Qariya Simonenko bizga kerakmi?
24 apr 2014 12:45
Yangiliklar
Qariya Simonenko bizga kerakmi?
Yaxshi hamki "Bunyodkor"ni etakchilar tark etishdi, yaxshi hammki Rashidov, To'raev, Sobirxo'jaevlarga yo'l ochildi.
Endi Sergey Simonenkoga chiqish eshiklarini ko'rsatsak bo'lgani. "So'g'diyona"da to'p tepgan tanishim aytgan edi.
- Sizlar Rashidovni endi ko'rib turibsizlar. U o'rinbosarlar safida shunday o'ynardiki, asti qo'yaverasiz. Afsuski asosiy tarkibga juda kech qo'shildi. Unga ishonishmadimi yoki boshqa narsami bilmadim. Agar unga kamida 1 yil avval asosiy tarkibdan joy berishganida, hozir unga xorijdan jamoa izlayotgan bo'lar edilar.
Bu gapni eshitganimga 1 yildan oshdi. Demak, biz bugun ko'rib turganimiz Sardor Rashidov bundan 3 yil avval bugungidan ham zo'r o'ynagan. Afsuski doim ham yoshlarga yo'lni ochavermaymiz. Bazan bu ishni majburiyatdan qilamiz. Bunday paytda istedod egasining asosiy tarkibdan joy olib ketish imkoniyati, huddiki hayoti davomida bir marotaba beriladigan imkoniyatga teng. Baxtimizga S.Rashidov, S.Sobirxo'jaev, D.Jo'raev va A.To'raev kabi yoshlar birinchi urinishdayoq ishonchni oqlay bildilar. Sobirxo'jaevni inobatga olmasa, aslida ularni yosh deb ham ayta olmaymiz. Ammo bizda nima qilaylik, murabbiylar 24 yoshga kirmaguniga qadar futbolchisini yoshlar ligasida o'ynatib yuraveradi.
Bir kun avval menga xorij futbolini qizig'i yo'q deb aytgan gapimga ko'pchilik ishonmadi. Haqiqatdan ham men uchun xorij futboli "kopeyka". Mazza qilib el klassikoni rasmga olishim mumkin, ECHL finaliga tushishim mumkin. O'yin uchun emas, u erdan o'rganadigan narsalarim ko'pligi uchun. TVdan ko'rib esa na rasmga ola bilasan, na biron narsa o'rganasan. Yaxshisi futbolchilarimiz ko'rib fintlarni o'rganishsin.
Kechagi o'yinni oladigan bo'lsak, "Bunyodkor"ning baxtiga raqib bosh murabbiyi hayotidagi eng katta xatolaridan biriga yo'l qo'ydi. Men Volkov Simonenkoni olib tashlamasa Nilmar yana bitta gol uradi deb turgan paytim, Nabil Malual Nilmarni olib tashladi. Kim biladi, balki u Volkov tomonidan laqqa tushirilgandir. Sababi o'yinda ko'rinmaydigan, ammo katta hajmdagi vazifani bajaradigan Javlon Ibrohimov va o'yindagi, yagona bexato himoyalanayotgan himoyachi Sahob Jo'raev o'rniga yarim himoyaichilarni tushirilishidan keyin, raqib murabbiyi golini inobatga olmasa, "Bunyodkor"ga zarar keltirayotgan Simonenkodan osonlikcha o'tamiz deb o'ylagandir. Baxtimizga "Al Jaish" 70 daqiqalarni o'zidayoq mag'lub bo'lmasligiga ishonib yuborganligi bo'ldi. Aynan Nilmarning o'yinni tark etishi, Simonenko va Karimovga biroz dam berdi.
Balki Simonenkoga to'lanayotgan maosh tufayli bundan keyin ham murabbiylar uni asosiy tarkibga tushirarlar. Lekin bundan kim yutadi? Bari bir futbolchi keyingi yil jamoani tark etsa, undan ko'ra zaxirada o'tiraversin, o'rniga bironta yoshni tushirsalar chakki bo'lmasdi. Bu yosh keyingi yilga pishadi.
Birinchi o'yinda ham aynan Simonenkoning qo'pol xatosidan keyin Nilmar zafar quchgan edi. Kecha unga Xayrulla Karimov qarashib yubordi. Bu erda Akbar To'raevni ayblaganlar bo'ldi. Bunday vaziyata darvozabonga to'p borishi kerak emas. Ikkita himoyachining orasidan qanday qilib to'p darvoza to'riga borib tushishi mumkin?
De Mateo deya tarif berilayotgan Volkovga rahmat aytamiz. Bu tarkib Qosimovdan qolganligini ham unutmasligmiz lozim. Bu o'yin "Bunyodkor"dan ko'ra o'zbek futboli uchun muhimroq edi. Agar "Bunyodkor" guruhdan chiqa olmaganida koefficientlarimiz tushib ketar va 3/4 o'rinlar uchun biz bilan talashayotgan BAA hamda Qatar ancha yaqilashib olar edilar. Keyingi bosqichda esa biz beshinchi pog'onaga tushib ketar edik. Natijada 2015 yilgi mavsumda 1+2 ko'rinishdagi joyga ega bo'lar edik. Hozir esa 2+2ga juda ham yaqin turibmiz. Agar "Bunyodkor" saudiyaliklar to'sig'idan o'ta olsa, 100% ko'rinishga keladi. "Al Sadd" Eronning "Fulad"ga mag'lubiyatga uchrasa ham bizning foydamiz, kamida to'rtinchi o'rinda qolamiz.
Xullas hammasi yaxshilik bilan yakunlandi. Endi bitta muammo qoldi xolos. Bu ko'proq tarbiyaga bog'liq. Yaqinda Andrey Fyodorov bilan suhbatlashganimda, u kishi shunday degan edi:
- Bizning futbolimizdagi muammo 17-22 yosh oralig'ida futbolchilarni osmonda uchib yurishlarida. Aynan shu sabab "Rubin"da bir necha nafar o'zbekistonlik futbolchi o'ynab keta olmadi. Galiulin bundan mustasno. U tarbiyali bola edi, biroq unga jarohati imkon bermay turibdi. Qolganlar esa o'zlarini osmonda tutardilar. Agar futbolchi shu yoshdan o'z saviyasini yanada oshirgan holda o'tib olsa, undan zo'r futbolchi chiqadi.
Mana shunday, ukalar, ishlang, ishlang! Mehnat qiling, sizga tikilgan millionlab qora ko'zlar hurmati, avval ishlang, kayfu safoning o'z vaqti bor, ammo u vaqt bugun emas...
Nodirxo'ja Yuldashev

- Xayrullu Karimovni ko'p ham tanqid qilmayman. Asosiy tarkibda bitta faxriy va ko'pni ko'rgan o'yinchi bo'lishi kerak, ammo ikkinchisi ortiqcha, agar u xorijlik bo'lsa 100 emas, 200%ga ortiqcha. Huddi shunday yaponiyalik Sato nima qilib o'rinbosarlar ligasida yurganiga tushunimayapman. Odatda "Bunyodkor" legioner tanlash borasida adashmaydiganlar sirasiga kira edi, ammo bu yil bundan mustasno bo'ldi.

Fikrlar