So’nggi yangiliklar

14:57"Манчестер Сити"га янги сардор тайинланди  0 14:21Ўзбекистон Кубогидан ўрин олган “Бухоро” — ОКМК учрашувини бошқарадиган ҳакамлар номи маълум бўлди  0 14:15Пролига 10-турида ишловчи расмийлар эълон қилинди  0 13:38АПЛ 2025/26 мавсум тақвими эълон қилинди: МЮ 1-турда "Арсенал"ни қабул қилади  2 12:54"Манчестер Юнайтед" ўз футболчиси учун "Наполи"дан 25 млн. евро сўрамоқда  1 12:24Ильгиз Танташев клублар ўртасидаги Жаҳон чемпионати 2-тур ўйинида ишлайди  3 12:12Ўзбек футболи фахрийси Валерий Лёткин вафот этди  1 11:53Гвардиола клублар ўртасидаги ЖЧда кимлар ўйнаши ҳақидаги саволга жавоб берди  7 11:34Абдурауф Бўриев Шотландия клубига ўтиши мумкин эди, бироқ...  8 11:20Марказий Осиё. Қозоғистонда энг қиммат футболчи ўзгарди, Тожикистонда "Истиқлол" 4-ўринга тушди, "Аркадағ" эса кубок ярим финалига чиқди  1 11:05“Ал Насср“ футболчиси АПЛ грандига ўтиши мумкин  0 10:37Жаҳоннинг энг яхши ҳужумчилар рейтинги тузилди (топ-10)  3 10:10“Барселона“ йирик трансферни амалга оширишга яқин  6 09:43“Ювентус“ “Адидас“ билан янги шартнома имзолади. Келишув суммаси маълум  0 09:18Ўзбекистон кубоги. Бугун яна иккита чорак финалчилар аниқланади  3

Qishki uyqudan qaytgan Bundesliga: "Bavariya" Gvardiola va Anchelotti bilan uddalay olmagan ishini qildi Yangiliklar

Qishki uyqudan qaytgan Bundesliga: "Bavariya" Gvardiola va Anchelotti bilan uddalay olmagan ishini qildi

Bundesliganing ikkinchi davrasiga start berildi.

Germaniya chempionatining 18-turidan o'rin olgan dastlabki uchrashuvda "Bayer" hamda "Bavariya" jamoalari o'zaro to'qnash kelishdi. Bu jamoalarning birinchi davradagi bellashuvida myunxenliklar zafar quchishgandi. Leverkuzendagi "BayArena" stadionida ham bu takrorlandi.

Uchrashuvning dastlabki daqiqalarida maydonda asosan teng kurash kechgan bo'lsa, birinchi bo'limning ikkinchi yarmiga kelib mehmonlar ustunlikka ega bo'lishdi va tablodagi hisobda ham aks ettirishdi.

Aren Robbenning burchak zarbasidan so'ng dastavval Vidal boshi bilan darvozaga zarba bergandi, ammo to'p mezbonlar futbolchisiga tegib jarima maydonchasi ichida yolg'iz turgan Xavi Martines tomon keldi. Ispaniyalik yarim himoyachi esa bu vaziyatda osonlik bilan Bernd Leno qo'riqlayotgan darvozani ishg'ol etdi - 0:1.

SHundan so'ng birinchi bo'limda boshqa gol kiritilmadi.

Tanaffusdan keyin "Bayer" tashabbusni o'z qo'liga oldi va pozicion hujumda faol o'ynadi. "Bavariya" esa asosan qarshi hujumda harakat qilishiga to'g'ri keldi. Bu esa o'z navbatida myunxenliklarga qo'l keldi.

"Bayer"ning navbatdagi samarasiz chiqqan hujumidan keyin Sven Ulrayx tezlik bilan to'pni maydon markazida turgan Aren Robbenga uloqtirdi, gollandiyalik vinger esa hujumni rivojlantirish maqsadida Xames Rodrigesni to'p bilan taminladi. "Bavariya"ning 11-raqamdagi futbolchisi esa chap qanotdan jarima maydonchasi ichiga tezlik bilan kirib ketayotgan Riberini ko'rdi va franciyalik jamoadoshini qulay vaziyatga chiqardi. Riberi esa tablodagi hisobni o'zining aniq harakati va zarbasi bilan 0:2ga etkazdi.

Bu goldan g'azablangan "Bayer" hujumga yana zo'r berdi. Xayko Xerlixx esa o'zgarishlarni amalga oshirdi. Bu esa o'z samarasini ko'rsatdi. Oradan ko'p vaqt o'tmay jamoa to'purari Kevin Folland o'zining chiroyli harakatlari bilan ikki futbolchini aldab o'tdi va chamasi 16 metrlar masofadan to'pni darvoza tomon tepdi. Follandning yo'llagan zarbasi yo'l-yo'lakay rikoshet xosil qilib darvoza to'ridan joy oldi - 1:2.

Goldan ruhlangan "Bayer" endi mag'lubiyatdan qutilib qolish yo'llarini izlayotgandi. "Bavariya" darvozasini ishg'ol etgan Follandda yana bir qulay vaziyat yuzaga kelgandi. Ammo "Bavariya" himoyachisi Boateng va darvozabon Ulrayxning ishonchli o'yini evaziga uchraguvdagi muvozanat tiklanmay qoldi. "Bayer"ning qolgan daqiqalar ichida qilgan harakati besamar ketdi. Uchrashuvning so'nggi daqiqasida esa "Bavariya"ning 11-raqamdagi futbolchisi Xames Rodrigesning jarima zarbasidan nozik did bilan yo'llagan zarbasiga golga aylandi va o'yin taqdirini butkul hal etdi - 1:3.

Bayer Leverkusen

Kevin Volland - 70'

1. Bundesliga . 18-tur

13/01/2018, 00:30

3
:
1
Tugadi

Bayern Munich

Javier Martinez - 32', Franck Ribery - 59', James Rodriguez - 90'

Stadion: BayArena, 30210 tomoshabin

Bosh hakam: Daniel Siebert

45'
90'
10'  Kevin Volland
15'  Karim Bellarabi
60'  Karim Bellarabi (Benjamin Henrichs)
65'  Dominik Kohr (Lucas Alario)
70'  Kevin Volland
70'  Kai Havertz
77'  Julian Brandt (Admir Mehmedi)
27'  Thomas Mueller
32'  Javier Martinez
42'  Rafinha
59'  Franck Ribery
59'  James Rodriguez
65'  Arjen Robben (Kingsley Coman)
79'  Franck Ribery (Sandro Wagner)
90'  James Rodriguez
90'  Thomas Mueller (Corentin Tolisso)

SHu tariqa "Bavariya" yangi 2018 yilni g'alaba bilan boshladi.

"Dorishunoslar" Bundesligada o'tgan yilning sentyabr oyidan buyon mag'lubiyat nimalagini bilmay kelishayotgandi. Ammo 2018 yilning ilk rasmiy uchrashuvida bu yoqimli seriyaga "Bavariya" chek qo'ydi.

SHuningdek, bunga qadar "Bavariya" Leverkuzenda oxirgi bor aynan Yupp Xaynkes qo'l ostida g'alaba nashidasini surgandi.
Keyingi 4 yildan buyon myunxenliklarga bu erdan 3 ochko bilan qaytish nasib etmayotgandi. Yupp Xaynkes esa so'nggi 4 mavsumda Gvardiola va Anchelotti eplolmagan ishni yana o'zi uddaladi.

Bu g'alabadan keyin "Bavariya" to'palagan ochkolari soni 44 ochkoga etdi va Bundesliga turnir jadvalida yakka hokimlikni yanada mustahkamladi. "Bayer" esa 28 ochko bilan kuchli to'rttalikni tugatib turibdi.

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика