

O'z maydonida Bishkekning "Olg'a"sini qabul qilgan "Qora-Bolta" irodali g'alabani qo'lga kiritdi. Hisob mehmonlar tomonidan ochildi. Talantbekov penaltidan unumli foydalandi. Oradan olti daqiqa o'tib Omuraliev vaziyatni tenglashtirgan bo'lsa, 77-daqiqada hamyurtimiz Shohruh Murotov yakunda maydon egalariga uch ochko taqdim qilgan gol muallifiga aylandi. Bu hamyurtimizning Qirg'iziston chempionatidagi birinchi golidir.
Eslatib o'tamiz, bu "Qora-Bolta"ning Qirg'iziston chempionatidagi ilk g'alabasidir. Shohruh Murotov o'tgan mavsumning ikkinchi qismini "Obod" safida o'tkazgan edi.
QIRG'IZISTON CHEMPIONATI
7-tur. 20 may
"QORA-BOLTA" (Qora-Bolta) – "OLG'A" (Bishkek) 2:1 (0:0)
Hakam: T.Fayzullin.
Gollar: Talantbekov, 64-penaltidan - 0:1. Omuraliev, 70 - 1:1. Shohruh Murotov, 77 – 2:1.



