunlandi.

Superliga. 20-tur

«BUNYODKOR» – «NASAF» 2:2 

Gol: 47 - Zoran Marushich (Stefan CHolovich), 62 - Marko Stanoevich (pen), 65 - Luis Kachorri (Temurxo'ja Abduholiqov), 77 -  Usmonali Ismonaliev (Andriya Filipovich)

28 sentyabr. Toshkent. «Jar» stadioni. 17:00

Bosh hakam: Olim To'ychiboev.

Qanot hakamlari: Rasul Fozilov, Maksim Nexochin.

Zaxiradagi hakam: Isroil Imomnazarov.

VAR: Ibrohim Ismoilov.

AVAR: Nasiba Toshmuhammedova.

Nazoratchi: Zokir Qodirov.

Komissar: SHahzod Xolboev.

"Bunyodkor": 13.Hamidullo Abdunabiev, 4.Najmiddin Normurodov, 5.Momchilo Rasho, 6.Boburbek Yo'ldoshev (8.Frane CHiryak, 62), 10.Rasul Yo'ldoshev, 11.Temurxo'ja Abduholiqov, 22.Usmonali Ismonaliev, 25.Itsuki Urata, 41.Andriya Filipovich (7.SHohboz Jo'rabekov, 90), 57.Amir To'raqulov, 77.Muzaffar Olimjonov (74.Luis Kachorri, 62).

Zaxira: 1.Marin Lyubich, 19.Bilol Tupliev, 65.Ahmadullo Muqumjonov, 78.Toxirbek To'xtasinov, 92.Nosirjon Abdusalomov, 93.Aleksandr Zevadinov.

"Nasaf": 35.Abduvohid Nematov, 5.G'olib G'aybullaev, 7.Akmal Mozgovoy, 14.SHarof Muhiddinov, 19.Stefan CHolovich ( 6.Murodbek Rahmatov,81), 22.Igor Golban, 28.SHuhrat Muhammadiev ( 4.Dilshodjon Komilov,81), 32.Zoran Marushich (10.Bobir Abdiholiqov, 81), 34.SHerzod Nasrullaev, 77.Oybek Bozorov ( 9.Javohir Sidiqov,86), 88.Marko Stanoevich ( 70.Jambuli Jigauri.86).

Zaxira: 1.Umidjon Ergashev, 3.SHohjahon Sultonmurodov, 21.Doniyor Narzullaev, 23.Kuach Yuel,

 Ogohlantirish: 40 - SHarof Muhitdinov, 90+5 - Luis Kachorri

CHetlatish: 69 - SHarof Muhitdinov


YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi

90+5. Ogohlantirish: Luis Kachorri ogohlantirildi

90. O'zgarish: Filipovichning o'rniga SHahboz Jo'rabekov maydonga tushdi

88. Filipovich Usmanalini ajoyib vaziyatga olib chiqdi, biroq uning zarbasi noaniq ketdi

87. Temurxo'janing zarbasi biroz noaniq ketdi. Ikkinchi bo'limda ustunlik mezbonlarda

86. Mehmonlarda navbatdagi o'zgarishlar: Jaba va Sidiqov maydonga tushdi, ular Marko va Bozorovni alishtirishdi

81. O'zgarishlar: Muhammadiev, CHolovich va Marushich maydoni tark etdi, ularning o'rniga Abdixoliqov, Rahmatov va Komilov maydonga tushdi

VAR bilan gaplashgan Olim To'ychiboev golni inobatga oldi



77. GOOOL. Usmonali Ismonaliev hisobni tenglashtirdi. Mezbonlarning tezkor qarshi hujumi ajoyib arzda malga oshirdi. Hozir hakamlar VARga murojaat qiladi. Sababi qarshiliklar hujum qilgan vaqtda mezbonlar qo'pollik ishlatgan bo'lishi mumkin

72. Normurodovning jarimadan yo'llagan zarbasi juda noaniq ketdi

69. CHetlatish: SHarof Muhitdinov ikkinchi sariq kartochkasini oldi va maydondan chetlatildi

65. GOOOL. Mezbonlar ikkinchi goldan so'ng tezda hisobni qisqartirishdi. Temurxo'ja ajoyib harakat qildi va to'pni Luisga uzatdi. Hozirgina maydonga tushgan hujumchining zarbasini Abduvohid qaytra olmadi. Bu Nematovning ikkinchi davradagi ilk o'tkazib yuborgan goli bo'ldi



63. GOOOL. Marko "panenka" uslubida penaltidan unumli foydalandi

62. O'zgarishlar: Yo'ldoshev va Olimjonov maydoni tark etdi, ularning o'rniga Luis Kachorri va Frane CHiryak maydonga tushdi

61. Hakam penaltiga asos bor deb hisobladi va "Nasaf" uchrashuvdagi ikkinchi golini urishi mumkin

60. Olim To'ychiboev VAR manitoriga bormoqda. Mezbonlar darvozasiga penalti belgilanishi mumkin.

55. Urata jarohat oldi, unga shifokorlar yordam ko'rsatishmoqda



47. GOOOL. Mehmonlar hisobni ochishdi. CHolovichning uzatmasidan so'ng Marushich hisobni ochdi

Ikkinchi bo'lim boshlandi

Birinchi bo'lim yakunlandi

45+2. Muzaffar Olimjonovning zarbasiga ozgina aniqlik etishmadi. Mezbonlar birinchi bo'limda olinga chiqib olishlari mumkin edi

Hakam birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berdi

40. Ogohlantirish: SHarof Muhitdinov Yo'ldoshevga qarshi qo'pol o'ynadi va ogohlantirildi

36. Olimjonov qanotda Nasrullaevdan yaxshi o'tdi va zarba yo'lladi. Nematov qiyinchilik bilan zarbasini qaytardi

30. Temurxo'ja Abduxoliqovning boshi bilan yo'llagan zarbasini darvozabon qiyinchiliksiz ushlab oldi

28. Mezbonlar uchrashuvdagi ilk vaziyatlariga ega bo'lishdi. Andriya Filipovichning say-harakatlari bilan "qaldirg'ochlar" burchak zarbasiga ega bo'ldi

25. Muhitdinov uzoqdan zarba yo'llab ko'rdi, biroq uning zarbasi juda sekin va noaniq chiqdi


23. Mehmonlar yana bir ajoyib imkoniyatdan foydalana olmadi. Bu safar Golban burchakdan uzatilgan to'pdan so'ng zarba berdi. "Nasaf"ning legioner futbolchisi 2 metrdan raqib darvozasini aniq nishonga olmadi

19. Uchrashuvdagi ilk xavfli vaziyat, bahsdagi ilk aniq zarba va ajoyib seyv. Mozgovoyning boshi bilan yo'llagan zarbasini Abdunabiev qiyinchilik bilan qaytarmoqda

18. CHolovich qanotdan yaxshi uzatmani amalga oshirdi, to'pni esa Urata burchakka chiqarib yubordi. Burchakdan uzatilgan to'pni esa Abdunabiev qaytardi. Qaytgan to'pdan so'ng yana mehmonlarlar hujumga o'tishdi va yana Hamidullo darvozasi tomon burchak zarbasi belgilandi

13. Marko Stanoevichning zarbasi noaniq chiqdi. Ustunlik biroq mehmonlarda

9. Uchrashuvdagi ilk hujumni qarshiliklar amalga oshirishdi, biroq mezbonlar himoyachisi va darvozaboni yaxshi harakat qildi

UCHRASHUV BOSHLANDI

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика