So’nggi yangiliklar

00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  3 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  3 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  4 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  12 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  8 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  18 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  20 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  13

Qirg'izistonlik hakamdan ozarbayjonlik yaxshi yoxud Alma-TV Kubogi nega ananaviy musobaqaga aylanmadi? Yangiliklar

Qirg'izistonlik hakamdan ozarbayjonlik yaxshi yoxud Alma-TV Kubogi nega ananaviy musobaqaga aylanmadi?

15 yil muqaddam Qozog'iston terma jamoasi Alma-TV Kubogini yutgan edi. Terma jamoaning o'sha g'alabasi sensaciyaning o'ziga xos prologiga aylandi.

Oradan ikki hafta o'tmay Arno Paypers jamoasi Evro-2008 saralash bosqichida ispaniyalik Xaver Klemente boshchiligidagi Serbiyani mag'lub etdi.

Mart oyidagi turnirda dastlab Qozog'iston, O'zbekiston, Ozarbayjon va Turkmaniston terma jamoalari ishtirok etishi rejalashtirilgan edi. Musobaqa startiga oz vaqt qolganda Turkmaniston o'rnini Qirg'iziston egalladi.

Qozog'iston ilk o'yinni Qirg'iziston bilan o'tkazdi. Mahalliy vaqt bilan soat 16:00da dunyoning bo'lajak eng yaxshi futbol hakami Ravshan Ermatov (2015 yilda o'zbekistonlik Global Soccer Awards sovrinini qo'lga kiritgan) hushtagi chalinib, turnirning ikkinchi o'yini boshlandi.

Qozog'iston shu kuni maydonga 4-3-2-1 taktik sxemasi bilan harakat qildi. Sevimli o'ng qanotiga o'tgan Dmitriy Byakov birinchi gol muallifiga aylandi. 3-daqiqada Jambil Kukeev chap qanotdan mehmonlarni jarima maydonchasiga oshirib berdi, darvozabon Valeriy Kashuba chiqishda ikkilandi va Dmitriy Byakov boshi bilan to'pni darvozaga yo'lladi – 1:0.

Maydonda mezbonlarga xos tarzda qozoqlar ustunlik qilishdi. Jasulan Dexanov himoya qilgan Qozog'iston terma jamoasi darvozasiga alohida tahdidlar yo'q edi (o'sha paytda soxta hujjatlarga ko'ra Jasur Narziqulov aynan shunday atalgan). Futbolchilar ikkinchi bo'limda ham etiborini hujumga qaratgan. Ulardan biri 68-daqiqada Anton CHichulinning uzoqdan yo'llagan zarbasi bilan yakunlandi - 2:0.

7 mart. SHimkent

Hakam: Ravshan Ermatov (O'zbekiston)

QOZOG'ISTON - QIRG'IZISTON 2:0 (1:0)

Hoji Muqon nomidagi stadion. 4 200 tomoshbani

Gollar: Byakov 3 (1:0), CHichulin 68 (2:0)

Ogohlantirishlar: Mamatov 8, Kornilov 32, Sergienko 77

QOZOG'ISTON: Dekxanov, Smakov, Kuchma (Kornienko 73), Jalmagambetov, Utabaev, CHichulin, Byakov (Sergienko 57), P. Aliev (Baltiev 57), Suyumagambetov (Tleshev 63), Finonchenko (Jumaskaliev 68), Kukeev (E. Azovskiy 87). Rezerv: Novikov

QIRG'IZISTON: Kashuba, Mamatov, Samsaliev, Askarov, Kydyraliev (Amin 46), SHHerbina, Zakirov (Amirov 46), Xarchenko, Berezovskiy (Muladjanov 69), Kornilov (Lutfulaev 73), Mirzaliev (Zemlyanuxin 46). Rezerv: Volkov, Bokoev



Niderlandiyalik mutaxassis Arno Paypers boshchiligidagi Qozog'iston terma jamoasining ilk g'alabasi Ruslan Baltievning asosiy tarkibdagi 50-uchrashuvida qayd etildi. Kun qahramoni ikkinchi bo'limda Pirali Aliev o'rniga maydonga tushdi. Aytgancha, Paypers ikkinchi darvozabonni hisobga olmaganda, o'yin qaydnomadagi barcha futbolchilardan foydalandi.

Musobaqaning ilk o'yinida esa Ozarbayjon terma jamoasi O'zbekistonni mag'lub etdi (1:0). Natijada, Qozog'iston turnir jadvalida peshqadamlik qilish imkoniga ega bo'ldi. 

Finonchenko maydonga tushidi va gol urdi

2-turda O'zbekiston Qirg'izistonni mag'lub etdi – 6:0. Qozog'iston Ozarbayjon bilan to'qnash kelgandi. Qozog'iston Paypers qo'l ostida olti oy avval Bokuda Ozarbayjon bilan durang o'ynagandi (1:1).

Qozog'iston o'yin kuni aytarli darajada ko'zga tashlanmadi. Ozarbayjonlar tartibli o'yin ko'rsatdi. 

79-daqiqada “SHaxtyor” hujumchisi Andrey Finonchenko zaxiradan maydonga tushdi va shu zahoti qozog'istonliklar jarima to'pini tepish huquqiga ega bo'lishdi. Aleksandr Kuchma raqib jarima maydonchasiga uzun uzatmani amalga oshirdi, bunda Finonchenko boshi bilan to'pni darvozaga yo'llab, Veliev darvozasini ishg'ol qildi, - 1:0. 


9 mart. SHimkent

Hakam: Mashencev (Qirg'iziston)

QOZOG'ISTON - OZARBAYJON 1:0 (0:0)

Hoji Muqon nomidagi stadion. 4 500 tomoshabin

Gol: Finonchenko 80

QOZOG'ISTON: Loriya, E. Azovskiy, Kuchma, Jalmagambetov, Irismetov, Skoryx, Baltiev, Sergienko (Smakov 62), Jumaskaliev (Kamelov 83), Ashirbekov (Utabaev 71), Suyumagambetov (Finonchenko 79). Rezerv: Kornienko, CHichulin, Novikov

OZARBAYJON: Veliev, Pereyra, Ladaga (Baxshiev 71), R. Guliev (Amarguliev 88), A. Kerimov, Abbasov, Sultanov (Djavadov 75), Gomesh, Imamaliev (Gashymov 72), K. Kerimov (Subashich 70), CHertoganov. Rezerv: Gasanzade, Yunisogli

Ogohlantirishlar: Abbasov 29, K. Kerimov 34, Baltiev 35, CHertoganov 53, Ashirbekov 64, Baxshiev 84, Kuchma 86



O'zbekiston bilan hal qiluvchi bahsda qozog'istonlik futbolchilar uchun asosiy maqsad bitta, yani, mag'lubiyatga uchramaslik edi. Boshqa har qanday natija ularni birinchi o'ringa olib chiqar edi.

11 mart kuni quyoshli kun (CHimkentda ob-havo buzildi) kutilmagan hodisalar bilan boshlandi. Hakamlar tarkibi almashdi. Ozarbayjon - Qirg'iziston o'yinini... Ozarbayjonlik hakamlar boshqarib borishdi! Hakamlik xolis bo'ldi, deb bo'lmaydi, ozarbayjonliklar 1:0 hisobida g'alaba qozondi. O'yindan so'ng har ikki jamoa ham hakamlarning betaraflik tamoyili buzilganiga norozilik bildirib, taqdirlash marosimiga borishdan bosh tortdi.

Qozog'iston va O'zbekiston terma jamoalari o'rtasidagi o'yinni ozarbayjonlik hakamlar o'rniga qirg'izistonlik brigada boshqardi (insayder malumotlarga ko'ra, ular mezbonlarga kerakli natijani taqdim etishdan bosh tortgan, shuning uchun ham almashtirilgan).

Boshlanishi qozoqlarga qoldi. 13-daqiqada markazga harakat qilgan Byakov 11 metrlik belgiga yugurib kelayotgan Murat Suyumagambetovga uzatma berdi va u to'satdan zarba berdi - 1:0.

O'yinning 34-daqiqasida O'zbekiston muvozanatni tikladi. Leonid Koshelev Byakovdan to'pni olib qo'yib, Aleksandr Geynrixga uzatma berdi. U esa  darvozaning yaqin ustuniga muloyimlik bilan joylab qo'ydi - 1:1.

11 mart. SHimkent

Hakam: Mashencev (Qirg'iziston)

Hoji Muqon nomidagi stadion.  5 200 tomoshabin

QOZOG'ISTON - O'ZBEKISTON 1:1 (1:1)

Gollar: Suyumagambetov 13 (1:0), Geynrix 34 (1:1)

Qozog'iston: Loriya, Smakov, Kuchma, Jalmagambetov, F. Irismetov, CHichulin, Byakov (Sergienko 55), Skoryx, Suyumagambetov (Finonchenko 71), Baltiev, Utabaev (Jumaskaliev 58). Rezerv: E. Azovskiy, Kornienko, Kamelov, Novikov

O'zbekiston: Nesterov, Ashurmatov (Soliev 66), Suyunov, Aliqulov, Koshelev (Mandzukas 83), Jeparov, Hoshimov, Geynrix (SHishelov 75), Magdeev, Kapadze, Inomov. 

Zaxiradan maydonga tushganlar: Bugalo, Fayziev, J. Irismetov, Muxitdinov

Ogohlantirish: Jalmagambetov 21

CHetlatish: Soliev 88

Uchrashuvning eng kulminacion voqeasi 88-daqiqada ro'y berdi. O'zbekiston terma jamoasi azosi  Vladimir SHishelov David Loriya bilan yakkama-yakka chiqdi. Hech qanday chora yo'qligini tushunib, Loriya tomon yurdi va ... SHishelov maydonga yiqilgan edi. Biroq qirg'izistonlik referi qoidabuzarlik yo'q deb topdi. SHundan so'ng darhol O'zbekiston terma jamoasi futbolchilari, jumladan, zaxira o'rindig'i vakillari ham maydonga chiqib ketadi.

Uchrashuv bosh hakami Dmitriy Mashencev penalti belgilamadi va o'yin durang bilan yakunlandi. Bu natija esa Qozog'iston terma jamoasiga turnir g'olibiga aylanish imkonini berdi.



ALMA-TV-2007 KUBOGINING ENG YAXSHILARI

Eng yaxshi darvozabon - Ignatiy NESTEROV (O'zbekiston)

Eng yaxshi himoyachi – Ernani PEREYRA (Ozarbayjon)

Eng yaxshi yarim himoyachi - Eduard SERGIENKO (Qozog'iston)

Eng yaxshi hujumchi - Aleksandr Geynrix (O'zbekiston)

Eng yaxshi to'purar - Ulug'bek BAQOEV, 3 ta gol (O'zbekiston)

Turnirning eng yaxshi futbolchisi - Maksim JALMAGAMBETOV (Qozog'iston)

Taqdirlash marosimida o'sha paytdagi Janubiy Qozog'iston viloyati hokimi Umirzoq SHukeev “Biz turnir ananaviy bo'lib, Markaziy Osiyo kubogiga aylanishini istaymiz!”, degan tilaklarini bildirdi. Yo'q. Bu ananaviy turnirga aylanmadi. 

Oradan ko'p yillar o'tdi. SHikoyatlar unutilgan bo'lsa kerak, terma jamoalar uchun mashg'ulotlar juda zarur. 16 noyabr kuni Toshkentdagi "Paxtakor" stadionida do'st-raqiblarning yangi uchrashuvi bo'lib o'tadi.

"O'ylaymanki, O'zbekiston terma jamoasi Evro-2024 saralash bosqichiga tayyorgarlik ko'rish uchun yaxshi raqib. Bu o'yin murabbiylar shtabi uchun juda foydali bo'ladi. O'zbekistonda sifatli futbolchilar bor. Men bo'lajak Evropa chempionati saralashida biz umid qilayotgan futbolchilarni tekshirib ko'rmoqchiman. Ishonchim komilki, qiziqarli o'yin bo'ladi", – deya Qozog'iston terma jamoasi bosh murabbiyi Magomed ADIEVning so'zlarini keltiradi QFF matbuot xizmati.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика