SHOK! PSJ yulduzi odam savdosida ayblanmoqda
21 jan 15:40
Yangiliklar
SHOK! PSJ yulduzi odam savdosida ayblanmoqda
Jahon chempioni odam savdosi va noqonuniy mehnat faoliyatini tashkil etishda ayblanmoqda. Paris Match nashrining xabar berishicha, futbolchi va uning rafiqasi Viktoriya Triayga qarshi kolumbiyalik oila (ota, ona va ularning uch nafar farzandi) davo arizasi bilan chiqqan. Ushbu oila 2024 yil sentyabridan 2025 yil noyabrigacha Ernandeslar xonadonida mehnat qilgan.
Davogarlarning takidlashicha:
- Ular hech qanday rasmiy ish ruxsatnomasisiz ishlatilgan;
- Ish vaqti meyoridan ancha uzoq bo'lgan;
- Oila azolari bir vaqtning o'zida qo'riqchi, uy xizmatchisi, oshpaz va enaga vazifalarini bajarishga majburlangan.
Hozirda "Atletiko" va "Bavariya" sobiq futbolchisiga nisbatan Versal prokuraturasi tomonidan noqonuniy mehnat va odam savdosi moddalari bo'yicha ish qo'zg'atilgan. Agar ayblovlar o'z isbotini topsa, Lyuka Ernandesni nafaqat yirik jarima, balki qamoq jazosi ham kutishi mumkin.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги илк ғалабасини тантана қилди, аммо юришини гуруҳ босқичида якунлади
Англия Кубоги. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Салфорд Сити"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Родри дисквалификация қилиниши мумкин
Fikrlar