So’nggi yangiliklar

22:00Суперлига. Жиззахдаги драмада "Андижон" "Хоразм" устидан иродали ғалабага эришди  48 21:24Криштиану Роналду шартнома узайтирилгани ҳақида: "Менинг амбицияларим тугамайди"  3 20:59U21 биринчилиги. Пешқадамлар баҳсида дуранг, "Сўғдиёна", "Андижон", "Машъал"дан камбэк ва бошқа натижалар  1 20:17"Окленд" 1 млн долларни футболчилар ҳамда ходимлар ўртасида тақсимламоқчи  1 19:53"Ливерпуль" собиқ футболчиси Лаллана фаолиятини тугатиб, мураббийликка ўтди  3 19:30Шомуродов тавсияси билан Сурхондарё вилояти футбол академиясига спорт директори тайинланди  6 18:47Расман: Роналду "Ал Насср"да қолди!  11 18:37"Бухоро" мураббийи регламентни бузди, "Динамо" VAR машинаси турган жойда хавфсизликни таъминлай олмади, "Навбаҳор" ўйин давомида тўпларни яшириб қўйди — Лига комиссарлари билдиргиси  11 18:10Сиқилма меҳмондир танангда бу жон ҳам... Ўзбекистон кубогида нималар бўлмоқда?   10 17:50Расман: "Арсенал" ёш футболчиси билан шартномани узайтирди  0 17:35"Эшитдик-да"нинг инсайди тасдиқланди: Исмоилов "Нефтчи"да!  19 17:23"Футбол олами". Хайр, "Нефтчи". Хайр, ОКМК   2 17:05Суперлига. 14-тур дисквалификациялари: "Сўғдиёна", "Навбаҳор" ва "Сурхон"да йўқотишлар бор  1 16:42"Ницца" "Манчестер Сити" ҳимоячисини ижарага олди  0 16:20Расман: "Ливерпуль" ҳимоячи трансферини эълон қилди  7

Qarshidagi “Markaziy” stadionning tantanali ochilishiga marhamat qiling! Yangiliklar

Qarshidagi “Markaziy” stadionning tantanali ochilishiga marhamat qiling!

Qarshi shahridagi “Nasaf” futbol klubining uy uchrashuvlari bo'lib o'tadigan “Markaziy” stadion to'liq rekonstrukciyadan chiqdi.

Nihoyat stadion futbol uchrashuvlari o'tkazilishiga tayyor qilindi. Muxlislarimizning uzoq kutgan orzusi amalga oshdi.

“Markaziy” stadion 2006 yili foydalanishga topshirilgan bo'lib, 2009 yili ”Nasaf” PFK ixtiyoriga berilgan edi.

Stadionda keng ko'lamdagi rekonstrukciya ishlari amalga oshirildi. Stadionimiz rekonstrukciyadan so'ng ko'pgina o'zgarishlarga ega bo'ldi. Misol tariqasida aytish mumkinki, rekonstrukciyagacha o'rindiqlar soni 16 000 edi, hozir esa o'rindiqlar soni 21 000taga etkazildi. Stadion futbol maydoni tubdan o'zgartirildi. Maydonga zamonaviy muhandislik komunikaciyalari o'rnatildi. Futbol maydoniga "Kentucky bluegrass" navli yangi chim yotqizildi. Eng muhimi tomoshabinlar bilan maydon oralig'i ancha yaqinlashtirildi. Bu o'zgarish futbol ishqibozlari uchun ancha qo'laylik yaratadi.

Biz hozir hamma o'zgarishlar haqida to'xtalib o'tirmaymiz. Bu haqda keyinroq muxlislarimizga batafsil malumot beramiz. Siz aziz muxlislar 30 iyun kuni stadionimizning tanatanali ochilishiga tashrif buyursangiz, o'zgarishlarni o'z ko'zingiz bilan ko'rasiz.

Endi 30 iyun kuni bo'ladigan tadbirlar haqida batafsil. Demak, 30 kuni “Markaziy” stadionni tanatanali ochilish marosimi bo'ladi. Marosimlar soat 18:00dan boshlanadi. SHu kuni taniqli sanatkor va “Nasaf” futbol klubining ashaddiy muxlisi - Davron G'oipov siz aziz muxlislarga o'zining koncert dasturini taqdim qiladi.  



Soat 19:30dan boshlab, O'zbekiston kubogi chorak finalining dastlabki uchrashuvi boshlanadi. Unda “Nasaf” jamoamiz “Qo'qon-1912” jamoasi bilan kuch sinashadi. Bu uchrashuvga bo'lgan qiziqish juda yuqori. Zero, bu yilgi kubok bahslarida jamoamiz uchun bu uchrashuv muhim o'rin tutadi.



SHunday qilib, barcha futbol ishqibozlarini 30 iyun kuni “Markaziy” stadionimizga taklif etamiz.

Muxlislarimizga shuni malumot tariqasida aytib qo'ymoqchimizki, rekonstrukciyadan so'ng stadion sektorlarining raqamlanishi bo'yicha ham o'zgarishlar sodir bo'ldi. Bu o'zgarishlarni quyidagi surat orqali ham bilib olishingiz mumkin.



Uchrashuv chiptalari 27 iyun seshanba kunidan stadion qoshidagi chiptaxonlar orqali sotuvi boshlanadi.

CHiptalar narxi:

CIP sektordagi o'rindiqlar (900ta) – 20 000 so'mdan

Markaziy sektorlar (1, 2, 6, 7, 8) – 15 000 so'mdan

2-qavatdagi sektorlar (12, 13, 14, 15, 16, 17, 18) – 10 000 so'mdan

Darvoza ortidagi sektorlar (3, 4, 5, 9, 10, 11) – 8 000 so'mdan

 

Barcha futbol ishqibozlarini 30 iyun juma kuni “Markaziy” stadionimizga taklif etamiz. Marhamat qiling, miriqib hordiq chiqaring!

Reyting: +39   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика