So’nggi yangiliklar

22:15"Рома" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  0 21:45ПСЖнинг икки футболчиси учун Клублар ўртасидаги ЖЧ якунланди. Хайсен эса...  8 21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  3 21:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг ўтган ойдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  4 20:22Тиаго Силва: "Челси" ва ПСЖдан чексиз миннатдорман"  9 19:52"Арсенал" Евро ярим финалчиси трансферини ҳал этди  4 19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  2 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  3 18:31Футболда ринг нафаси: Майкл Баффер Клублар ўртасидаги ЖЧга таклиф этилди   2 18:03"Футбол олами". Биринчи давра якунланди  1 17:47Сулоланинг янги вакили: Петр Чехнинг ўғли "Фулхэм" билан биринчи шартномасини тузди  7 17:19Гильермо Очоа ўзининг олтинчи мундиалида қатнашмоқчи  3 16:50Ушалмай қолган орзу: "Порту" Жотани қайтармоқчи эди  1 16:22"Тоттенхэм" япониялик ҳимоячи билан шартнома имзолади  1 15:54Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди  5

"Qashqadaryo viloyati hokimi kubogi". "SHo'rtan" finalda "Mikrokreditbank"ni mag'lub etdi Yangiliklar

"Qashqadaryo viloyati hokimi kubogi". "SHo'rtan" finalda "Mikrokreditbank"ni mag'lub etdi

Qashqadaryo viloyat futbol associaciyasining yillik taqvim rejasiga asosan bir hafta davom etgan “Qashqadaryo viloyat hokimi Kubogi” musobaqasi o'z nihoyasiga etdi.

Turnirning hal qiluvchi final bosqichida, dastlab, maydonga 3-o'rin uchun “Jomboy” va “Neftchi” jamoalari tushishdi. Uchrashuvda Samarqand viloyati futbolchilari o'z raqiblari - Surxondaryoliklarni kichik 1:0 hisobida mag'lub etishdi va bronza medallarga sazovor bo'lishdi.

Musobaqaning bosh sovrini uchun “Mikrokreditbank” va “SHo'rtan” jamoalari o'zaro kurash olib borishdi. Keskin va qiziqarli kurashlar ostida o'tgan uchrashuvning asosiy vaqtida durang - 3:3 natijasi qayd etildi. Musobaqa reglamentiga ko'ra, g'olib penaltilar seriyasida aniqlandi. Futbol lotoreyasida Asror Aliqulov shogirdlari g'alaba qozonishdi - 4:2.  
SHunday qilib, 2021 yilgi futbol bo'yicha Qashqadaryo viloyati hokimi Kubogi G'uzorliklarga nasib etdi.

Taqdirlash marosimida viloyat hokimi o'rinbosari Rustam Yo'ldoshev, viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i Komil Xolmatov, viloyat futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti SHuhrat Egamberdiev ishtirok etishdi. Jamoaga Qashqadaryo viloyati hokimi Kubogi, viloyat futbol associaciyasi tomonidan tasis qilingan  birinchi darajali diplom hamda esdalik sovg'alari taqdim etildi.

O'z o'rnida shuni takidlash joizki, ayni vaqtda jamoaga nisbatan FIFA hamda O'FA tomonidan transfer bo'yicha taqiq qo'yilgan. Bu qishki tayyorgarlik davrida “SHo'rtan” tarkibiga boshqa jamoalardan yangi futbolchilarni jalb qilish imkoniyati mavjud emasligini anglatadi. SHu bois, “Oq bo'rilar” tarkibni faqat o'z Akademiyasi tarbiyalanuvchilari va bir qator yosh, istedodli mahalliy futbolchilardan shakllantirishi mumkin.

Yoshartirilgan “SHo'rtan” jamoasi esa joriy yilning ilk musobaqasida muvaffaqiyat qozondi. Bu yutuq, jamoaning yangi  mavsumga katta ishonch va umidlar bilan kirib borayotganidan darak bermoqda desak, adashmagan bo'lamiz.



Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика