So’nggi yangiliklar

21:55Ҳарри Магуайр бир неча ҳафтага сафдан чиқди  0 21:29Серхио Агуэро "Барселона"ни судга берди  3 21:03Асрор Алиқулов: "Қўқон-1912"га қарши дуранг унчалик ҳам ёмон натижа эмас"  0 20:38Шомуродов, Ўрунов, Юсупов, Файзуллаев ва Ҳусанов ҳам машғулотларга киришди ГАЛЕРЕЯ  20 20:11Мбаппе – "Реал"нинг сентябрдаги энг яхши футболчиси  2 19:33Гравенберх: "Слот ўз кучимга ишонишимга ёрдам бермоқда"  0 19:03Элдор Шомуродов: "Эронга қарши ўйин, Қирғизистонга қарши баҳсдан осонроқ бўлади"  24 18:31ПРО-Лига. "Қўқон-1912"га қарши баҳсда "Машъал" сўнгги дақиқаларда мағлубиятдан қутулиб қолди  8 17:53Эдер Милитао яна жароҳат олди  4 17:24"Барселона" эътиборини "Лилль" ҳимоячисига қаратди  3 16:53Артета Кай Хаверцнинг сирини ошкор қилди  2 16:28Эрон терма жамоаси делегацияси Тошкентга етиб келди  20 15:55Жанлуижжи Доннарумма: "Танқидлар билан ишим йўқ"  0 15:10Руни: "Эрик тен Хаг – ажойиб мураббий, аммо ҳозир қийин даврни бошдан кечирмоқда"  1 14:45Упамекано ҳам сафдан чиқди ва Франциянинг ўйинларини ўтказиб юборади  1

Qatag'on davrida o'tkazilgan Argentinadagi mundial haqida Yangiliklar

Qatag'on davrida o'tkazilgan Argentinadagi mundial haqida

Argentina 1978 yilgi Jahon chempionatini o'z uyida (qatag'on payti) o'tkazdi. Ziddiyat va kelishmovchiliklar tufayli ochilish marosimi qamoqxonadan bir kilometr uzoqlikda bo'lib o'tdi.

FIFA musobaqani keyinga qoldirmadi.

Argentinalik muxlislar o'z suyuklilari yirik turnirlarda muvaffaqiyatli ishtirok etgan vaqtlarni zavq bilan bilan xotirlashadi, ammo Jahon chempionatidagi ilk oltin faqat quvonchdan iborat bo'lmadi. 1978 yilgi chempionlik butun mamlakatni larzaga solgan terrorizm va harbiy tartibsizliklar bilan eslanadi. 

"Milliy qayta tashkil etish jarayoni" - Argentina tarixining 1976-1983 yillardagi tarixi hisoblanadi. Ommaviy  "Jirkanch urush" nomi ushbu voqealarni yanada aniqroq tavsiflaydi. 70 yillarning ikkinchi yarmida mamlakat hokimyati qattiq, avtoritar boshqaruv tarafdori bo'lgan general Xorxe Videla qo'liga o'tdi. Uning qatiy tartibni istashi jamiyatdagi beqaror vaziyat bilan bog'liq edi: bir necha yil davom etgan ichki ziddiyatlar tufayli mamlakat parchalanib ketdi. 

Ushbu davrga kelib so'l tarafdagi "Montoneros" partizan tashkiloti tuzildi, ammo ushbu harakatda ham gumanizm g'oyalari yo'q edi: ular o'g'irlashdi, o'ldirishdi. Bir guruh harbiylar ko'ngilli tarzda "Montoneros" radikallariga qarshi kurashdilar. Ular dastlab prezident Izabel Peronni kelishuv va harakatsizlikda ayblab, keyin uni ag'darib tashlashdi. Davlat to'ntarishiga Admiral Emilio Massera va general Xorxe  Videla boshchilik qildi. Xunta 1976 yilda - Jahon chempionati boshlanishidan atigi ikki oy avval hokimiyatga kelgan.

O'sha yillarda Lotin Amerikasida davlat to'ntarishi oddiy hodisa edi. Biroq, Argentinaning yangi rahbariyati tadbiq etgan usul va g'oyalar hayratlanarli darajada shafqatsizlik edi. Diktatura yillari o'g'irlash, hisbga olish va qiynoqlar bilan yodda qoldi. 30 mingga yaqin odam bedarak yo'qolgan: antikommunistik alyans dissidentlarga va shunchaki ishonchsiz odamlarga qarshi kurashgan. Xunta qulaganidan so'ng, hokimiyat muxoliflariga qarshi repressiyalarning dahshatli tafsilotlari oshkor bo'ldi.

Xunta nafaqat oddiy odamlarni, balki sportchilarni ham qo'rqib yashashga majbur qildi. 1970 yillarda sirli tarzda "La Plata" jamoasining o'nlab regbichilari g'oyib bo'lishdi. Ulardan bazilari kommunistik tashkilotlarning azolari edi. Hokimiyat norozilikka qarshi ayovsiz kurash olib bordi. Matbuotda (OAV davlat tomonidan to'liq nazorat qilingan) futbolchilar yo'qolib qolganligi haqidagi xabar xuddi tizimni ag'darishga intilayotgan terrorchilar tomonidan sportchilar o'g'irlab ketilgandek talqin etildi. 

Harbiy jinoyatlarni tergov qilish boshlanishidan avval boshqa mamlakatlar Argentinadagi vaziyat haqida taxmin qila boshladilar. 1978 yilda Jahon chempionatini xunta boshqaradigan shtatda o'tkazilishi juda xavfli edi. Argentina ushbu mundialga hukumat demokratik bo'lgan 1966 yildan beri tayyorgarlik ko'rardi. Rasmiylar chempionat ularga inqirozdan chiqish, sarmoyalarni jalb qilish va yangi ish o'rinlari yaratishga imkon beradi, deb umid qilishdi. FIFA rahbarlari janubiy amerikaliklarga turnir mezbonligini berishni juda xohlashmagani aniq. Biroq, boshqa potencial nomzodlar arizalarini qaytarib olishgani uchun futbol mutasaddilarida tanlash imkoniyati yo'q edi.

Yangi hukumat Jahon chempionatidan voz kechmadi, aksincha, o'z manfaatlari yo'lida foydalandi. Generallar dunyoga kuchli va mustaqil Argentina qiyofasini taqdim etishga harakat qildilar. To'ntarish paytida vafot etgan Omar Aktis o'rniga xunta protegi tashkiliy qo'mita rahbari lavozimiga tayinlandi. Stadionlar, aeroportlar, mehmonxonalar va yo'llar barpo etish, rekonstrukciya qilish uchun katta mablag' sarflandi, eksklyuziv eshittirishlarni uzatadigan televizion markaz barpo etildi.

U erdan qochganlar Argentinda aslida nimalar bo'layotgani haqida gapirib berishlari mumkin edi. Ko'pchilik mamlakat haqida o'ylasa, yaqinlashib kelayotgan Jahon chempionatini emas, balki dahshat, qo'quv va kuchsizlikni eslardi. Turnirni boykot qilishga dastlabki chaqiriq 1977 yil oktabr oyida Franciyaning "Le Monde" gazetasida paydo bo'ldi. Nashr Videlaning jinoyatlari haqida ko'p yozgan va Franciya terma jamoasining Argentinaga borishini istamagan.

CHempionat boshlanishidan 6 oy oldin bir guruh jurnalistlar qo'mita tuzishdi. Uning vazifasi futbolchilar va federaciyani safardan voz kechishga ko'ndirish edi. Ushbu murojaat Evropa jamoalari va shaxsan Mishel Platiniga (Franciyaning asosiy yulduzi) ham tegishli. Boykot tarafdorlari 1978 yilgi jahon chempionatini 1936 yilgi Berlin olimpiadasi bilan taqqosladilar. Qo'mita matbuotda Videlaning karikaturalarini chop etdi va turnirnirning o'zgartirilgan logotipi (tikanli panjaralar aks etgan) gazeta, jurnallar uchun asosiy mavzuga aylandi.

Qo'mitaning harakatlari turli davlatlarda qo'lab-quvvatlandi. Masalan, niderlandiyalik yozuvchi va rassom Frek de Yong boykotning ashaddiy tarafdorlaridan biri edi. Bir gal u Niderlandiya terma jamoasiga murojaat qildi: "Siz Jahon chempionatiga qahramonlar sifatida borasiz va ularga hamkor sifatida qaytib kelasiz". De Yongning urinishlari bekor ketdi, Niderlandiya terma jamoasi Jahon chempionatiga bordi va hatto finalda o'ynadi. Jamoa Argentinaga Yoxan Kroyfsiz bordi, ammo keyinchalik o'zi eslaganidek, Yoxanning bu boykotga hech qanday aloqasi yo'q edi. Turnirdan bir oy avval uning oilasi garov uchun o'g'irlab ketilgan. Voqea baxtli yakun topgan bo'lsa-da, Kroyf oilasini tark etishni istamagan.

Gollandlar finaldan oldin g'alaba qozonishsa, qanday yo'l tutish kerakligini muhokama qilganliklarini xotirlaydilar. CHunki mundial kubogi diktator, zolim va jinoyatchi bo'lib ko'rinadigan Xorxe Videlaga topshirilishi kerak edi. Muommo o'z-o'zidan hal bo'ldi - mezbonlar g'alaba qozonishdi.

SSSR termasiga keladigan bo'lsak: saralashda ikkinchi o'rinni egalladi va hatto Argentinaga ham bormadi. Sovet matbuoti Xorxe Videla tuzumi haqida Augusto Pinochetning CHili xuntasi singari ko'p gapirib o'tirmadi.

FIFA esa baland ovoz bilan bayonot berishdan qo'rqardi. O'sha paytlarda ham katta turnirlar katta pul olib kelgan. CHempionatni boshqa mamlakatga ko'chirish echimi yo'q muammolarga aylanib ketishi mumkin, bundan tashqari, Argentina xalqaro federaciyadan allaqachon 500 million dollar kredit olgan. FIFA xuntadan xavfsizlik kafolatlarini olib, biroz tinchlandi. 1978 yilgi tajribadan so'ng, futbol mutasaddilari xavf-xatarlarni qayta ko'rib chiqadigan bo'ldilar. 1986 yilgi mundial Kolumbiyada o'tishi kerak edi. Biroq, u erda jinoyatchilik ave olgani bois Meksikaga ko'chirildi. 

Ammo, Inson huquqlari tashkilotlarining barchasi qo'mita tomonida bo'lmagan. Xalqaro Amnistiya tashkiloti ochiqdan-ochiq boykotni rad qilgan va faqat "Futbolga ha, qiynoqqa yo'q" shiori bilan chiqqan. Uning poziciyasi quyidagicha: futbolchilar Argentinaga u erda qanday dahshat yuz berayotganini ko'rib, boshqalarga u aytib berish uchun ham borishsin.   

CHempionat tashkilotchilari kutib o'tirishni istamadilar, balki jurnalistlarning chaqiriqlariga qarshi katta PR kompaniya bilan javob berishdi. PR kompaniyaning ishini boykotga chaqiriqlardan muvaffaqiyatli chiqdi, deyish mumkin. Sababi shundaki, tanlangan barcha jamoalar oxir-oqibat Argentinaga kelishdi.

Jahon chempionatidan oldin rasmiylar axborot treninglari tashkil etishdi. Nodemokratik bo'lganligi uchun har qanday tanqid noto'g'ri, bo'lajak mundial oddiy argentinaliklar va butun Lotin Amerikasi hayotidagi eng muhim voqea deb elon qilindi. Ijobiy imij yaratish uchun Amerikaning "Burson Marsteller" kompaniyasi jalb qilingan.


Kompaniya Evropa mamlakatlarida so'rov o'tkazdi, natijalar evropaliklar Argentina haqida hech narsa bilmasliklarini ko'rsatdi. Xuddi shu so'rovnoma jurnalistlar o'rtasida ham o'tkazildi: ko'pchilik mamlakatni totalitar va repressiv davlat deb atadi. "Burson-Marteller" matbuot bilan ishlash strategiyasini ishlab chiqdi: ular turli mamlakatlarning etakchi jurnalistlari, nashrlarini tanlab olishdi va ularga "to'g'ri" materiallarni etkazib berishdi. SHu tariqa gullab-yashnayotgan, obod Argentinaning qiyofasini yaratishga erishdilar. SHuningdek, Xorxe Videla zolim va qotil emas, balki dono hamda tarqqiyparvar hukmdor qilib ko'rsatilgan bir nechta hujjatli filmlar suratga olindi.

Benazir hukmdor Jahon chempionati paytida o'zining PR kompaniyasini davom ettirdi va taniqli siyosatchilar ko'magi bilan shaxsiy imijini yaratishga urindi. Turnirning faxriy mehmonlari orasida AQSHning sobiq davlat kotibi Genri Kissinser ham bor edi. U uchun maxsus jadval tuzilib, nafaqat futbol o'yinlari, balki ko'plab ziyofatlar, tushlik va uchrashuvlar tashkil qilindi.

Videlaga u bilan muomala qilish mumkinligini butun dunyoga ko'rsatish juda muhim edi. Va shu bilan birga, Kissinser bilan keyingi suhbatlar orqali Argentinaning ijobiy qiyofasini taqdim etishga muvaffaq bo'ldi. Jahon chempionatidan keyin AQSHning sobiq davlat kotibi boykot qiluvchilarning poziciyalarini qo'llab-quvvatlamasligini aytdi: "Men ko'rgan mamlakat umuman dunyo matbuoti so'nggi oylarda yozgan davlat emas. Evropa va Qo'shma shtatlarda Argentinadagi vaziyatni tushunish bir tomonlama va noto'g'ri. Jahon chempionati mamlakatning juda qisqa vaqt ichida ko'zga ko'ringan yutuqlarga erishganidan dalolat berdi".

Ochilish marosimi bemanilik va ikkiyuzlamachilikka ulanib ketdi. Argentina kardinali Xuan Karlos Aramburu nutq so'zlar ekan, yig'ilganlarga Rim Papasining duosini etkazdi va yo'qolgan barcha argentinaliklar uzoq vaqt avval chet elga chiqib ketishgani, ulardan hech qanday xat olmaganliklarini aytib, mamlakat holati haqidagi mish-mishlarga chek qo'ydi. Jahon chempionatining ochilishi Havo kuchlari maktabi binosidan bir kilometr uzoqlikda bo'lib o'tdi. Maktab binosi Videla boshchiligida dissidentlar uchun qamoqxonaga aylantirilgan edi.

Argentina eng yirik g'alabasini Peruga qarshi o'yinda qayd etdi. Mezbonlar 6:0 hisobida g'alaba qozonishdi. Peruliklarning mag'lubiyatida sport bilan bog'liq bo'lmagan sabablar bor edi. O'yindan oldingi tunda qo'riqchilar Peru futbolchilari joylashgan mexmonxona maydonidan chiqib ketishdi. Bir necha soat davomida baland ovozlar bilan baqirishgan muxlislar ularning tinch orom olishlariga halal berishdi. Bundan tashqari, uchrashuv oldidan Videla Kissinser bilan birgalikda Peru futbolchilari echinish xonasiga kirib keldi. O'yinchilarning xotirlashiga qaraganda, general qisqa nutqi davomida bo'lajak o'yin Lotin Amerikasidagi birodarlar uchrashuvi ekanligini bildirgan. Keyin u Peru diktatorining xuddi shu mavzudagi xatini o'qidi va echinish xonasidan chiqib ketdi. Ehtimol, argentinaliklarning raqiblari siyosatchilarning so'zlaridan tasirlanib qolishgandir. Yoki ular shunchaki bemalol o'ynashgan. Peruliklarning mag'lubiyatidan so'ng himoyachi Rodolfo Manzoga 50 ming dollar taklif qilinanligi to'g'risida ayblovlar qo'yildi. Ushbu g'alaba Argentinani guruhda birinchi o'ringa olib chiqdi. Jamoa hal qiluvchi bahsda Niderlandiyaga duch keldi.

Mundial Videla uchun har jihatdan muvaffaqiyatli bo'ldi. Argentina musobaqani o'tkazish huquqini himoya qildi va yangi televizion markaz orqali futbolning ajoyib atmosferasini namoyish etdi. Bu Evropa gazetalari yozgan xabarlarga mutlaqo zid edi.

Mazkur tuzum yana 5 yil hokimiyatda qoldi. Hukmronligining oxirida Videla Buyuk Britaniya bilan Folklend urushini boshladi, bu esa tasodifan futbolga tasir ko'rsatdi. 1986 yildagi Jahon chempionatida Argentina va Angliya o'rtasidagi taniqli o'yin (Xudoning qo'li va davrning talabi bilan), agar diktatorning mamlakatni buyuk qilishga bo'lgan cheksiz istagi bo'lmasa, bunday siyosiylashtirilgan voqea bo'lishi mumkin emas edi.

Sarvinoz Raxmonqulova tarjimasi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика