So’nggi yangiliklar

15:53Трент Александер-Арнольд "Реал"га ўтади  0 15:20Осиё кубоги-2025 саралаши. Ўзбекистон - Кувайт учрашуви галереяси  0 15:03Breaking! Абдуқодир Ҳусанов бугун хусусий самолётда Манчестерга учиб боради  15 14:51Постекоглу: "Арсенал" ўйинни назорат қилди, бу нормал ҳолат эмас"  0 14:26"Локомотив" ўртоқлик учрашувида "Хоразм"ни енгди  4 14:03Абдуқодир Ҳусанов "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнаши маълум  13 14:01"Сурхон" Ўзбекистон МТЖнинг гуруҳдаги рақиби билан ўйнайди  2 13:10"Манчестер Юнайтед"нинг собиқ футболчиси АҚШга йўл олиши мумкин  4 12:35Эшитдик-да! "Андижон"га бўйдор легионер ҳимоячи келмоқда  11 12:22Расман: "Ювентус" португалиялик ҳимоячи сотиб олди  3 12:03АҚШнинг хусусий инвестиция компанияси А Серия клубининг 100% акциясини сотиб олди  0 11:52ЎФА учта клубнинг трансфер тақиқини шартли равишда бекор қилди  1 11:48Мафтуна Шойимова: "Тўплар нисбати якунда юқорироқ ўрин эгаллаш учун керак бўлиб қолиши мумкин"  0 10:17Феруза Турдибоева: "Ўз ўйинимизни намойиш эта олдик"  2 10:06«Реал Мадрид» ТОП ҳимоячи билан деярли келишувга эришди  9

"Qayrat" haqida nimalarni bilish kerak: jamoa etakchilari, o'tgan mavsum natijalari va "Paxtakor" bilan solishtirish Yangiliklar

"Qayrat" haqida nimalarni bilish kerak: jamoa etakchilari, o'tgan mavsum natijalari va "Paxtakor" bilan solishtirish

Bugun Markaziy Osiyo derbisi!

Bugun Toshkentda "Paxtakor" va "Qayrat" o'zaro kuch sinashadi. Bu to'qnashuv SSSR vaqtlarida principial hisoblangan, ammo o'shandan buyon ancha narsa o'zgardi.

Championat.Asia hozirgi "Qayrat" haqida nimalarni bilish kerakligi haqida so'z yuritadi.

O'tgan mavsum natijalari

"Qayrat" o'tgan mavsum oltin medal sohiblari ("Astana")dan 11 ochko ortda qolgan holda, Qozog'iston chempionatida to'rtinchi o'rinni egalladi. "Qayrat" birinchi davradan so'ng umuman turnir jadvalining o'rtalarida joylashgan edi!

Jamoada bosh murabbiy almashishi bilan natijalar yuqoriga qarab o'sib ketdi. "Rubin"dagi faoliyati orqali tanish bo'lgan Qurbon Berdiev o'rniga Kirill Keker keldi. "Qayrat" Keker qo'l ostida 23tadan 13 o'yinni yutdi, Berdiev bilan esa 32ta bahsning 14tasida zafar quchilgan edi. Olmaotaliklar mavsum so'nggida o'n o'yinlik mag'lubiyatsiz seriya (7 g'alaba va 3 durang) qayd etishdi.

"Qayrat"ning UEFA Konferenciyalar ligasi guruh bosqichiga chiqa olmaganini ham qayd etish kerak: jamoa Vengriyaning "Kishvarda"si bilan ikki o'yinda ham mag'lubiyatga uchradi."Qayrat" Qozog'iston kubogida "Akjayik"ga yutqazgan holda, musobaqaning chorak finalidanoq chiqib ketdi. Olmaotaliklar 2022-yilgi mavsum so'nggida evrokuboklarda yo'l olishmadi.


Oltin uchun kurash

"Qayrat" o'zining avvalgi buyukligini uyg'otishga harakat qildi. Klubga katta pullar tikildi, qimmat legionerlar jalb qilindi - masalan, Andrey Arshavin va Vagner Lav.

Ammo natijalar past edi: klub so'nggi 20 yil ichida faqatgina ikki bor (2004 va 2020 yillar) chempion bo'lishga erishdi. "Qayrat" 2015-2019 yillarda ikkinchi o'rinni egalladi. Qozog'iston futbolining hozirgi etakchilari ko'proq "Astana" va "Tobol" hisoblanadi.


Tarkib va jamoa etakchilari

"Qayrat" tarkibi so'nggi yillarda jiddiy o'zgardi. O'n yil davomida etti bor chempionlikni qo'lga kiritgan "Astana" bilan omadsiz kurash olib borilganidan so'ng, olmaotaliklar tarkibga kamroq mablag' ajrata boshladilar. Transfermarkt 2022 yilda "Qayrat"ning tarkibini 26,8 mln evro, 2021 yilda 31 mln evro, 2020 yilda 25 mln evro, hozir esa atigi 6,5 mln evroga baholagan.

"Qayrat" endilikda o'z yoshlariga asosiy urg'uni beradi. Klub faol tarzda infratuzilmani rivojlantirmoqda va kelajakka sarmoya kiritmoqda. Jamoaning o'rtacha yoshi atigi 22,1 yoshni tashkil etadi - bu Qozog'iston chempionati klublari orasidagi eng yosh tarkib. Transfermarkt talqiniga ko'ra, "Qayrat"ning eng qimmat o'yinchilari Artur SHushenachev va Guljigit Aliqulov hisoblanadi - ikkisi ham 600 ming evro turadi.

Solishtirish uchun: Transfermarkt "Paxtakor" tarkibini bir yarim baravar qimmatga baholamoqda (9,7 mln evro), jamoaning eng qimmat o'yinchisi esa Odil Hamrobekov hisoblanadi (1 mln evro).

"Qayrat" etakchilari quyidagi o'yinchilar deyish mumkin: Artur SHushenachev - 24 yoshli forvard, o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 46ta o'yinda 14ta gol va 6ta assist qayd etdi; Joao Paolo - hujumdagi bir necha poziciyalarda o'ynay oladigan 34 yoshli braziliyalik. "Qayrat"da o'tgan mavsum 35ta o'yinda 24ta samarali harakat (14ta gol va 10ta assist) amalga oshirdi; Viktor Vasin - CSKA va Rossiya terma jamoasidagi ishtiroki orqali tanish bo'lgan 34 yoshli markaziy himoyachi. "Qayrat"ga bir yil oldin o'tdi, klub safida 32ta o'yin o'tkazdi va uchta to'p kiritdi. Bir necha o'yinlarda maydonga sardorlik bog'ichi bilan tushdi; Sergey Keyler - 28 yoshli chap himoyachi, "Qayrat"ning asosiy sardori. U o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 25ta o'yinda ikkita gol urdi va bitta uzatma ijro etdi; Danil Ustimenko - yosh va katta umidli darvozabon. 22 yoshida olmaotaliklarning "birinchi raqami" va Qozog'iston terma jamoasiga chaqirilmoqda. U o'tgan mavsum 32ta o'yin o'tkazdi, 11tasida darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi va 41ta to'p o'tkazib yubordi; SHuningdek bir necha yosh o'yinchilarni qayd etish mumkin. Ularning orasida Guljigit Aliqulov, Arsen Buranchiev va Daniyar Usenov bor. Ular yaqin yillarda "Qayrat"ning muhim o'yinchilariga aylanishlari va balki Evropa klublariga yo'l olishlari mumkin.


Qiziqarli faktlar

"Qayrat" safida turli vaqtlarda Jafar Irismetrov (54ta o'yin, 22ta gol), Viktor Karpenko (45, 11), Muxtor Qurbonov (15, 1), Azizbek Hoshimov (15), Jasur Jaloliddinov (7) va Andrey Strelcov (2) kabi o'zbek futbolchilari o'ynashgan. 

Rasmiy malumotlarga ko'ra, "Paxtakor" va "Qayrat" o'zaro 50 bor to'qnash kelishgan. "Paxtakor" 18 g'alabaga erishgan, "Qayrat" esa 21 bor yutgan, yana 11ta o'yin durang bilan yakunlangan.


Nikolay Egorichev 

Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика