So’nggi yangiliklar

23:00"Ал Насср" - "Истиқлол"  6 22:49"Манчестер Сити" "Реал" футболчисига қизиқиш билдирмоқда  2 21:54Озарбайжон. "Сумқайит" йирик ғалабага эришди, Абдихолиқов ва Жалолиддинов учрашувда иштирок этишди  0 21:29"Олтин тўп" учун асосий даъвогар ким?  14 20:48Ар-Риёдга етиб келган "Пахтакор" делегацияси "Реал" яшаган меҳмонхонага жойлашди  17 20:32Россия терма жамоаси Гренадага қарши ўртоқлик ўйини ўтказади — манба  11 20:08Левандовски "Барселона"нинг умумий гуруҳига қайтди  0 19:45U21 биринчилиги. "Шўртан"дан суперкамбэк, "Насаф" сўнгги дақиқада ғалабага эришди ва бошқа натижалар  0 19:20"Ливерпуль" Adidas билан шартнома имзолади  1 18:56"Барселона" Бразилия терма жамоаси хавбекини сотиб олмоқчи  1 18:27Рой Кин: "Илгари дурангдан сўнг "Манчестер Юнайтед"га нисбатан ҳуштакбозлик қилишарди, энди эса олқишлашмоқда"  6 17:59"Барселона" футболчиси шартномани узайтириш бўйича музокараларни тўхтатди  3 17:33"Куртуа Бельгия терма жамоасига қайтиш-қайтмаслик масаласини ўзи ҳал қилиши ғалати"  11 17:06"Арсенал" мухлислари учун хушхабар! Артета Сака жароҳатдан қайтаётганини эълон қилди  2 16:40Чўгирмали мухлислар, "отжимания" қилаётган Аброр, Air Қўзиев – "Хоразм" мавсумни ишончли ғалаба билан бошлаган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  1

Qarzdorlik masalasi. Kimlarning ahvoli og'ir? Yangiliklar

Qarzdorlik masalasi. Kimlarning ahvoli og'ir?

Modern futbolda aylanayotgan pullar unda urilayotgan gollarga nisbatan ancha ko'p yoki katta.

Bu yaxshi. Lekin, pul bor joyda nima bo'ladi? Ko'ngilxushlik, maishat... E, uzr. Pul bor joyda qarzdorlik bo'ladi. Va ana shu qarzlardan ko'pchilik bedarak. Bugun turli manbalardan etib kelgan malumotlar asosida kichik ro'yxat shakllantirib, sizga ham darak berishga qaror qildik.

"Andijon" matbuot xizmati adashibdi...

3 yanvar kuni "burgutlar"ning rasmiy kanali jamoa yangi yilga qarzdorliksiz chiqqani to'g'risida yozgandi. Ammo bizdagi malumotlarga ko'ra, "Andijon" klubi o'tgan mavsum uchun ish haqlarini to'liq to'lashga ulgurmagan. O'z haqqini undirolmaganlar orasida klub matbuot xizmati "o'ta omadsiz transfer" deya tariflagan Muhammad Isaev, "hali futbolda katta ishlarga qodir bo'lmagan" Jasur Jaloliddinov ham borligi aytilmoqda. 

Qo'shimcha: 23 dekabr kuni "Andijon"ga transfer taqiqi qo'yilishi mumkinligi to'g'risida xabar berilgan ekan

"Surxon"ga transfer taqiqi qo'yiladimi?

"Surxon" klubining o'tgan yil jamoa tarkibida harakatlangan barcha futbolchilar oldida qarzlari borligi haqida aytgandik. Eshitishimizga qaraganda, ularning ayrimlari haqlarining undirib berilishini so'rab, O'FAning tegishli qo'mitasiga arz qilishga ham ulgurgan.

Qo'shimcha: 4 oktyabr kuni xabari berilgan Vladimir Bubanya bilan bog'liq muammo ham ayni paytda ochiq turibdi. Agar avvalgi va bo'lajak rahbariyati tezroq kelishib, jamoa manfaati uchun harakat qilishni boshlamasa, klubga FIFA tomonidan transfer taqiqi qo'yiladi. Bu esa klubning Pro ligaga "sho'ng'ishini" kafolatlaydi.

"Nurafshon", yo'g'-e, "Buxoro" haqida...

O'tgan mavsumda "Buxoro" sharafini himoya qilgan futbolchilarning bir necha nafari Futbolchilarning maqomi va o'tishi bo'yicha qo'mitaga murojaat qilib, klubdan moliyaviy qarzdorlik undirib berishni so'ragan. Bu masala tez orada hal bo'ladi.

Qo'shimcha: 23 noyabr kuni "Buxoro"ga FIFAdan xat kelgani haqida malumot bergandik. Unda Turkmanistonlik Raxat Japarovga to'lab berilishi kerak bo'lgan summa ko'rsatilgan. 

Darvoqe, "Buxoro"ning yangi rahbariyati jamoaning xalqaro aloqalar bo'yicha xodimini ishdan bo'shatib yuborgani haqida eshitdik. Demak, bu kabi ishlar hali uzoq davom etsa kerak.

"Bunyodkor"ning qizlardan qarzi bor

Gap 2020 yilgi mavsum uchun vada qilingan mukofot pullari haqida ketmoqda. O'sha yilda "Oltin dubl" qayd etgan "Bunyodkor-W" futbolchilari hamon rag'batlantirilmagan.

Eshitdik-da! "Bunyodkor" qizlariga vada qilingan pullar berilmayapti

P.s. O'zbek klublarining deyarli barchasi kimdandir qarzdor. Biz esa ustidan rasmiy shikoyat tushgan klublar haqidagina gapirdik. 

Aqrab Aliev

Superligadagi eng kuchli darvozabon kim? 

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика