Qatarda Arab Kubogi pley-off uchrashuvlari o'tkaziladi, hamyurtimiz Farhod Abdullaev nazoratchi vazifasini bajaradi
13 iyu 2021 16:26
Yangiliklar
Qatarda Arab Kubogi pley-off uchrashuvlari o'tkaziladi, hamyurtimiz Farhod Abdullaev nazoratchi vazifasini bajaradi
Jahon chempionatiga qadar ushbu mamlakat yana bir katta musobaqaga mezbonlik qiladi. Gap arab davlatlari o'rtasida tashkil etiladigan Arab Kubogi-2021 musobaqasi haqida boryapti. 27 aprel kuni mazkur musobaqaga qura tashlash marosimi bo'lib o'tgandi.
Qura natijalari:
"A" guruhi: Qatar, Iroq, Ummon/Somali, Bahrayn/Quvayt
"B" guruhi: Tunis, BAA, Suriya, Mavritaniya/Yaman
"C" guruhi: Marokash, Saudiya Arabistoni, Iordaniya/Janubiy Sudan, Falastin/Komor orollari.
"D" guruhi: Jazoir, Misr, Livan/Djibuti, Liviya/Sudan.
Jamoalarni guruhlarga bo'layotganda FIFA reytingidagi o'rinlaridan kelib chiqildi. Natijada eng yaxshi ko'rsatkichga ega 9ta jamoa to'g'ridan to'g'ri guruhga tushdi. Qolgan 12 jamoa o'zaro pley-off bahsida g'olibni aniqlaydi.
FIFA Arab Kubogi musobaqasi shu yilning ikkinchi yarmida JCH-2022 o'yinlari bo'lib o'tadigan 6ta stadionda tashkil etiladi.
Ungacha esa 19-25 iyun kunlari musobaqaning guruh bosqichiga chiqish uchun pley-off uchrashuvlari bo'lib o'tadi. Etiborlisi, barcha o'yinlarda hamyurtimiz Farhod Abdullaev hakamlar nazoratchisi vazifasini bajaradi. Pley-off o'yinlarini boshqarish uchun Saud Ali Al Adba (Qatar), Benua Bastien (Franciya), Daniele Doveri (Italiya), Mustafa Gorbal (Jazoir) kabi hakamlar taklif etilgan.
Pley-off juftliklari:
19 iyun. Liviya - Sudan
20 iyun. Ummon - Somali
21 iyun. Iordaniya - Janubiy Sudan
22 iyun. Mavritaniya - Yaman
23 iyun. Livan - Djibuti
24 iyun. Falastin - Komor orollari
25 iyun. Bahrayn - Quvayt
Fikrlar