Qatar Sport va yoshlar vaziri O'zbekiston milliy terma jamoasi delegaciyasi bilan uchrashdi
16 jan 2024 15:07
Yangiliklar
Qatar Sport va yoshlar vaziri O'zbekiston milliy terma jamoasi delegaciyasi bilan uchrashdi
Uzoq yillar mobaynida Qatar futbol associaciyasi prezidenti sifatida faoliyat yuritgan, hozirda mamlakatning Sport va yoshlar vaziri SHayx Hamad bin Xalifa bin Ahmad Al-Tani O'zbekiston milliy terma jamoasi delegaciyasi bilan uchrashdi.
So'nggi yillarda yurtimizda futbolni rivojlantirish borasidagi harakatlarni yuqori baholab, ikki mamlakat futbol associaciyalari o'rtasidagi hamkorlik loyihalariga to'xtalib o'tdi. O'zbekiston U-17, U-20 va U-23 terma jamoalarining qita va xalqaro maydondagi natijalarini etirof etdi. Milliy terma jamoamizning Osiyo kubogidagi o'yinlariga omad tiladi.
Fikrlar