Qarshida "anshlag" bo'lishi kutilmoqda
01 iyu 2014 06:00
Yangiliklar
Qarshida "anshlag" bo'lishi kutilmoqda
Mazkur uchrashuv chiptalari o'yindan besh kuni ilgari sotuvga chiqarilgan edi. Qarshi "Markaziy" stadioni chiptaxonalarida 28 may kunidan boshlab chiptalar sotilib kelina boshlagan edi. Klub marketing bo'limidan olingan malumotlarga qaraganda, chiptalar deyarli tugab bo'lgan va bazi sektorlardan sanoqli chiptalar qolgan.
Aytilishicha, bu o'yinga qo'shni voha va vodiy taraflardan ham bir guruh futbol ishqibozlari tashrif buyurishmoqda.
"Nasaf" - "Paxtakor" uchrashuviga bo'lgan qiziqish juda yuqori darajada. Bugun soat 19:00da boshlanadigan bahsda katta "anshlag" kuzatilishi kutilmoqda.
CHempionatda mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan "Paxtakor" jamoasining bu safar anchagina jiddiy bo'lgan raqib "Nasaf" jamoasi kutib turibdi. "SHerlar" peshqadamlikni saqlab qolishadimi? Yoki "ajdarlar" ularni o'rnilaridan qo'zg'ata oladimi? Bu savollarga bugungi o'yindan so'ng javob olishimiz mumkin.
Oliy liga, 10-tur.
Nasaf (Qarshi) – Paxtakor (Toshkent)
Hakamlar: R. Bobomurodov (Navoiy), R. Samandarov (Navoiy), O. Jumaev (Navoiy), V. Najafaliev (Toshkent)
Nazoratchi: V. Valickiy (Toshkent).
Eslatib o'tamiz, “Nasaf” – “Paxtakor” uchrashuvi 1 iyun kuni Qarshidagi “Markaziy” stadionda soat 19:00 da boshlanadi.
Bugun Qarshida katta futbol bayrami!
Fikrlar