IFAB yaqin orada "Venger ofsaydi"ni joriy qilmoqchi emas
21 jan 13:14
Yangiliklar
IFAB yaqin orada "Venger ofsaydi"ni joriy qilmoqchi emas
Bu haqda AS nashri xabar bermoqda. Manbaning yozishicha, ushbu masalani ko'rib chiqish keyinga qoldirilgan. Bunga mazkur qoidani sinovdan o'tkazish uchun qo'shimcha vaqt kerakligi sabab bo'lgan. Hozirda faqat Kanada Premer-ligasi ushbu tizimni test qilishga rozilik bergan.
Yangi qoida bo'yicha yakuniy to'xtam 28 fevral kuni Kardiffda bo'lib o'tadigan IFAB umumiy yig'ilishida qabul qilinadi. O'shanda bu g'oyadan butunlay voz kechilishi yoki Kanadadagi sinovlar davom ettirilishi elon qilinadi.
Eslatib o'tamiz, «Venger ofsaydi» qoidasiga ko'ra, agar hujumchining tanasining biror qismi (gol urishi mumkin bo'lgan azosi) himoyachi bilan bir chiziqda bo'lsa, o'yinni davom ettirishga ruxsat beriladi. Yani, futbolchi faqatgina butun tanasi bilan oxirgi himoyachidan o'tib ketsagina, ofsayd qayd etiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Жирона" "Барселона"ни мағлуб этди! Ямалда омадсиз пенальти, якунда эса муштлашув
ЕЧЛ. Винисиуснинг ягона голи "Реал"га "Бенфика" устидан ғалаба тақдим этди. Моуринью четлатилди
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги илк ғалабасини тантана қилди, аммо юришини гуруҳ босқичида якунлади
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Fikrlar