Qirg'iziston terma jamoasi o'z bosh murabbiyi bilan shartnomani uzaytirdi

Narzulla Saydullayev
10 fev 2019, 18:21
Qirg'iziston futbol Federatsiyasi milliy terma jamoa ustozi Aleksandr Krestinin bilan 4+1 ko'rinishida shartnomani uzaytirdi.

Murabbiy bugun Qirg'iziston FF yangi prezidenti Kanatbek Mamatov qabulida shartnomaga imzo chekdi. Aleksandr Krestinin jamoani JCH-2022 va Osiyo Kubogi-2023 saralashiga tayyorlaydi. Bu haqda QFF rasmiy sayti xabar berdi.

Aleksandr Krestinin:

- Qirg'iziston terma jamoasida ishlashda davom etishimdan xursandman. Jamoa o'zi uchun birinchi Osiyo Kubogiga yaxshi tayyorlandi va natija to'g'ri yo'ldaligimizni ko'rsatdi. Shunday davom etishni istaymiz. Yoshlar alohida e'tibor qaratamiz. Ular terma jamoa kelajagi. Oldimizga qo'yilgan maqsadlarga erishish uchun bor kuchimiz bilan harakat qilamiz.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia