So’nggi yangiliklar

20:45"Манчестер Юнайтед" тарихи ҳақида ҳужжатли сериал суратга олинади  0 20:20"Насаф" назорат учрашувида Сербия клубига мағлуб бўлди  3 19:51Уэйн Руни: "2008 йилги "МЮ ҳозирги "Арсенал"ни тор-мор келтирган бўларди"  5 19:07Ҳусниддин Алиқулов учун мавсум якунланди. Футболчи Жаҳон чемпионатида иштирок эта олмайди  20 18:57"Эвертон" учун катта йўқотиш: Жек Грилиш 3 ойга сафдан чиқди  0 18:16Эммануэль Пети: "Агар совринлар ютмоқчи бўлсангиз, сизга бунақа дарвозабон керак эмас. Шевальеда хатолар кўп"  0 17:54Ўзбекистон футзал терма жамоаси Осиё Кубогига йўл олмоқда  1 17:24Неманья Видичнинг акаси Белградда ўлик ҳолда топилди  0 16:28Хаби Алонсо "Ливерпуль"ни бошқаришга тайёр!  8 15:40ШОК! ПСЖ юлдузи одам савдосида айбланмоқда  3 14:58НАЗОРАТ ЎЙИНИ. "Насаф" Сербия клуби билан баҳсда имкониятни бой берди  4 14:31Бугунги ўйинлар: “Барса” сафарда, “Ал Насср” ҳам меҳмонда ва бошқалар  9 14:15Гарет Бэйл: "Реал"да мураббий эмас, менежер бўлиш керак. У ерда тактика эмас, ўйинчиларнинг "эго"сини бошқариш муҳим"  12 13:35Франко Мастантуоно: "Мен Месси эмасман ва ҳеч қачон у бўлмайман, лекин "Реал" тарихидаги энг ёмон трансфер ҳам эмасман"  22 13:14IFAB яқин орада "Венгер офсайди"ни жорий қилмоқчи эмас  1

Qisqa formatda: A Seriya 21-tur prevyusi Yangiliklar

Qisqa formatda: A Seriya 21-tur prevyusi

Teglar :  Italiya A Seriyasi
Tez orada Italiya A Seriyasi 21-tur o'yinlari boshlanadi.

"Roma" — "Verona"

De Rossining debyut o'yinida nima qilishi juda qiziq. Dibalaning maydonga chiqishi mumkinligi juda yaxshi, ammo "Roma"da yo'qotishlar ham etarli, Manchini va Kristantening diskvalifikaciyasi sabab mudofaa markazida Lorente-Xoyzen bog'lami bo'lishi aniq, maydon markaziga esa Bove chiqishi kerak. Baronega havas qilib bo'lmaydi, kadrlar muammosini hisobga olsak tarkibga yoshlardan o'yinchi chaqirish kerak, shuningdek Duda va Kopollaning diskvalifikaciyasi ham ortiqchalik qilib turibdi.

"Verona" o'tgan gal 2-1 hisobida g'alaba qozongan edi, ammo buni hozir tasavvur qilish qiyin. "Roma"da murabbiy o'zgarishidan so'ng ishtiyoq yaxshiroq bo'lishi kerak, bundan tashqari ular uyda o'ynashmoqda, "Verona" esa o'sha o'yin bilan solishtirganda juda ham o'zgargan. Ularning "bo'rilar" hujumini to'xtatib qolishlariga ishonish qiyin, ayniqsa hozirga holatda.


"Udineze" — "Milan"

Semedo va Biyol hali ham tiklanmoqda, shuningdek Deulofeuning madyonga qaytishi ham kechikmoqda. Hujumda yana Lukkaga ishonch bildiriladi, unga ortdan Pereyra ko'maklashadi. Jiru bir haftada kasallikdan tuzalib tiklandi va Pioli hujumda o'zgartirish qilishiga to'g'ri kelmaydi. Florenci o'ynashi mumkin, ammo asosiy tarkibda tushish ehtimoli kam. Umuman olganda, "Milan" tarkibida syurprizlar kutmasa ham bo'ladi.

"Udineze" o'tgan safar 1-0 hisobida g'alaba qozongandi, shu sabab "Milan" albatta Udinega revansh uchun boradi. "Qizil-qoralar"ning favorit ekanliklari mantiqan to'g'ri. "Milan"ning hozirgi formasi yaxshi va A Seriyadagi so'nggi 3ta o'yinda 3tadan kam gol urmayapti. Ammo, "rossoneri"larga bu erda oson bo'lmaydi, "Udineze"ning o'zining holati ham yaxshi, shunday ekan jangovar o'yin kutish mumkin.


"Frozinone" — "Kalyari"

Markicca bu o'yinda aniq maydonga tushmaydi, CHuni va Montressning esa tushish ehtimoli bor. So'nggi muvaffaqiyatsizliklarni hisobga olganda ham Di Francheskoning nimanidir o'zgartirish ehtimoli kam, shunday ekan hujumda Xarrui-CHeddiru-Sule triosiga ishonch bildiriladi. "Kalyari"ning bir necha nafar o'yinchilari turli sabablarga ko'ra safda emas, ammo Raneri uchun kichik shamollashdan so'ng Violaning tezda qaytishi yaxshi yangilikdir. SHuningdek, jarohatdan qutulgan SHomurodovning safga qaytish ehtimoli bor, ammo Raneri unga to'liq tiklanishi uchun yana bir hafta berishi mumkin.

Jamoalar ilk davrada "Kalyari" uyda 4-3 hisobida g'alabani ilib ketganda haqiqiy dramani taqdim etishgandi. Hozirda favorit "Frozinone", baribir "orolliklar" mehmonda uydagidek harakat qila olishmayapti, "sherlar" esa tavakkal qilishlari kerak. "Kalyari" aynan shunda raqibini ushlashga harakat qiladi, shunday ekan bahs qiziqarli o'tadi.


"Salernitana" — "Jenoa"

"Salernitana"da tarkib bilan bog'liq muammo bor, shunday ekan Bashich va Zanoli kabi yangi o'yinchilar asosiy tarkibda tushishlari kerak. Hujumda odatiy CHuna-Simi dueti, ularga Kandreva yordam beradi. De Vinter diskvalifikaciya qilingan, Torsbi va Ekuban jarohat olgan, umuman olganda "Jenoa" jangovar holatda va o'zgarishlar bo'lish ehtimoli kam. Hujumda yana Gudmundson va Rettegi tushadi, mudofaada esa Volyakko yanada yaxshiroq qo'nim topadi.

"Jenoa" ilk davrada uyida 1-0 hisobida g'alaba qozongan. Qiziqarlisi, "grifonlar" hozir ham Salernoga favorit maqomida yo'l olishmoqda. "Salernitana"da tarkib bilan bog'liq jiddiy muammolar bor, zaxira o'rindig'ida Filippo Inzagisiz ham qiyin bo'ladi. Ammo, "grifonlar" xotirjam bo'lishlari kerakmas, raqib o'z uyida oxirigacha kurashadi, oson safar bo'lmasligi esa aniq.


"Lechche" — "Yuventus"

Sansone va Dermarku katta ehtimol bilan tiklanishga ulgurmaydi, shuningdek Afrika millatlar kubogida o'ynayotgan 3 o'yinchi hisobiga "olovranglar"da tarkib bilan muammo kuzatilishi mumkin. Ehtimol Roberto D'Aversa qandaydir eksperimentlarga bormas va "Lacio"ga qarshi o'ynagan tarkibni tushirar. Tarkibga diskvalifikaciyadan so'ng Gatti va Makkeni qaytishi kerak, Allegri hujumda yana Keza-Vlaxovich juftligini o'ynatishi mumkin, bundan tashqari italyan yaxshi forma yig'ib oldi va buni o'tgan o'yinda zaxiradan ajoyib tarzda o'yinga qo'shilgani bilan isbotladi.

"Yuventus" ilk davrada o'z uyidagi zerikarli o'yinda 1-0 hisobida g'alaba qozongandi. Endilikda "keksa sinora" mehmonda g'alabaga erishishga umid qiladi va menimcha o'yin ancha qiziq o'tishi mumkin. "Yuventus" hozirda tempga tushib oldi va "Lechche"ga juda qiyin bo'ladi.


Sergey Rumyancev tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика