"Qayrat" bosh murabbiyi nima uchun Jasur Jaloliddinov ikkinchi taym boshida almashtirilganiga izoh berdi
17 mar 2022 22:55
Yangiliklar
"Qayrat" bosh murabbiyi nima uchun Jasur Jaloliddinov ikkinchi taym boshida almashtirilganiga izoh berdi
1:1 hisobida yakun topgan bellashuvda hamyurtimiz Jasur Jaloliddinov 45 daqiqa harakat qilib, ikkinchi taym boshida almashtirildi. O'yindan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Qurbon Berdiev shunday dedi:
- Kutganimdek og'ir o'yin bo'ldi. Bazi futbolchilarimiz jarohat olishdi. Aliqulov o'z poziciyasida o'ynamadi. Yoshlar esa umuman olganda yomon o'yin ko'rsatmadi. Agar Banyak safimizda bo'lganida biz boshqacha sxemada - yani to'rt nafar himoyachi bilan harakat qilgan bo'lardik.
- Jasur Jaloliddinovning o'yinini qanday baholaysiz va nima uchun almashtirildi?
- Aytishim mumkinki, undagi bosim va hayajon sezilib turdi. Jasurda salohiyat juda yuqori, lekin bugun o'z imkoniyatlarini 50 foiz ham ko'rsata olmadi. Bazan "yo'qolib" qoldi, lekin yanada kuchli o'yin namoyish eta olishiga ishonaman.
Malumot uchun: Jasur Jaloliddinov avvalgi ikki turda qaydnomaga kiritilgan, biroq maydonga tushmagandi. 3-turga kelib u Qozog'iston chempionatidagi debyutini nishonladi. Kuyingi bahslarda mohir yarim himoyachimizdan yanada yorqin harakatlar kutib qolamiz.
P.S. "Qayrat" 3ta turdan so'ng 7 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
Fikrlar