APL to'purarlaridan biri faoliyatini A Seriyada davom ettiradiimi?
16 jan 18:46
Yangiliklar
APL to'purarlaridan biri faoliyatini A Seriyada davom ettiradiimi?
"Sky Sports" malumotlariga ko'ra, Turinning "Yuventus" jamoasi 28 yoshli franciyalik hujumchi masalasida "Kristal Pelas"ga rasmiy so'rov yuborgan.
Xabar qilinishicha, turinliklar markaziy hujumchi poziciyasini kuchaytirishni istamoqda va bosh murabbiy Luchano Spalletti Matetaning nomzodini shaxsan maqullagan.
Ayni paytda "Yuventus" futbolchini qishki transfer oynasida safiga qo'shib olishga umid qilmoqda. Biroq "Kristal Pelas" bu scenariyga shubha bilan qaramoqda va franciyalik forvardning ketishi faqat yozda amalga oshishi mumkinligini bildirmoqda.
Franciya terma jamoasi hujumchisi ushbu mavsum "Pelas" safida 32 o'yin o'tkazib, 10 ta gol urdi va 2 ta golli pas uzatdi. Uning "Kristal Pelas" bilan amaldagi bitimi 2027 yilgacha mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar